O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI “Matematika va informatika” bakalavriat ta’lim yo’nalishi 202-guruh talabasi Mametova Osudaning “O`zbek tilining sohada qo`llanilishi” fanidan
Mustaqil ta`limi
Mavzu: Sohaga oid taqdimot nutqi
REJA:
Kirish.
- Taqdimot haqida umumiy ma’lumot.
- Taqdimotda vazifalar va uning tarkibiy qismlari.
- Taqdimotni tuzish jarayoni.
- Taqdimot jarayonida ko‘rgazmali vositalardan foydalanish.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Taqdimot jiddiy mavzu. Uning maqsadi tinglovchilarga ma’lumot berish, tushuntirish va undash yoki o‘z nuqtai nazarini taqdim etishdir. Unda mahsulot tanishtirilishi, jarayon tushuntirilishi yoki tajriba bayon etilishi mumkin. U kichik, bilimli tinglovchilarga konferensiya, seminar yoki biznes yig`ilishida yetkazib berilishi mumkin. Va tinglovchilar savollari bilan davom ettiriladi. Taqdimot malakasi notiqlik san’atida oldindan abzatslarning kirish qismini tayyorlash, format aspektda amaliyot bilan ishlov berilishi va rivojlantirilishi mumkin.
Taqdimotda 4 ta vazifa bajarilishi lozim:
1. Taqdimot qilinishi kerak bo‘lgan muhit haqida bilish yoki buni biz taqdimotning turli elementlari deyishimiz mumkin.
2. Matnni va ko‘rgazmali qurollarni tayyorlash.
3. O‘zining ko‘rinishi va xatti-harakatlariga e’tibor qaratish.
4. Taqdimot qilishni mashq qilish.
Taqdimotni tuzish jarayoni quyidagi harakatlardan iborat:
1.Taqdimotni umumiy bezash usulini tanlash;
2. Slaydlarning mazmuniy o‘lchamlarini tanlash;
3.Yangi slaydni va uning tarkibiy qismlarini qo‘shish;
4. Slayd hajmi va o‘lchamlarini tanlash;
5. Slaydlarga bezashda zarur bo‘lgan o`zgarishlar kiritish;
6. Slaydlarni ko‘rsatishda tovushli animatsiya jihatlarini yaratish.
Taqdimotning tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
- O‘tkazilish joyi
2. Tashkilotchi:
3.Tadbir:
4. Mavjud vaqt:
5. Boshqa notiqlar. 6. Tinglovchilar
Taqdmotni tayyorlash jarayonida Microsoft Power Point da ko‘rsatilayotgan ma’lumotlar taqdim etilayotgan ishning mazmuni va mohiyatini, natijalari va xulosalarini, takliflarini aks ettirishi lozim. Taqdimot quyidagi tavsiflarga ega bo‘lishi kerak:
A) slaydlar soni (7 – 10 ta);
V) slaydlarning mazmuniy o‘lchamlari;
S) birinchi slayd ishning mavzusi, obyekti, bajaruvchi to‘g’risida to‘liq ma’lumot berishi zarur;
D) oxirgi slayd ma’lumotlar manbalari tavsifiga bag’ishlangan bo‘lishi kerak;
Taqdimot nutqi ilmiy va ommabop uslublarga xos bo‘lib, adabiy so‘zlashuv nutqi hisoblanadi. Bunday nutq adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Ammo adabiy tilda so‘zlash adabiy tilda yozishga nisbatan ancha qiyin jarayondir. Buning sabablari quyidagicha,:
- og‘zaki nutqda yozma nutqdagi kabi o‘ylab olish imkoni kam bo‘ladi, chunki og‘zaki nutq tezkor va jadallashgan (avtomatik) jarayondir;
- og‘zaki nutqning o‘ziga xos grammatik tuzilishi, qurilish tartibi mavjud. Ya’ni gap bo‘laklarining tushib qolishi, o‘rin almashishi, qisqarishi va b.
- og‘zaki nutqda talaffuz, ohang, imo-ishora vositalari asosiy rol o‘ynaydi;
- og‘zaki nutqning yuzaga chiqishi so‘zlovchining kayfiyatiga, nutqning vaziyatiga, so‘zlovchining nutqy a’zolari normal va sog‘lom bo‘lishiga bog‘liq;
- kishi so‘zlaganda o‘z nutqiga xuddi yozayotgandagi kabi yetarli e’tibor beravermaydi va b.
Do'stlaringiz bilan baham: |