Omofonlar. Fonetik strukturasida ma’lum tovushi farqli, lekin talaffuzi bir xil bo‘lgan so‘zlar omofonlar deyiladi. So‘zlarning shunday munosabatda bo‘lish hodisasi omofoniya deyiladi.
Omofonlardagi o‘zaro farq ular tarkibidagi bir fonemada bo‘ladi. Lekin bu fonemalar ham fonetik xususiyatlari jihatidan bir-biriga juda yaqin turadi. Shu sababli ham bu so‘zlarning talaffuzi bir xil bo‘ladi: tub – tup, yod – yot, bob – bop, mard – mart, tanbur – tambur, sud – sut va boshqalar.
Demak, omonimlarda so‘zlarning fonetik strukturasi va talaffuzi bir xil bo‘lsa, omofonlarda talaffuzi bir xil bo‘lib, fonetik strukturasi bir tovushda farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |