46
ushlab elni himoyalaydi. Sho’ro tuzumi amal olgach , 20 yillar o’rtalarida u Xitoy
qishloq Soveti raisi lavozimini egalladi. 30 yillar o’rtalarigacha qishloqning
Ayritom elati Qoyali qishlog’i tizimida edi, so’ng Xitoy qishlog’i tizimiga o’tdi.
Xitoy qishloq tuman markaziga yaqin joylashgani
uchun mehnatkashlar ancha
yillargacha 1- son maktabida talim tabriya oladilar. Xitoy elatida 1927 yilda
Ro’zmat bobo Javoqov joyi o’rnida Qiziloy Boshlang’ich maktabi tashkil topdi.
1930 yilda kolxozlashtirish ommaviy ravishda tus olib maktablar ham ko’paydi.
Hozirda 22,23,24,28,30- sonly umumta’lim maktablarida ta’lim oladilar.22- son
maktab oldida xalq maorifi a’lochisi Rahim Boltayev byusti o’rnatilgan.
Aholi Uzunko’l ,Qozoqqala, Ipakchi , Xitoy, To’qmang’it mahallalarida
farovon hayot kechirmoqdalar. Qishloqda Lo’ppilbobo ikki joyda G’oyibbobo,
Qumavliyo, Yilqichibobo qabriston sajdagohlari bor.
XVIII asrda qurilgan
Kapkatrxona Qal’asi xonaqosi qarovsizlikdan yiqilib ketgan.
CHIG’ATOYQAL’A.
Chig’atoy qadimiy turk qabilalaridan biridir. Qishloq o'z
hayoti davomida urush bosqinlarga duchor bo’lgan. Ma’lumki ayrim millatchi
yovmitlar Xiva xoni taxtiga doimo tahdid solib turganlar. Xivaga kelgan chor
generali Galkiya el ulamolarini Qo’shkopir tumaniga to’playdi, ammo u yerga
mulla Husayn bormagan. Bundan g’azablangan general uni dorga ostirdi. Asl
sabab mulla Husaynning Junayidxonni uyiga chorlab, mehmon qilganligi edi.
Sho'ro inqilobidan keyin, Qalandarko'r to’dalari qishloqning qibla tarafiga
joylashib muallimlarga suiqasd uyushtirdilar. Ahmadjon Ibrohimovning
bosmachilarga qarshi kurash shtabi qurolli askarlari Qalandarko’r to’dalariga
qarshi kurashishga otlanib, 1930 yil 10 may kuni Daraklibobo qabristonida ularni
tayyorlantirdi. Qalandarko'r, Boyjon shayx jasadi uch kun davomida tuman
markazi ochiq maydonida "namuna" sifatida osilib turdi.
Qal'a Yusufboy Royat Dorichi Shag’alqal’a, Gudalayqal’a elatlarining o’z
tizimiga olgan yirik qishloqlardan biri edi. Dorichida bir necha shaxslar
Afg’onistondan tashib keltiradigan porox va boshqa
portlovchi moddalar tufayli
shu nomni olgan. Bekchon Sherjanov esa o'z ota bobolarining olov cho'g'i
47
bardoshli yulg'un, sazoq kabi quruq yog'ochlarni bir yerga to’plab portlovchi
moddalar tayyorlanishi haqida aytib bergan. 1925 yilda oqsoqol mulla Yusufboy
joylari sho'ro hisobiga olinib Qal'a Yusufboy qishlog'i yuzaga keldi va 1- maktab
tashkil topdi. 1930 yillar o'rtalaridan Qal'a Yusufboy Leninobod qishloq soveti deb
va mustaqillikdan keyin Chig'atoyqal'a fuqorolar yig'ini deb atala boshlandi.
Hozirda
qishloqda Royat, Chig'atoyqal'a, Navro'z, Guliston, Bo'ston
mahallalari mavjud. Bu yerda 4,20,21,44,48- umumta'lim maktablari bor.
Qishloqda ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan hamqishloqlar xotirasiga
yodgorlik, muzeylar tashkil etilgan. Go'zalbobo, Saidbobo, Shixi Jaloliddinbobo,
Mirayimbobo, Sultonbuzrukbobo, Sobirbobo, Ismoilota ziyoratgohlari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: