Mavzu: So'lak Bezlari tarkibiy shirasining ahamiyati


YANA HAZM A’ZOLARI TIZIMI HAQIDA



Download 10,13 Mb.
bet7/60
Sana25.03.2022
Hajmi10,13 Mb.
#509284
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   60
Bog'liq
1 kurs referatlar (Автосохраненный)

YANA HAZM A’ZOLARI TIZIMI HAQIDA

Ma’lumki, odam organizmi bir necha xil qismlardan iborat, shular ichida 


ko’krak va qorin bo’shlig’i ham mavjud. Ular bir-biri bilan tutashib ketgan bo’lib, 
diafragma (devor vazifasini bajaruvchi) orqali ajralib turadi. Diafragmaning yuqori 
qismida o’pka hamda yurak joylashgan. Ularning o’rtasida aorta-vena qon tomirlari 
va anchagina limfa to’qimalari, bezlari va ularning tomirlari qizilo’ngach ham o’rin 
olgan. Ular hammasi ko’krak qafasi muxofazasida turadi. 
Diafragmaning pastki qismida qorin bo’shlig’ida esa me’da, 12 barmoq ichak, 
ingichka va yo’g’on ichaklar, ingichka ichak tugashi va yo’g’on ichakning boshlanish 
qismida kichkinagina ichaksimon o’simta — «appendiks» joylashgan. Ushbu 
o’simta yallig’lansa — «appenditsit» deyiladi. Yana qorin bo’shlig’ida jigar, o’t 
pufagi, qorataloq, me’da osti bezi bor. 

Qorin bo’shlig’ining pastki qismi toz qismi bo’lib, bu erda chap va o’ng 


buyraklar, buyrak usti bezlari (jinsiy bezlar), siydik qopi va siydik yo’llari, ayollarda 
bachadon va unga tutashgan qin ham o’rin olgan. 
Qorin bo’shlig’idagi a’zolar (organlar) tutqichlar orqali bir-biri bilan bog’lanib 
turadi, hamda ularning har biri yoki guruh sifatida yupqa seroz pardalar bilan 
qoplanib turadi. Ularni charvilar deyiladi. Katta va kichik charvilar tafovut etiladi. 
Kichik charvi jigar-me’da va me’da-12 barmoq ichak boylamlaridan iborat. Katta 
charvi esa qorin pardasining 4 qavatidan tashkil topgan. Bularning ahamiyati 
nihoyatda katta bo’lib, qorin bo’shlig’idagi a’zolarni asrash, ularning ovqat hazm 
qilish jarayonidagi erkin peristaltik harakatlariga sharoit yaratish, namlanib turishi, 
tashqi ta’sirlardan himoya qilishdan iboratdir. 

OVQAT HAZM BO’LISh JARAYoNLARI – MEXANIZMI

Ma’lumki, organizmning hayot faoliyatini davom ettirish uchun energiya talab 


etiladi. Bunday energiyaning man’bai istemol qilingan ovqatlarni hazm qilish 
hisoblanadi. Hazm jarayoni quyidagi a’zolarda sodir bo’ladi:
ME’DA - lotincha «gaster» hamda «nomiya» — (ombor) so’zlaridan olingan 
bo’lib, gastronom so’zi oziq-ovqat ombori degan ma’noni bildiradi. Me’dada ovqat 
moddasi 4-10 soat saqlanishi mumkin. Me’dadagi bezlar shira ajratadi. Tarkibida 
xlorid kislota (HCl) va fermentlar (pensin, ximozin, lipaza, shilimshiq va b.) mavjud. 
Ovqat moddasi bo’lmasa shira juda kam ajraladi. Shira ovqat eyilgach 5-10 
daqiqadan so’ng ajrala boshlaydi. Non uchun 10 soatgacha, go’shtga 8 s, sut uchun 6 soatgacha shira ajralishi davom etadi. 
Shiradagi HCl ning ahamiyati katta — mikroblarni o’ldiradi (sil tayoqchasidan 
boshqa), ovqatni 12 barmoq ichakka o’tishini ta’minlaydi va boshqalar. Ba’zi 
moddalar shira ajralishini yaxshilaydi (suv, go’sht, sabzavot va b.), ba’zilari (yog’, 
kuchli qand eritmasi, osh tuzi va b.) susaytiradi. 
Me’dada har doim mayda va yirik tonik va peristaltik xarakatlar bo’lib turadi. 
Bo’sh vaqtida har 60-80 daqiqada, 10-15 daqiqa davomida qisqarib turadi. Shunda 
kishi ochlik sezadi. Me’dada ichaklardagi singari avtomatik qisqarish uchun 
impulslar paydo bo’lib turadi. Shira ajralishini, nerv tizimi, gastrin garmonlari 
tartibga solib turadi. 
IChAKLAR — boshlang’ichi 12 barmoq ichak, so’ngra ingichka ichak bo’lib, 
unda och ichak (40%) va yonbosh ichak (60%) tafovut etiladi. Ingichka ichak (5-7 
metr) tugab, yo’g’on ichak boshlanishida ko’r ichak (kichkinagina o’siqcha —
«appendiks») joylashgan. Agarda u yallig’lansa «appenditsit» deyiladi. Shu joydan 
yo’g’on ichak (1,5-2 metr) boshlanib, yuqoriga ko’tariladi, gorizontal yurib, pastga 
tomon yo’llanadi. U qorinning orqa tomon devoriga bog’langan holda bo’ladi. 
Taqasimon shaklda bo’lgani uchun orasida me’da osti bezi joylashadi. So’ngra 
yo’g’on ichak sigmasimon (8 shaklida) va to’g’ri ichak holatida tugaydi. 
Ichaklardagi peristaltik xarakatlar yuqoridan boshlanib pastga tomon davom 
etadi. Shuning uchun ovqat moddalari pastga qarab yo’naladi. 
Ovqat moddalari asosan ingichka ichakda qonga so’riladi. Me’dada 
so’rilmaydi. Faqatgina alkogolli ichimliklar 10-15% so’riladi. Shampanskiy gazi 
bo’lgani uchun retseptorlarni qo’zg’otib, tezroq so’rilishiga imkon beradi. 
Hazm bo’lgan ovqat moddalarining qonga so’rilishida ichaklardagi 
vorsinkalarning ahamiyati katta. Ingichka ichakning yuzasi 4-5 m2, 1mm
da 18-40 ta vorsinkalar (so’rg’ichlar) bor. Shular hisobiga so’rilish sathi keskin oshadi. 
Vorsinkaning epiteliysida (yuzasida) 3000 atrofida mikrovorsinkalar bo’lib, umumiy 
vorsinkalarning sathi hisobiga ichakning sathi 150 — 200 m
atrofida bo’ladi va ana 
shu sathlardan ovqat moddalari, go’yoki tez so’rilgandek bo’ladi. 
Suv asosan yo’g’on ichakda qonga so’riladi va qondan yana ichakka qayta 
so’riladi (razorbtsiyalanadi). Shuning uchun ovqat chiqindilari (najos) yo’g’on 
ichakda shakllanadi. 
Me’dadagi xlorid kislota (NCl) ning ahamiyati katta bo’lib, mikroblarni 
o’ldirish, fermentlar faoliyatini oshirish, ovqat moddasini portsiyalab 12 barmoq 
ichakka vaqti-vaqti bilan o’tkazish kabilardan iboratdir. 
Me’da shirasi kislotalik muxitga ega (rh=1,5-2,2) bo’lib, uning tarkibida 
pepsin, ximozin, lipaza, anchagina shilimshiq bor. 
Pepsin — murakkab oqsillarni polipeptidlarga parchalaydi. 
Ximozin — suvni ivitadi va uni me’dada saqlab turadi. 
Lipaza — emulsiya holatiga kelgan sut-yog’larni parchalab, so’rilishga 
tayyorlaydi. 


Download 10,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish