Elektron hukumat joriy etishning Baxrayn tajribasi.
Bahrayn podshohligi Milliy majlisi Deputatlar palatasi Raisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi delegatsiyasining Madrid shahrida boʻlib oʻtayotgan Parlamentlararo Ittifoq (PI) 143-Assambleyasidagi ishtiroki doirasida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayevaning Bahrayn podshohligi Milliy majlisi Deputatlar palatasi raisi Fauziya Abdulla Zeynal bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Tomonlar Oʻzbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida boshlangan islohotlar natijasida rivojlanayotgan ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.
Xususan, Bahrayn podshohligi Milliy majlisi Deputatlar palatasi Raisi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli shu jumladan, gender tenglik, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi.
Fauziya Abdulla Zeynal, shuningdek, Bahrayn va Oʻzbekiston oʻrtasida turli sohalar, jumladan, parlamentlararo hamkorlik muhimligiga urgʻu berib, bu ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichiga olib chiqishga xizmat qilishini taʼkidladi.
Fauziya Abdulla Zeynal Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisini Bahraynga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif qildi.
Shuningdek, u 2022-yilda boʻlib oʻtadigan Spiker ayollar forumida ishtirok etish taklifini qabul qildi.
Uchrashuv chogʻida ikki mamlakat parlamentlari oʻrtasidagi hamkorlik istiqbollari ham muhokama qilindi.
Tomonlar munosabatlarni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
O‘zbekiston Respublikasi bilan Bahrayn Davlati o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida 1992-yil 29-maydagi Protokolga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Bahrayn Davlatining Manama shahrida O‘zbekiston Respublikasi Konsulligi ta’sis etilsin.
2. Konsullikning shtat jadvali va 1997-yil uchun xarajatlar smetasi 1 va 2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
* 2-ilova berilmaydi.
1997-yil uchun Konsullik xodimlari soni 3 nafardan iborat etib belgilansin, ulardan: 2 kishi - diplomatik tarkib xodimlari, 1 kishi - ma’muriy-texnik xodim.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi shtatning butlanishiga qarab xarajatlar smetasiga muvofiq 1997-yil uchun zarur mablag‘lar ajratsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi shtat jadvaliga muvofiq Konsullikning diplomatik xodimlari tarkibini butlash uchun nomzodlar yuzasidan bir oy muddatda taklif kiritsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |