Mavzu: Soliq yukining tadbirkorlik subyektlari moliyaviy faoliyatiga ta’siri. Reja: kirish


Soliq yukining iqtisodiy mohiyati va uning mamlakat iqtisodiyotida tutgan o’rni va ahamiyati



Download 156,19 Kb.
bet3/11
Sana31.12.2021
Hajmi156,19 Kb.
#277474
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi

Soliq yukining iqtisodiy mohiyati va uning mamlakat iqtisodiyotida tutgan o’rni va ahamiyati.

Iqtisodiyotda soliqlarni umumiy olingan daromadga nisbatan ulushi sifatida soliq yuki atamasi faol qo’llaniladi va ko’rsatkich sifatida ham foydalanilib turli moliyaviy-iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun ishlatiladi. Ushbu atamaga iqtisodchi olimlar o’zlarining turlicha ta’riflarini keltirib o’tganlar. Prof. T.Malikov soliq yukiga quyidagicha ta'rif beradi: "Mamlakat yalpi ichki mahsuloti tarkibidagi soliqlar miqdorining YAIM miqdoriga nisbatiga soliq yuki deyiladi".2 Matematik tilda izohlaganda quyidagicha:

Soliqlar = soliq yuki % YAIM

Ushbu ta'rifni vaqt tushunchasi bilan to’ldirilsa, ya'ni ma'lum davrdagi soliqlar miqdorining o’sha davrdagi YAIM miqdoriga nisbati deyilsa, yanada aniqroq bo’ladi. Bu ta'rif alohida soliq to’lovchi yuridik yoki jismoniy shaxs uchun tushunarsiz, ya'ni bu degani mamlakatimizdagi barcha yuridik va jismoniy shaxs soliq to’lovchilar daromadining ma’lum % ni davlatga soliq sifatida to’laydi degani emas. Ushbu me'yor yuridik va jismoniy shaxslar uchun, shuningdek, tarmoqlar kesimida, iste'molchi va ishlab chiqaruvchi uchun farq qilishi mumkin.

Soliq yuki og’irligi to’g’risidagi izlanishlar ayniqsa "ikki narsadan: o’lim va soliqdan qutulib bo’lmaydi" degan aqida mavjud bo’lgan AQSH iqtisodchilari orasida keng amalga oshirilgan. AQSH iqtisodchilarining bu boradagi izlanishlari nashr etilgan adabiyotlarda soliq yuki va soliq hodisasi tushunchalariga tez-tez duch kelamiz.

Prof. T.Malikov davlatning voz kechib bo’lmaydigan xarajatlari borligini eslatib o’tadi. T.Malikov davlatning (budjet) xarajatlari va soliq yuki orasida to’g’ri proporsional bog’liqlik borligini ta'kidlab o’tadi. Ya'ni davlat budjetidan xarajatlar qancha ko’p bo’lsa, soliq yuki shuncha og’ir bo’ladi. O’zbekiston Respublikasining “Budjet kodeksi”ning 50-moddasida davlat budjeti daromadlariga quyidagilar kiritilgan:



  • soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar;

  • davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan olingan daromadlar;

  • meros, hadya huquqi bo’yicha davlat mulkiga o’tgan pul mablag’lari;

  • yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushadigan qaytarilmaydigan pul tushumlari;

  • rezident-yuridik shaxslarga berilgan budjet ssudalarini va chet davlatlarga ajratilgan kreditlarni to’lash hisobidan to’lovlar;

  • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar.3

Budjet daromadining tasnifiga asoslanadigan bo’lsak, soliq yukini budjet xarajatlarini kamaytirmasdan yengillashtirish mumkin bo’ladi. Bunda budjet daromadlarining soliqlardan boshqa tasniflar bo’yicha tushumni, albatta mamlakatning ichki imkoniyatlariga keng o’rin bergan holda ko’paytirish kerak bo’ladi.

Yuqorida qayd qilingan qonunga asosan, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili Oliy Majlisga keyingi yil uchun davlat budjeti loyihasini tayyorlaydi. Budjet loyihasi tayyorlanish jarayonida soliq yuki, uning iste'molchi va ishlab chiqaruvchi orasida taqsimlanishi, soliq to’lovchilar va iste'molchilar xatti-harakatiga ta'siri chuqurroq o’rganilishi lozim. Bundan tashqari budjet xarajatlari asosan mamlakat aholisining xavfsizlik, salomatlik, ijtimoiy va maorif sohalardagi ehtiyojlari uchun sarflanishini hamda soliq yukining yakuniy iqtisodiy og’irligi aholi zimmasiga tushishini e'tiborga oladigan bo’lsak, budjet loyihasini tuzishda aholining real daromadi va davlatning bevosita aholi uchun xarajatlari orasidagi oltin oraliqni topish maqsadga muvofiq bo’ladi.

Prof. A. Vahobov soliq yukiga quyidagicha ta’rif beradi:4

Soliq yuki — soliq to‘lovchining muayyan vaqt oralig‘idagi faoliyati natijasida to‘lagan soliqlarining yig'indisini ifodalaydi. Bunda soliq to‘lovchilarning to‘laydigan barcha soliqlar va soliqsiz majburiy to'lovlarining yig‘indisi ifodalanadi. Soliq yukining aniq soliq to‘lovchilar zimmasiga qancha to‘g‘ri kelganligini aniqlash ancha murakkab jarayon hisoblanadi. Biroq to‘g‘ri soliqlarda soliq og'irligi aynan soliqni budjetga hisoblab o'tkazuvchi soliq to'lovchilar zimmasiga tushsa, egri soliqlarda esa soliq yuki soliqni to’lovchilar emas, balki tovar (ish, xizmat)larni iste’mol qiluvchilar zimmasiga tushadi. Muayyan turdagi yuridik va jismoniy shaxslar bo‘yicha soliq yukining bir yilda budjetga to‘langan barcha majburiy to‘lovlar yig‘indisi bilan aniqlash mumkin. Soliq yukining darajasi o‘z navbatida mamlakatning iqtisodiy qudratiga, inflyatsiya darajasiga, davlatning vakolatli funksiyalarni qo‘llashiga, qolaversa, bozor munosabatlarining rivojlanishini va ijtimoiy harakat doirasiga bevosita bog'liq bo‘ladi. Soliqlarni yuridik va jismoniy shaxslardan undirish jarayonida beriladigan imtiyozlar natijasida soliq yukini soliq to'lovchilarning biridan ikkinchisiga yuklash jarayoni kuzatiladi. Shu o'rinda soliq bo‘yicha soliq to‘lovchilarga soliq yukini tartiblash yoki mantiqan aytganda me’yorlashtirish muammosi yuzaga keladi.



Soliq yuki tushunchasiga makro, mezo va mikro darajada yondashish mumkin. Makrodarajadagi soliq yuki mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi soliqlarning ulushi bo’ladigan bo’lsa, mezodarajada ma’lum bir tarmoqda undirilgan soliqlarning ulushi ifodalanadi. Mikro darajada esa alohida olingan korxona uchun to’langan soliq to’lovlarining uning daromadlariga nisbatini ifodalaydi.


Download 156,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish