Nutq yaratilishining psixolingvistik talqini
Nutq yaratilishi hodisasi til ilmi bilan shug’ullanuvchi tadqiqotchilar uchun hamma vaqt birdek dolzarb masala bo’lib hisoblangan. Bugungi kunda ushbu masalaga bag’ishlangan ko’plab tadqiqotlar yuzaga kelgan.
Hech bir istisnosiz aytish mumkinki, nutq yaratilishi nazariyasining alohida yo’nalish sifatida shakllanishi omillari til va nutq hodisalarining ajratilishiga borib taqaladi. F.de Sossyur tomonidan til va nutqning farqlanishi psixolingvistik tadqiqotlarda “nutqiy faoliyat” tushunchasining yanada aniqroq bo’lishiga o’z ta’sirini ko’rsatdi. A.A.Leontev fikriga ko’ra, F.de Sossyur nutqiy faoliyatni til va lisoniy qobiliyatning birligi sifatida tushuntirgan. L.V.SHcherba esa nutqiy faoliyatni so’zlash va tushunish jarayonlarining umumlashmasi deb hisoblagan131. Ye.S.Kubryakovaning ta’kidlashicha, aynan L.V.SHcherba til hodisalariga oid bo’lgan nutq, uning real asosi hamda nutqiy jarayon mahsulini ajratib ko’rsatgan132.
A.A.Leontev esa nutqiy faoliyatni “nutqiy jumlalarning nutqiy bo’lmagan sub’ektiv kodlar orqali dasturlashtirilishi” sifatida baholaydi133. Ye.S.Kubryakova esa nutqiy faoliyat termini ostida nutq yaratilishi va uning qabul qilinishiga oid barcha hodisalarni tushunish kerakligini ta’kidlaydi134.
Nutqiy faoliyatga berilgan ta’riflardan ko’rinadiki, u ba’zan statik hodisa (masalan, matn), ba’zan esa harakatdagi hodisa sifatida (masalan, so’zlash va eshitish) talqin qilinadi. Nutqiy faoliyatga berilgan mazkur ilmiy ta’riflar bir-biridan turli jihatlariga ko’ra farq qilsa-da, ularning barchasida ikki omil, ya’ni so’zlovchi va tinglovchi faoliyati nazarda tutilganligini ko’rish mumkin135. Bu esa nutqiy faoliyat eng avvalo antropotsentrik xarakter kasb etuvchi faoliyat ekanligini bildiradi.
Nutq yaratilishi haqidagi nazariyada til va tafakkur munosabati o’ta dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Nutq yaratilishi jarayonining tafakkur bilan aloqasi psixolingvistikada “nutq yaratilishi modeli” deb nomlanuvchi sxemalarda aks ettirildi. Bunday modellarning deyarli barchasida L.S.Vigotskiy tomonidan ilgari surilgan “Fikrdan – ma’noga, ma’nodan – so’zga” tarzidagi g’oya o’z aksini topdi.
L.S.Vigotskiy fikriga ko’ra, fikr nutqqa aylanguncha bir necha bosqichlarni o’tishi lozim. Olimning “ichki so’z” haqidagi g’oyasi botiniy nutq to’g’risidagi fikrlarning rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatdi. Ichki so’z – botiniy nutqda paydo bo’luvchi, inson ongidagi obrazlar, assotsiatsiyalarning ramziy ko’rinishi. Aynan u botiniy nutqning tashqi, tabiiy nutqqa aylanishida vosita bo’la oladi. Olim botiniy nutqdagi fikrning so’zga aylanish jarayonini “tafakkur grammatikasining so’z grammatikasiga aylanishi” sifatida izohlaydi. L.S.Vigotskiy tomonidan nutqiy faoliyatning “fikr – ma’no – so’z” shaklidagi jarayon sifatida talqin etilishi keyinchalik rus tilshunoslari tomonidan rivojlantirildi va psixolingvistik tadqiqotlardan mustahkam o’rin oldi.
So‘zlashuv nutqining bevositaligi va suhbatdoshlarning yakkama-yakka
ishtiroki ushbu nutqning diologik shaklda bo‘lishini, so‘zlovchilarning suhbat
chog‘ida xabar va fikrni ifodalash uchun nolingvistik vaziyatlarning bo`lishi:
imo-ishoralar, mimika turlaridan foydalanish, to‘rli vaziyatlarni yuzaga keltirishni va ulardan foydalanishni taqozo etadi. Bunday vositalar dramatik nutqda qavs ichidagi kiritmalarda ham ifodalanadi. Nutqiy muloqotninng qanday kechishi, unda lisoniy vositalarning qay birinining qo`llanilishi, bu vositalar muloqot ishtirokchilariga handak ta`sir etishi muloqotning tarkibiy qismlari bo`lmish - ichki va tashqi omillarining o`zaro hamkorligi Bilan belgilanadi. Bunda eng kichik bir xususiyat ham (chunonchi, ko`rinishi boshqa millat vakili bo`lgan holda boshqa millat tilida so`zlashishi, yoki bir xil kiyinishda bo`lib, boshqa ijtimoiy tabaqa vakili nutqiy birliklarini qo`llashi v.h.) juda kuchli - ba`zan qao qiluvchi ta`sir kuchiga ega. Shuning uchun nutqiy muloqot ta`sirchanligi ta`minlash uchun "ikkinchi darajali" narsa bo`lishi mumkin emas - muloqot tarkibiy qismlarnining garmoniyasi, simmetriyasigina uning ta`sirchanligi va mukammalligini ta`minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |