Mаvzu: “Shohnomа”ning tаrixiy tаlqini. Rejа



Download 42,43 Kb.
bet4/6
Sana29.12.2021
Hajmi42,43 Kb.
#79941
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6 Mаvzu

Xushang podshohligi 40 yil davom etadi. U butun olamga adolat o‘rnatadi. Insonning farovon yashashi uchun turli ixtirolarga qo‘l uradi. Toshdan temirni ajratishga muvaffaq bo‘ladi, temirdan bolta, arra va tesha yasattiradi. Ariqlar qazdirib cho‘lga suv chiqaradi. Insonlarni dehqonchilik sirlaridan voqif etadi. Olovni kashf etib, qishda “Sada” bayramiga asos soladi. Umri poyoniga yetgach, o‘g‘li Taxmurasga taxtni topshiradi.Taxmuras taxminan o‘ttiz yildan oshiq hukmronlik qiladi. Aksariyat kashfiyotlar uning davrida amalga oshiriladi. Eng avvalo u barcha hayvonlarni turlarga ajratib chiqadi va nom beradi. Qushlarni kuzatib ularning tilini o‘rganadi. Tovuq va xo‘rozni uy parrandasiga aylantirishga farmon beradi. Eng yirtqich devlar hukmdorini yengib, ularga jilov solib minib yuradi. “Devband Taxmuras” nomini olishi ham shundan. Undan so‘ng taxtni Jamshid egallaydi.

Dostonda tilga olingan Jamshid – Eronda peshdodiylar sulolasining to‘rtinchi va eng mashhur hukmdoridir. U shox Taxmurasdan so‘ng taxminan 200 yil podshohlik qilgan. 



Jamshidni ba’zilar Hazrat Sulaymonning aynan o‘zi, deb ta’kidlashadi. Uning sharobni ixtiro qilganligi boisdan shoirlar o‘rtasida “Qadahiy” nomi bilan ham mashhurdir. Keyinchalik topilgan qadimgi hind brahmanlari afsonalariga ko‘ra bu hikoyaning hind afsonalarida ham mavjudligi aniqlandi. Haqiqatdan Zardusht, Braxmaniylar dinidan ajralib chiqib, alohida bir mazhab ta’sis etish uchun vataniga badarg‘a qilinib, Eronga kelib qolgan. Shunga binoan eroniylar qadimgi hind afsonalarini o‘rganishgan. Qadimgi eronning tarixi Zardushtning kitobi – Zandovastodan olingan. Qadimgi hind afsonalarida Jamshid yoki Jamo Shaydo quyoshni eslatuvchi bir ma’bud ismi bo‘lib, bu ismni tashkil qiluvchi so‘zlarning birinchisi – “hukmdor” va ikkinchisi quyosh ma’nosidir, ya’ni “quyosh podshoh” demakdir. Jamshid haqida Navoiy, Tabariy, Beruniy asarlarida ham eslatib o‘tiladi. Jamshid Istahr shahrini bunyod etib, mamlakatda behad faravonlikni vujudga keltiradi, sharbatni ixtiro qilib, Navro‘zni yangi yil bayrami sifatida nishonlashni joriy etadi. U hatto Zardushtdan ilgari Eronda mavjud bo‘lgan bir diniy mazhabga asos solgan. Oyna ixtiro qilgan hamda odamlarni hayvon terisiga o‘ranish o‘rniga gazmoldan tikilgan kiyim kiyishga o‘rgatgan. Davlat tuzumini tashkil etib, aholini tabaqalarga bo‘lgan. Bu mazhab va oyna quyoshu tabiatga bog‘liq ayshu ishrat bilan uyg‘unlashgan bir suratda ta’riflanadi. X1 asrdan boshlab, muarrixlar, solnomachilar shaxsning jamiyatdagi rolini boshqacha talqin qila boshladilar. “Avesto”dagi “Oltin davr” afsonasi qahramoni Jamshid-Yima (“Yasna”, 1X bo‘lim, 77bet)nomi bilan bog‘liq rivoyat bunga misol bo‘la oladi. “Shohnoma”da ham Jamshid nomi yovuz kuchlar bilan “prometeychasiga” kurash olib borgan afsonaviy shohlar nomi bilan bir qatorda tilga olinadi. U “Hamma mavjudotlardan eng go‘zali, odamlar orasida quyosh misoli” deb ta’riflanadi (7,s 33-34). “Jamshid o‘zining 200 yillik hukmdorlik davrida xulq manfaati yo‘lida juda buyuk jasoratlar ko‘rsatdi. Uning ishlari to‘g‘risida afsonalar to‘qildi., solnomalar va badiiy adabiyot asarlarida yozildi. Afsonalarda aytilishicha, Jamshid sug‘orib dehqonchilik qiladigan yerlarni uch marta kengaytirdi. Uning davrida aholi ham hayvonlar, parrandalar soni ham, qishloq xo‘jalik maxsulotlari yetishtirish ham keskin ko‘paydi. Jamshid atrofi mustahkam paxsa devor bilan o‘ralgan shahar qurdirdi. Uning saltanatidagi odamlar va hayvonlar mangu yashagan, o‘t-o‘lanlar mutloqo qurib qurib sarg‘aymagan. Go‘yoki u yerdagi odamlar, hayvonlar, o‘simliklar abadiylik baxsh etuvchi ilohiy ne’mat bilan oziqlanishgan. Jamshid saltanatida odamlar jazirama issiq, qahraton sovuq, kasallik, rashk, hasad, keksalik, o‘lim kabi ofatlar nimaligini bilishmagan. Jamshid yovuz devlarni itoat qildirib, odamlarning og‘ir ishlarini ularga bajartirgan. Ammo Jamshid shuncha ezgu ishlarni amalga oshirganiga qaramasdan juda katta xatoga yo‘l qo‘ydi, u o‘z kuch-qudratiga mahliyo bo‘lib, Xudoni unutdi, xalq bilan bamaslahat ish qilmay qo‘ydi. Yer yuzida “oltin davr” shu tarzda barham topdi. Ideal hukmdor ham yolg‘on, aldovga ishongani, halqdan ajralib qolgani, xudoni unutgani tufayli ana shunday fojeaga uchradi. Ammo Jamshidning ezgu ishlari unutilmadi. Ular tasviriy san’at asarlarida, solnomalarda, sharaflandi. Muhammad Sulton “Shohnoma” syujeti asosida ishlagan miniatyurasida Jamshid faoliyatidagi mana shu yorqin jihatni tasvirlagan. Miniatyurada o‘sha davr tasviriy san’at asarlarida an’anaga aylangan manzara – atrofi baland qir-adirlar yastanib yotgan keng o‘tloq va gullarga burkangan daraxtlar ko‘rsatilgan. Maydon o‘rtasida suyanchiqlari baland taxt ustida temuriy sultonlarga hos libos va boshiga toj kiygan yosh hukmdor turibdi. O‘sha davrda hukmdorlarni xuddi shunday tasvirlash an’ana sanalgan. Hukmdor qarshisida to‘g‘ri burchakli temir parchasiga ishlov berayotgan temirchiga qo‘llari bilan ishora qilib, nimanidir o‘qtirmoqda. Miniatyuraning quyi qismida taxt oldida bir necha guruh hunarmandlarning turli yumushlarni bajarayotgani ko‘rsatilgan. Chunki “Oltin davr” – Jamshid zamonida qishloq xo‘jalik ishlari, g‘allachilik, chorvachilik, tibbiyot, temirchilik, turli asbob-uskunalarni tayyorlash yuksak darajada rivoj topgan. Shundan kelib chiqib, miniatyurada ikkita erkakningtemirlarni bolg‘alab ishlov berayotgani, bir kampirning g‘altak aylantirib, ip yigirayotgani, to‘quv dastgohi yonida tik turgan bir erkakning quloch-quloch oq mato to‘qib qo‘ygani, miniatyura markazida bir yigitning o‘choq oldida turib, bosqon bosayotgani, uchta o‘smirning yana nimadir yumush bilan band ekanligi alohida lavha sifatida tasvirlangan. Yerda hali tayyor bo‘lmagan egar, uning yonida turli uskunalar turibdi. Boshlariga salla o‘ragan to‘rt yigit ikkitadan bo‘lib, u taxt yonidan kursida o‘tirishibdi. Beshinchi yigit esa musavvir yashagan zamonga mos kiyingan bo‘lib, u taxt yonidagi kursida o‘tiribdi. Ularning barchasi bo‘layotgan ishlarni kuzatib, qizg‘in bahslashib turishibdi. Ikkita katta yoshli erkak Jamshidning mulohazalarini ma’kullayotganday bosh tebratishmoqda. Hunarmandlarning barchasi boshlariga uchli qalpoqlar kiyishgan. Musavvir miniatyurada syujetga islom dini nuqtai nazaridan yondoshgan; u erkaklarning boshlariga oq salla o‘ragan, to‘quvchi ayollarni esa oq ko‘ylakda, boshlarini o‘ragan ro‘mollarini yelkasidan oshirib tashlagan holda tasvirlagan. Zardushtiylik davrida barcha kasb-hunarlar rivojlangan. “Avesto”da ham hamma faol mehnat bilan shug‘ullanishi zarurligi ta’kidlanadi. Shu boisdan musavvir ham Jamshid zamonidagi ana shu holatni aks ettirishga alohida e’tibor bergan. Go‘yoki Jamshid o‘z shonu shavkatidan va saltanatidan mag‘rurlanib ketib, xudolik davosini qilgan emish. Oqibatda Arabiston yarim orolidan, ehtimol yamandagi od qavmidan Zahhok ismli bir hukmdor bostirib kelib, Eronni Jamshiddan tortib olgan ekan. Shu bilan Jamshid afsonasi nihoyasiga yetadi. Dostonga ishlangan miniatyuralar haqida taniqli san’atshunos Zuhra Ibragimova quyidagilarni yozadi; “Boysunqur Mirzo saroyi kutubxonasi hattot, musavvirlari ijodida 1430 yilda Firdavsiyning “Shohnoma”siga ishlangan miniatyuralar turkumi ham alohida o‘rin tutadi. Tehrondagi Guliston saroyida saqlanadigan ushbu asar birinchi sahifasidan oxirgi betigacha kitobot san’atining noyob namunasidir. Uni hattot Mir Jafar Tabriziy Boysunquriy ko‘chirgan. Kitob muqovasining nafisligi, safifalaridagi yozuvi, rasmlari, naqshlari va albatta, miniatyuralarining beqiyos go‘zalligi bilan kishini hayratga soladi. Kitobat san’atining bu nodir namunasi keyinchalik hattotlar, musavvirlar, muqovasozlar uchun ibrat namunasiga aylandi.

Qadimiy qo‘lyozma shoxning ov qilishi tasvirlangan ikki betli frontispik (kitobning birinchi betidan oldingi betdagi yoki birinchi bet matni yuqorisidagi surat) bilan ochiladi. Ushbu qo‘lyozmani bezatishda dostonning eng muhim o‘rinlari miniatyuralar uchun mavzu qilib olingan. Ya’ni hukmdorlarning ov qilishi, saroydagi bazm ziyofati (Kaykavus, Kayxusrav, Isfandiyor, Anushirvon), pahlavonlarning yakkama-yakka olishuvi, bahodirlarning jangdagi jasurligi (Rustam, Zol), lirik sahnalar (Zol, Rudoba) chizilgan. Suratlarda hayvon, odam, daraxt, o‘simliklar, turli narsa-buyumlar, personajlar turgan makon manzarasi, xususan tog‘ qoyalari ko‘rinishi, daraxt yaproqlari, maysalar nafis chizgilar orqali juda jonli chizib berilgan. Qizg‘ish, kulrang, pistoqi (bargikaram) ranglarni o‘zaro uyg‘unlashtirish orqali diqqatni birdanigajalb etadigan manzara yaratilgan” (Zuhra Rahimova, XU asr birinchi yarmida ilk xirot miniatyurasi. San’at jurnali 2010 yil №4. 7-10 betlar).

Dostonda 


Download 42,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish