Mavzu: Sivilizatsiya tushunchasining tahlili Topshirdi: Raxmonov s tekshirdi: Ramatov j 2022-yil



Download 0,72 Mb.
Pdf ko'rish
Sana15.06.2022
Hajmi0,72 Mb.
#672544
Bog'liq
falsafa mus 6



Mavzu: 6.
Sivilizatsiya tushunchasining tahlili 
Topshirdi: Raxmonov S 
Tekshirdi: Ramatov J 
2022-yil 


Sivilizatsiya tushunchasining tahlili 
• 
3. Sivilizatsiya tushunchasining tahlili va turli yondashuvlar tasnifi. 
• 
Sivilizatsiya so‘zi lotincha sivilis - fuqarolikka, davlatga, shaharga taalluqli 
ma’nolarini anglatuvchi o‘zakdan kelib chiqqan. U "silvaticus", ya’ni lotinchadan 
tarjima qilganda qo‘pol, yovvoyi so‘ziga qarshi ma’noda qo‘llanilgan. Sivilizatsiya 
tushunchasi “madaniyat” tushunchasi bilan uzviy bog‘liq ravishda paydo bo‘lgan. 
Dastlab madaniyat va sivilizatsiya tushunchalari sinonim sifatida qo‘llanilgan, ammo 
bora-bora bu ikki atama o‘rtasida farq paydo bo‘ldi. Masalan, nemis faylasufi I.Kant bu 
tushunchalar o‘rtasidagi yaqinlik va tafovut mavjudligini ko‘rsatib o‘tgan edi. 
Ko‘pchilik faylasuflar “sivilizatsiya” deganda jamiyatning moddiy-texnika yutuqlarini, 
“madaniyat” deganda esa faqat uning ma’naviy qadriyatlarini tushunishgan. 
• 
XX asr boshlariga kelib, nemis faylasufi O.Shpengler “Yevropa quyoshining 
so‘nishi” asarida madaniyat va sivilizatsiya tushunchalarini bir-biriga qarama-qarshi 
qo‘ydi. Uning fikricha, sivilizatsiya madaniyatning eng yuqori bosqichi bo‘lib, undan 
keyin esa madaniyat asta-sekin inqirozga yuz o‘giradi. Nemis faylasufi sivilizatsiya 
deganda texnik- mexanik jarayonlar majmuini nazarda tutgan. 
• 
Madaniyatning paydo bo‘lishi insoniyatning yovvoyilikdan keyingi davri bilan 
bog‘liq bo‘lsa, sivilizatsiya - tarixiy jarayon, ijtimoiy hodisadir. Sivilizatsiyaning 
rivojlanishi jamiyatni yuksaltirishga olib keladi, natijada bu jamiyat fuqarolar 
erkinligini ta’minlash 6 imkoniyatini yaratadi. Sivilizatsiyali hayot insonni madaniyatli 
qiladi va uning har tomonlama kamol topishi uchun shart-sharoit yaratadi. Sivilizatsiya 
kategoriyasining serqirraligi va ko‘p serma’noligi tufayli unga aniq ta’rif berish 
mushkul. “Sivilizatsiya” ning yuzdan ortiq ta’riflari mavjud bo‘lib, har bir o‘ziga xos 
ta’rifida ijtimoiy hayotning ma’lum tomonlari, jihatlariga alohida urg‘u beriladiki, bu 
umuman sivilizatsiyaning ijtimoiy hodisa sifatidagi mohiyatini to‘laroq anglab etishga 
xizmat qiladi. Sivilizatsiya tushunchasining tarixiy-falsafiy mohiyati – tarixiy 
jarayonning birligi va ushbu jarayon davomida insoniyatning moddiytexnik hamda 
ma’naviy yutuqlarning majmui. 
• 
Sivilizatsiya umumjahon tarixiy jarayonining ijtimoiylikning ma’lum darajasiga 
erishish bilan bog‘liq bosqichini ham anglatadi. Sivilizatsiyaning yana bir ma’nosi - 
madaniyatning zamon va makonda chegaralangan tarixiy tipi (Misr sivilizatsiyasi, 
Mesopotamiya sivilizatsiyasi va b.). Sivilizatsiya madaniyat so‘zining sinonimi sifatida, 
ko‘pincha moddiy madaniyat ma’nosida ham qo‘llaniladi. Shveytsariyalik tarixchi 
J.Starobinskiyning fikricha, sivilizatsiya tushunchasini ilk bor fransuz iqtisodchisi 
Viktor Riketi Mirabo (1715- 1789 yy) o‘zining “Qonunlar do‘sti” asarida qo‘llagan. 
1767 yilda u shotlandiyalik ma’rifatparvar Adam Fergyusson (1723-1816) asarida 
paydo bo‘ldi. O‘shanda ushbu atama madaniy taraqqiyotning umumiy darajasini 
anglatgan. Sivilizatsiya ma’rifatsiz xalqlarga, qorong‘u feodalizm davri va o‘rta asrlarga 
qarama-qarshi qo‘yilgan. A.Fergyusson ibtidoiy jamiyat tarixini davrlashtirish mezoni 
sifatida “madaniyatning o‘zlashtirish darajasini” ilgari surdi: yovvoyilik, varvarlik, 


sivilizatsiya. Keyinchalik shved olimi S.Nilson bu davrlashtirishni bir oz to‘g‘irladi va 
to‘ldirdi: yovvoyilik, nomadizm (yunon. nomados – ko‘chib yuruvchi, ko‘chmanchilik), 
dehqonchilik va sivilizatsiya. Ma’rifatparvarlik davridagi ensiklopediyalarda 
sivilizatsiya tushunchasi taraqqiyot konsepsiyasi bilan uyg‘unlashib ketdi. 
• 
Fransuz faylasuf ma’rifatparvarlari aql va adolatga asoslangan jamiyatni 
sivilizatsiyalashgan jamiyat deb bilganlar. Sivilizatsiya tushunchasiga turlicha mazmun 
berish davom etdi va XVIII asrdan “sivilizatsiya” tushunchasi tarixchilar lug‘atidan 
mustahkam o‘rin oldi. Shu davrdan sivilizatsiyaning turli nazariyalari shakllana 
boshladi. XIX asr boshlaridayoq sivilizatsiyalar to‘g‘risida 7 ko‘plikda fikr yuritila 
boshlandi, bu esa xalqlar sivilizatsion taraqqiyotining rang-barangligini tan olishni 
anglatardi. O‘z asarlarida tarixning yo‘nalishi, shuningdek tarixiy jarayonda yagonalik 
va rang-baranglikning o‘zaro nisbati muammolarini ayniqsa to‘la qamrab olgan 
dastlabki tadqiqotchilardan biri italyan faylasufi Jambatissta Viko (1668-1744) o‘zining 
“Millatlar umumiy tabiati haqidagi yangi fan asoslari” deb nomlangan risolasida jahon 
tarixining barcha xalqlar uchun yagona bo‘lgan tarixiy aylanma harakat sifatidagi 
dunyoviy konsepsiyasini ilgari surgan. 
• 
Viko fikriga ko‘ra, barcha xalqlar o‘z rivojlanishida bir xil bosqichlardan o‘tadi: 
ibtidoiy varvarlik (“xudolar asri”)dan feodalizm (“qahramonlar asri”) orqali demokratik 
respublika yoki konstitutsiyaviy monarxiya (“sivilizatsiya asri”) sari harakatlanadi. Har 
bir tsikl mazkur jamiyatning umumiy inqirozi va parchalanishi bilan tugaydi. Tsikl 
yakunlangach, rivojlanish jarayoni yangilanadi va ayni shu bosqichlardan, lekin 
yuqoriroq darajada o‘tadi. Vikoning g‘oyalari madaniyatlar va sivilizatsiyalarning 
rivojlanishida tsikllilik nazariyalari (Danilyevskiy, Shpengler, Toynbi)ga asos bo‘lgan. 

Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish