BOB bo’yicha xulosa
Sinfdan tashqari ishlar — umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquv tarbiyaviy ishining tarkibiy qismi, oʻquvchilarning boʻsh vaqtini tashkil etish shakllaridan biri. Sinfdan tashqari ishlar oʻquvchilarni barkamol shaxs sifatida shakllantirish va ularni hayotga tayyorlashda keng imkoniyatlar yaratadi. Sinfdan tashqari ishlarga oʻquvchilar bilan oʻtkaziladigan va ularga tarbiya hamda bilim berishga qaratilgan turli xil mashgʻulotlar tizimi kiradi. Bunday mashgʻulotlar pedagogik jamoa, sinf rahbari, yoshlar tashkilotlari rahbarligi va bolalarning oʻz-oʻzini boshqarish tashkilotlari tomonidan darsdan tashqari vaqtda uyushtiriladi. Oʻquvchilarning sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda oʻquvchilar saroylari, yosh texniklar, yosh tabiatshunoslar, yosh sayyohlar klubi va maktabdan tashqari boshqa muassasalar katta yordam beradi. Sinfdan tashqari ishlarning asosiy shakllari sifatida ommaviy ishlar (maktab klublaridagi tadbirlar, kecha, munozara va tanlovlar oʻtkazish, viktorina va koʻrgazmalar uyushtirish, tabiat qoʻyniga, maktab va muzeylarga ekskursiyalarga chiqish), toʻgarak ishlari (oʻquvchilarning turli toʻgaraklar, sport seksiyalari, ansambllardagi qatnashishlari), mustaqil ishlar (oʻquvchilarning sinfdan tashqari oʻqishi, kolleksiya toʻplashi, texnika, musiqa, tasviriy sanʼat, chizmachilik va sh.k. bilan mustaqil shugʻullanishi)ni koʻrsatish mumkin.
Xulosa
Yosh avlodni hozirgi zamon fani bilan qurollantirish orqali ularning aqliy jihatdan maksimal darajada rivojlanishlariga erishish umumta’lim - tayanch maktablar oldida turgan eng muhim vazifalardan to’rti ekan, bu vazifani hal etishda To’rtinchi sinflarda ona tilidan sinfdan tashqari ishlarning ahamiyati kattadir. To’rtinchi sinflarda ona tilidan o’tkaziladigan sinfdan tashqari ishlarning mazmuni dars mashg’ulotlarida egallangan bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirishda qaratilgan ekan. To’rtinchi sinflarda ona tilidan sinfdan tashqari mashg’ulotlar dars mashg’ulotlarining mantiqiy davomi hisoblanar ekan.
To’rtinchi sinflarda ona tilidan sinfdan tashqari ishlarni olib borishda o’quvchilarning nutq madaniyatini va ona tili tafakkurini shakllantirishga zamonaviy holda yondashish kerak deb hisoblaymiz.
Bitiruv malakaviy ishning maqsadini to’rtinchi sinfda ona tilidan to’garak mashg’ulotlarini tashkil etish metodikasini ishlab chiqish deb olib quyidagi vazifalarni hal etdik:
To’rtinchi sinflarda ona tilidan sinfdan tashqari ishlarni turlarini o’rgandik;
To’rtinchi sinfda ona tilidan qiziqarli ona tili, ajib hisob, sonlar olami to’garagini tashkil etish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqib, amaliyotga tadbiq etdik va yaxshi natijalarga erishdik.
Xulosa qilib aytganda, umumta’lim maktablarining to’rtinchi sinflarida ona tilidan to’garaklarni muntazam ravishda olib boorish zarur deb hisoblaymiz va bitiruv
malakaviy ishida ishlab chiqilgan metodik tavsiyalardan bo’lajak to’rtinchi sinf .
Do'stlaringiz bilan baham: |