Sivilizatsiya tushunchasining tahlili
•
3. Sivilizatsiya tushunchasining tahlili va turli yondashuvlar tasnifi.
•
Sivilizatsiya so‘zi lotincha
sivilis - fuqarolikka, davlatga, shaharga taalluqli
ma’nolarini anglatuvchi o‘zakdan kelib chiqqan. U "silvaticus", ya’ni lotinchadan
tarjima qilganda qo‘pol, yovvoyi so‘ziga qarshi ma’noda qo‘llanilgan. Sivilizatsiya
tushunchasi “madaniyat” tushunchasi bilan uzviy bog‘liq ravishda paydo bo‘lgan.
Dastlab madaniyat va sivilizatsiya tushunchalari sinonim sifatida qo‘llanilgan, ammo
bora-bora bu ikki atama o‘rtasida farq paydo bo‘ldi. Masalan, nemis faylasufi I.Kant bu
tushunchalar o‘rtasidagi yaqinlik va tafovut mavjudligini ko‘rsatib o‘tgan edi.
Ko‘pchilik faylasuflar “sivilizatsiya” deganda jamiyatning moddiy-texnika yutuqlarini,
“madaniyat” deganda esa faqat uning ma’naviy qadriyatlarini tushunishgan.
•
XX asr
boshlariga kelib, nemis faylasufi O.Shpengler “Yevropa quyoshining
so‘nishi” asarida madaniyat va sivilizatsiya tushunchalarini bir-biriga qarama-qarshi
qo‘ydi. Uning fikricha, sivilizatsiya madaniyatning eng yuqori bosqichi bo‘lib, undan
keyin esa madaniyat asta-sekin inqirozga yuz o‘giradi. Nemis faylasufi sivilizatsiya
deganda texnik- mexanik jarayonlar majmuini nazarda tutgan.
•
Madaniyatning paydo bo‘lishi insoniyatning yovvoyilikdan keyingi davri bilan
bog‘liq bo‘lsa, sivilizatsiya - tarixiy jarayon, ijtimoiy hodisadir. Sivilizatsiyaning
rivojlanishi jamiyatni yuksaltirishga olib keladi, natijada bu jamiyat fuqarolar
erkinligini ta’minlash 6 imkoniyatini yaratadi. Sivilizatsiyali hayot insonni madaniyatli
qiladi va uning har tomonlama kamol topishi uchun shart-sharoit yaratadi. Sivilizatsiya
kategoriyasining serqirraligi va ko‘p serma’noligi tufayli unga aniq ta’rif berish
mushkul. “Sivilizatsiya” ning yuzdan ortiq ta’riflari mavjud bo‘lib, har bir o‘ziga xos
ta’rifida ijtimoiy hayotning ma’lum tomonlari, jihatlariga alohida urg‘u beriladiki, bu
umuman sivilizatsiyaning ijtimoiy hodisa sifatidagi mohiyatini to‘laroq anglab etishga
xizmat qiladi. Sivilizatsiya tushunchasining tarixiy-falsafiy mohiyati – tarixiy
jarayonning birligi va ushbu jarayon davomida insoniyatning moddiytexnik hamda
ma’naviy yutuqlarning majmui.
•
Sivilizatsiya umumjahon tarixiy jarayonining ijtimoiylikning ma’lum darajasiga
erishish bilan bog‘liq bosqichini ham anglatadi. Sivilizatsiyaning yana bir ma’nosi -
madaniyatning zamon va makonda chegaralangan tarixiy tipi (Misr
sivilizatsiyasi,
Mesopotamiya sivilizatsiyasi va b.). Sivilizatsiya madaniyat so‘zining sinonimi sifatida,
ko‘pincha moddiy madaniyat ma’nosida ham qo‘llaniladi. Shveytsariyalik tarixchi
J.Starobinskiyning fikricha, sivilizatsiya tushunchasini ilk bor fransuz iqtisodchisi
Viktor Riketi Mirabo (1715- 1789 yy) o‘zining “Qonunlar do‘sti” asarida qo‘llagan.
1767 yilda u shotlandiyalik ma’rifatparvar Adam Fergyusson (1723-1816) asarida
paydo bo‘ldi. O‘shanda ushbu atama madaniy taraqqiyotning umumiy darajasini
anglatgan. Sivilizatsiya ma’rifatsiz xalqlarga, qorong‘u feodalizm davri va o‘rta
asrlarga
qarama-qarshi qo‘yilgan. A.Fergyusson ibtidoiy jamiyat tarixini davrlashtirish mezoni
sifatida “madaniyatning o‘zlashtirish darajasini” ilgari surdi: yovvoyilik, varvarlik,
sivilizatsiya. Keyinchalik shved olimi S.Nilson bu davrlashtirishni bir oz to‘g‘irladi va
to‘ldirdi: yovvoyilik, nomadizm (yunon. nomados – ko‘chib yuruvchi, ko‘chmanchilik),
dehqonchilik va sivilizatsiya. Ma’rifatparvarlik davridagi ensiklopediyalarda
sivilizatsiya tushunchasi taraqqiyot konsepsiyasi bilan uyg‘unlashib ketdi.
•
Fransuz faylasuf ma’rifatparvarlari aql va adolatga asoslangan jamiyatni
sivilizatsiyalashgan jamiyat deb bilganlar. Sivilizatsiya tushunchasiga turlicha mazmun
berish davom etdi va XVIII asrdan “sivilizatsiya” tushunchasi tarixchilar lug‘atidan
mustahkam o‘rin oldi. Shu davrdan sivilizatsiyaning turli nazariyalari shakllana
boshladi. XIX asr boshlaridayoq sivilizatsiyalar to‘g‘risida 7 ko‘plikda
fikr yuritila
boshlandi, bu esa xalqlar sivilizatsion taraqqiyotining rang-barangligini tan olishni
anglatardi. O‘z asarlarida tarixning yo‘nalishi, shuningdek tarixiy jarayonda yagonalik
va rang-baranglikning o‘zaro nisbati muammolarini ayniqsa to‘la qamrab olgan
dastlabki tadqiqotchilardan biri italyan faylasufi Jambatissta Viko (1668-1744) o‘zining
“Millatlar umumiy tabiati haqidagi yangi fan asoslari” deb nomlangan risolasida
jahon
tarixining barcha xalqlar uchun yagona bo‘lgan tarixiy aylanma harakat sifatidagi
dunyoviy konsepsiyasini ilgari surgan.
•
Viko fikriga ko‘ra, barcha xalqlar o‘z rivojlanishida bir xil bosqichlardan o‘tadi:
ibtidoiy varvarlik (“xudolar asri”)dan feodalizm (“qahramonlar asri”) orqali demokratik
respublika yoki konstitutsiyaviy monarxiya (“sivilizatsiya asri”) sari harakatlanadi. Har
bir tsikl mazkur jamiyatning umumiy inqirozi va parchalanishi bilan tugaydi. Tsikl
yakunlangach, rivojlanish jarayoni yangilanadi va ayni shu bosqichlardan, lekin
yuqoriroq darajada o‘tadi. Vikoning g‘oyalari madaniyatlar
va sivilizatsiyalarning
rivojlanishida tsikllilik nazariyalari (Danilyevskiy, Shpengler, Toynbi)ga asos bo‘lgan.