INGICHKA VA YO`G`ON ICHAKDA OVQAT
HAZM BO’LISHI
O’n ikki barmoq ichak hazm kanalining markaziy bo’limi hisoblanadi. Bu erda
hazmning o’ziga xos ikkinchi bosqichi boshlanadi. O’n ikki barmoq ichakda hazm
shiralarining 3 xil turi ajraladi:
1) Pankreatik shira (me’da osti bezi shirasi);
2) O’t suyuqligi (jigarda hosil bo’luvchi);
3) Ichak shirasi. Ular sezilarli ishqoriy muhitga ega.
Me’da osti va ichak shiralari tarkibiga oqsillar, yog’lar va karbon suvlarni
parchalaydigan fermentlarning uch xil turi kiradi.
Katta yoshdagi odamda bir kecha-kunduzda 1500-2000 ml. shira ajraladi. Uning
tarkibida organik va noorganik moddalar mavjud.
Proteolitik fermentlarga tripsin, imotripsin, ankreatopeptidaza (elastaza) va
karboksipeptidazalar kiradi.
Tripsin ichakka me’da osti bezidan noaktiv tripsinogen holida ajralib ichakdagi
enterokinaza fermenti yordamida faollashadi. Ximotripsin, elastaza
karboksipeptidazalar faoliyatsiz holda ajraladi va ular tripsin ta’sirida faollashadilar.
Proteolitik ferment oqsillar va ularning parchalanish mahsulotlari (yuqori
molekulali polipeptidlar)ni past molekulali polipeptidlar va aminokislotalarga
parchalaydi.
Amilolitik fermentlar karbon suvlarni glyukoza va maltozagacha, amilaza
fermenti yordamida parchalaydi.
Lipolitik fermentlar qatoriga lipaza va fosfolipazalar kiradi. O’t kislotalari
yog’larni emulgatsiyalab, lipazaning ta’siri uchun tayyorlaydi. Lipaza yog’larni
glitserin va yog’li kislotalargacha parchalaydi.
SAFRO HAQIDA
Safro jigar hujayralari sekretsiyasining mahsulidir. Sog’lom odamda bir kecha-
kunduzda 500-1200 ml. o’t ajraladi.
Safroning 97,5%i suv, 2,5%i quruq qoldiqdan iborat. Uning tarkibida quruq
qoldiqqa asosiysi o’t kislotalari, pigmentlar va xolesterinlardir. O’tda asosiy xo’l
kislotasi mavjud. Pigmentlardan unda rang beruvchi bilirubin va biliverdinlar bor.
Ular eritrotsitlarning emirilishidan ozod bo’lgan gemoglobindan hosil bo’ladi.
Bundan tashqari mutitsin, yog’ kislotalari, anorganik tuzlar, fermentlar va
vitaminlar bor.
O’t, jigar hujayralarida uzluksiz ishlab chiqariladi va o’t qopida to’planadi.
Ovqat eyilgandagina ichakka tushadi.
O’t quyidagi vazifani bajaradi: 1. O’t pankreatik ferment lipazani faollashtiradi.
2. Yog’larni emulgatsiyalaydi, ya’ni ularni parchalaydi. 3. O’t yog’ kislotalari va
yog’da eruvchi vitaminlar A, D, E va K larning so’rilishi uchun g’oyat zarur
hisoblanadi. 4. Me’da osti bezidan shira ajralishini kuchaytiradi. 5. 12 barmoq va
yo’g’on ichaklar tonusini oshiradi va peristaltik harakatni rag’batlantiradi. 6.
Ichaklardagi chirish jarayonini oldini oladi. 7. Kasal chaqiruvchi mikroblarga qarshi
bakteriostatik ta’sir ko’rsatadi.
Turp yog’ kislotalarini va ovqatni yaxshi hazm qilish uchun zarur bo’lgan safro
ajralishini kuchaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |