Mavzu: sochilish jarayonlarining tabiati


-rasm. Optik bir jinslimaslikning yorug’lik sochilishidagi roli



Download 0,68 Mb.
bet3/12
Sana31.12.2021
Hajmi0,68 Mb.
#219426
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
sochilish jarayonlarining tabiati

1-rasm. Optik bir jinslimaslikning yorug’lik sochilishidagi roli.
bo’lishi 1-rasmda ko’rinib turibdi. Agar muhit mutlaqo bir jinsli bo’lsa, to’lqin frontida bir-birida l masofada joylashgan tengdosh hajmlarning ixtiyoriy ikkitasi chiqarayotgan ikkilamchi to’lqinlar bir- birini so’ndiradi. Bir jinsli muhitda yorug’lik sochilmay faqat dastlabki yo’nalishda tarqaladi, degan da’voni yuqoridagi fikr tasdiqlaydi. θ=0 burchakdan boshqa har qanday burchakka oid yo’nalishlarda ikkilamchi to’lqinlar bir-birini butunlay so’ndiradi, chunki tushuvchi to’lqinning θ=0 yo’nalishida tarqalishida ham ikkilamchi to’lqinlar sinfazali qo’shilib, o’tuvchi to’lqin hosilqiladi.
Shunday qilib muhitning bir jinsli va ikkilamchi to’lqinlarining kogerent bo’lishi yorug’lik sochilmasligining zaruriy va yetarli shartidir. Haqiqatda esa ideal bir jinsli muhitlar bo’lmaydi. Real muhitda turli sabab paydo bo’lgan optic bir jinslimasliklar hamisha bo’ladi. Bu esa yorug’likning ba’zi hollarda juda zaif sochilishini bildiradi.
Ikkilamchi to’lqinlarning interferensiyasi to’g’risida yuqorida keltirilgan mulohazalar Frenelning yorug’likning to’g’ri chiziqli tarqalishi nazariyasida yaratilgan mulohazalarga o’xshaydi. Agar Frenel nazariyasidagi ikkilamchi

to’lqinlar mavhum manbalardan chiqgan bo’lsa, sochilishda nurlantirgichlar real bo’lib, muhitning atom va molekulalaridan iborat. Biroq muhit bir jinsli bo’lishi uchun juda kichik teng hajmlarda bir xil nav nurlantirgichlar soni teng bo’lishi kerak. Biroq qotib qolgan buday manzarani haqiqatda yaratib bo’lmaydi, shuning uchun bir jinslilik turli sabablarga ko’ra hamisha buziladi.


Frenelning mushohadalaribir jinslilikning buzilishi bu fazoviy birjinslimasliklarda yuz beradigan difraksiya hodisasiga sabab bo’lishini ko’rsatadi. Agar birjinlimasliklarning o’lchami katta bo’lmasa , u holda difraksion manzarada yorug’lik hamma yo’nalishlarda ancha tekis taqsimlanadi. Yuqorida aytib o’tilganidek, bunday mayda birjinslimasliklar tufayli bo’ladigan difraksiya yorug’likning difraksiyasi yoki sochilishi deyiladi.
Agar muhitning birjinslimaslilari qo’pol bo’lsa, ya’ni muhitning bir –biriga yaqin bo’lgan teng hajmli juda kichik qismlari intinsivliklari sezilarli darajada farq qiladigan ikkilamchi to’lqinlarning manbalari bo’lsa, u holda yorug’likning sochilishi juda aniq ko’rinadi. Muhitning bir jinsliligi salgina buzilgan hollarda chetga sochib yuborilgan yorug’lik dastlabki dastaning juda oz ulushini tashkil etadi va uni maxsus sharoitlardagina kuzatish mumkin. Tajriba yorug’likninh sochilish hodisasi uchun muhitning ikkilamchi to’lqinlar berish qobiliyatining o’zi emas, balki muhitning birjinsliligi buzilishi muhim ekanligini ko’rsatadi.
Manbdan kelayotgan deyarli parallel nurlar dastasi ichiga suv quyilgan kyuvetadan o’tayotgan bo’lsin. Agar suv juda yaxshilab tozalangan bo’lsa, yon tomondan qaraganda yorug’lik deyarli ko’rinmaydi, ya’ni yorug’lik dastlabki dastadan chetga deyarli sochilmaydi. Agar kyuvetaga bir tomchi atir tomizilsa, yorug’lik intinsiv ravishda sochiladi, yorug’lik dastasi hamma tomondan yaxshi ko’rinadi. Agar kyuveta ancha qalin bo’lsa, u holda hamma yorug’lik har tomonga sochilib, kyuvetaning orqasida aniq ko’rinadigan dastlabki dasta o’rniga sochilgan yorug’likning diffuz maydonigina ko’rinadi. Bir tomchi atir qo’shilishi kyuveta ichidagi suvning nihoyatda ko’p malekulalarining xossalarini ko’p o’zgartirib yubormaydi, albatta, biroq atirda erigan holda yurgan modda zarralari suvli

eritmada cho’kib , suvda muallaq turadigan mayda tomchilar , ya’ni imulsiya hosil qiladi. Bunday birjinslimasliklarning borligi ikkilamchi to’lqinlarning o’zaro interferensiyasi uchun juda boshqa sharoitlar yaratadi. Natijada birlamchi dasta bu birjinslimasliklar tufayli difraksiyalanib, xira muhitga hos bo’lgan sochilish manzarasini hosil qiladi.


Muhitning optic jihatdan birjinsliligi masalasiga yana qaytamiz; ma’lumki bir jinslilikning buzilishi yorug’lik sochilishining fizik sababidir. Yuqorida aytib o’tilgandek, optic jihatdan bir jinsli bo’lmagan muhitda uning bir-biriga yaqin bo’lgan teng hajmli juda kichik qismlari yorug’lik to’lqinining ta’siri ostida intinsivliklari bir xil bo’lgan ikkilamchi nurlanishlar manbai bo’lib qoladi. Demak tegishli qismlar yorug’lik to’lqinining o’zgaruvchi maydoni ta’siri ostida bir-biriga teng bo’lgan elektr momentlariga ega bo’ladi, bu momentlarning vaqt o’tishi bilan o’zgarishi natijasida ikkilamchi nurlar paydo bo’ladi. Optik jihatdan bir jinslilik sharti muhitning turli qismlarining sindirish ko’rsatkichi bir xil qiymatga ega bo’lishini bildiradi. Bundan muhitning butun hajmida muhitning sindirish ko’rsatkichi bir xil bo’lganda yorug’likning sinish hodisasi yuz bermaydi degan hulosa kelib chiqadi. Demak muhitning bir jinsliligini buzish uchun sindirish ko’rsatkichining doimiyligini buzish zarur.
Ko’zga ko’rinadigan yorug’lik to’lqining uzunligiga nisbatan kichik bo’lgan zarralarda yorug’likning sochilishini birinchi bo’lib Tindal kuzatgan. Turli burchak hosil qilib sochilgan yorug’lik oq yorug’likdan ko’k bo’lishi bilan farq qilishini, tushayotgan yorug’lik yo’nalganga nisbatan 900 burchak hosil qilib sochilgan yoru’lik yassi qutblangan bo’lishini ham aniqlagan.
Zarralarning o’lchami to’lqin uzunligiga nisbatan kichik bo’lgan hira muhitlarda yorug’likning sochilishini o’rganish natijasida Tindal va undan keying tadqiqotchilar tajribada kashf etgan va nazariy jihatdan Reley asoslab bergan ba’zi qonuniyatlar topildi. Bu qonuniyatlar hususida quyida oddiy tajribada tasavvur hosil qilish mumkin.

To’g’ri burchakli kyuveta to’la suvga bir necha tomchi sut tomizib suv xiralashtiriladida, unga intinsiv yorug’lik dastasi yuboriladi. Suvda yorug’lik dastasining izi aniq ko’rinib turadi.


Yon tomondan turib A yo’nalishda kuzatganda (2-rasm) Sochilgan yorug’lik S manbadan kelayotgan yorug’likkka qaraganda zangoriroq bo’ladi. Qalinligi yetarlicha bo’lgan kyuveta orqali B yo’nalishda o’tib, uzun to’lqinli nurlarga boyigan yorug’lik qizg’ish tusda bo’ladi.
Sochilgan yorug’likni dastlabki dastaga nisbatan 900 burchak ostida N qutblovchi orqali kuzatganda S dan kelayotgan dastlabki yorug’lik tabiiy yorug’lik bo’lsa ham sochilgan yorug’lik chiziqli qutblangan ekanligi ko’rinadi. Sochilgan yorug’likka elektr vektorining yo’nalishi dastlabki dasta va kuzatish yo’nalishi orqali o’tuvchi tekislikka perpendikulyar bo’ladi.




Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish