Mavzu: She’r vaznlari tasnifi



Download 26,78 Kb.
bet1/3
Sana27.01.2022
Hajmi26,78 Kb.
#412469
  1   2   3
Bog'liq
Kurs ishi


Mavzu: She’r vaznlari tasnifi.
Reja:



  1. Kirish. She’r vaznlari tasnifi.

  2. Asosiy qism:

  1. Aruz – she’r tizimi.

  2. Barmoq vazni.

  3. Sarbast she’r

  1. Xulosa.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

Ohang jihatidan ma’lum bir tartibga solingan his-tuyg‘u ifodasi sifatida yaratilgan hissiy nutq she’r deyiladi. She’r arabcha shuur so‘zidan olingan bo‘lib, uning asosida insonning ichki kechinmalari yotadi. Demak, she’r shoirning voqelikdan ta’sirlanishi natijasi bo‘lib, uning qalb qo‘ridan o‘tgan, o‘zgacha jilo topib shakllangan fikr va tuyg‘ularidir. Chunki she’rni “…na aytib berish van a izoh qilish mumkin; lekin uni shoir qalamidan qanday chiqqan bo‘lsa, xuddi shunday o‘qib berish bilan ikkinchi odamda ta’sir qoldirish mumkin”.1

Bu haqda Abdulla Qahhor “Poeziya yuksak san’atdir” nomli maqolasida shunday yozadi: “She’r – fikr ekstrakti bo‘lishi jihatidan – hikmat, ko‘ngilga yo‘l topishi, undan o‘ziga hamohang sado chiqarishi jihatidan – musiqa. She’r – oshiqning ohi, musibat – diydaning ko‘z yoshi, saodat va surur ifodasi bo‘lgan qahqaha tovushi. She’r – ma’sum go‘dak, riyoni bilmaydi. Riyo bo‘lgan yerda she’r yo‘q. She’r – bir mo‘jiza. Uning mo‘jizalik sirlaridan xabardor bo‘lish, bu sirlarni jilovlash har kimga ham muyassar bo‘lavermaydi. Bunga erishish uchun zehn, sabr va mehnatdan boshqa yana nimadir kerak”.2

Buyuk rus tanqidchisi N.A.Dobrolyubov she’r uchun uch xususiyat: ezgulik, go‘zallik, donolik shart bo‘lishini ta’kidlagan edi.3 Nutqning she’r bo‘lishi uchun she’riy mazmun va she’riy shakl zarur. She’r tuzilishining asosini ritmik o‘lchov – hijo (bo‘g‘in) tashkil etadi.

Misralardagi bo‘g‘inlarning, turoqlanish tartibining muayyan o‘lchovga solinishi – vazndir. “Vazn nutqni o‘lchaydi, guruhlaydi va unga muayyan tartib kiritadi. V. V. Kojinov uni karkas (sinch), she’r tanasining skeliti deb atagan edi. Skeletsiz odam bo‘lmagani singari vaznsiz poeziya yo‘q. Vazn sxema, u passivdir; vazn har yili yaratilavermaydi. Mahmudali Yunusov “tez-tez o‘zgarib turadigan hodisa … emas”, degan edi. Xondamir: “Vaznli va qofiyali so‘z toza va porloq gavhardir”4 degan edi”

Demak, vazn o‘z holicha, alohida yashamaydi. U ham g‘oyaviy-estetik mazmunni yuzaga chiqarish uchun ishlaganda, ya’ni so‘zlarni, bo‘g‘in va turoqlarni o‘lchovga solgandagina “tiriladi”, zarur vositaga aylanadi, she’riyatning qonuniyatini yuzaga chiqaradi.5 Shakliga ko‘ra she’rning aruz, barmoq, erkin(sarbast), nasriy she’r kabi ko‘plab vaznlari mavjud.

O‘zbek mumtoz she’riyatini asosan aruz vaznida yozilgan she’rlar tashkil etadi. Aruz vazni hijolarning cho‘ziq va qisqaligiga asoslanadi. Misra va baytlarda cho‘ziq va qisqa hijolarning o‘zaro mutanosib ravishda takrorlanib kelishi o‘ziga xos musiqiylikni ta’minlaydi. Shuning uchun ham aruz vaznida yozilgan she’rlar (g‘azal, masnaviy, ruboiy, murabba, muxammas, musaddas va hakazo)da ohangdorlik juda kuchli bo‘ladi.

Barmoq vaznidagi she’rlar hijolarning cho‘ziq va qisqaligiga emas, balki bo‘g‘inlarning miqdoriga asoslanadi. Shunga ko‘ra barmoq vaznida yozilgan she’rning misrasi besh, olti, yetti, sakkiz, to‘qqiz va undan ortiq bo‘g‘inlardan tashkil topishi mumkin. Bundan tashqasi she’rda misralarning o‘zi ichki bo‘linishlari asosida o‘ziga xos ohangdorlikni tashkil etishi turoq deyiladi.

Oq she’rda vazn saqlansa-da, biroq qofiyalar bo‘lmaydi, ya’ni uning o‘rni oq qoladi. Shuning uchun ham bunday she’rlar “oq she’r” deyiladi. Qofiya talab etilmagani uchun ham oq she’rda shoirning imkoniyatlari ancha keng bo‘ladi, ya’ni o‘z fikrlarini erkin ifodalay oladi. M. Shayxzodaning “Mirzo Ulug‘bek” tragediyasi, Safoklning “Shoh Edip”, V. Sheksperning “Otello”, “Gamlet”, “Qirol Lir”, “Romeo va Julyetta” kabi asarlarning tarjimalari oq she’rning ajoyib namunalaridir.

She’rning erkin (sarbast) she’r degan shalki ham mavjud bo‘lib, bunda misradagi hijolar miqdori, ularning cho‘ziq va qisqaligi hech qanday ahamiyat kasb etmaydi. Erkin she’r “verlibr” (fransuzcha vers-she’r, libres-erkin so‘zlaridan) degan xalqaro atama bilan ham yuritiladi. Bunda misralarning turlicha turoqlanishi, qofiyalanishidagi erkinlik shoirga o‘z fikrini izchil ifodalash imkonini beradi. Erkin she’rda ohangdorlik va ifodalilik talabi, she’r g‘oyasi va shoir maqsadini ochib beruvchi har bir so‘z ijodkor xohlagan tartibda alohida satrlarga chiqarilishi mumkin. Cho‘lpon, H. Olimjon, G‘. G‘ulom, M. Shayxzoda, Usmon Nosir, Mirtemir kabi shoirlar ijodida erkin she’rning ajoyib namunalari uchraydi.

Nasriy she’rda ham she’rga ham nasrga xos xususiyatlar mavjud bo‘ladi. Nasriy she’rning asosiy belgilari; a) ma’lum vaznga va izchil qofiyaga ega emasligida; b) ramziy tasvir uslubining ustunligi va fikriy umumlashmaning kuchliligida; d) his-hayajonning balandligi va ritorik qaytariqlarning ko‘pligida; e) o‘ziga xos ritmik tuzilishi va pauzalarning ko‘pligida namayon bo‘ladi. Nasriy she’r nasrdagi nazm, Mansur she’rlar, mansuralar, sochmalar deb ham atalishi ham mumkin. Nasriy she’rlar Fitrat, Oybek, Mirtemir, Omon Muxtor, Omon Matjon, Ibrohim G‘ofurov kabi shoirlar ijodida ko‘plab uchraydi.

Aruz murakkab she’riy tizim.6 Uning nazariy asoslarini o‘rganishni dastlab arab olimi Xalil ibn Ahmad binni Umar binni Tamim-ul Basriy(hijriy174, milodiy 790-791-yilda tug‘ulgan) boshlab bergan. Aruz shu olim yashagan vohaning nomidir. Bayt arabcha so‘z bo‘lib, “uy” degan ma’noni bildiradi. Bayt – sharq she’riyatidagi ikki misrali band turi. Lekin har qanday ikki misra she’rning bayti bo‘lolmaydi. Bayt ritm-intonatsiya va mazmun jihatidan nisbiy mustaqillik kasb etishi, ya’ni band maqomiga ega bo‘lishi kerak. Shu bois bayt atamasi g‘azal, qat’a, qasida janrlariga nisbatan ishlatish, Sharq she’riyatidagi boshqa janrlarning ikki misrali bandlariga nisbatan esa “masnaviy” atamasini qo‘llash maqsadga muvofiqdir.

Aruz vaznida rukn hodisasi bor. Rukn misralardagi bo‘g‘inlarning guruhlanib kelishidir. Aruz vaznida o‘n to‘qqizta bahrni hosil qiluvchi sakkizta asosiy rukn mavjud. Ular: faulun, foilun, mafoiylun, foilotun, mustaf’ilun, maf’ulotu, mutafilun, mafoilatundir. Bu sakkiz rukn o‘z paradigma (chizma)siga ham ega.

Aruzda misralarda ruknning ma’lum tartibda takrorlanishidan bahr paydo bo‘ladi. Aruz she’r tizimida sakkizta asosiy running muayyan tartib bilan takrorlanishidan o‘n to‘qqizta asosiy bahr vujudga keldi. Bular: hazaj, rajaz, ramal, vofir, komil, mutaqorib, mutadorik, sare’, munsarih, hafif, muzori’, mujtas, muqtazab, tavil, madid, basit, jaded, qarib, mushokil.

O‘zbek mumtoz she’riyatida ramal, hazaj, rajaz, mutaqorib, ayniqsa, keng qo‘llaniladi. Alisher Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy” devonidagi 2600 g‘azalning 1400 dan ko‘prog‘i ramal bahrida (ramali musammani maqsur yoki mahzufda) yozilgan.7 Vofir bahri talablari o‘zbek tili xususiyatlariga to‘g‘ri kelmagani uchun o‘zbek shoirlari bu bahrda she’r yozishmagan.

Turkiy xalqlarning umumiy mulki bo‘lgan “Qutadg‘u bilig” (XI asr)ning asosiy she’riy qismi aruzda yaratilgan. Shu asardan boshlab aruz turkiy xalqlarning yozma adabiyotida hukmron bo‘lib qoladi. Aslida bu she’riy tizim turkiy xalqlar adabiyotida bundan ko‘p ilgariyoq ma’lum edi: uzoq vaqtgacha Xuroson va Movarounnahrda yozma adabiyotning she’riy asarlari avval arab, keyin fors tilida aruzda yaratildi va bu tillardagi ijodkorlar qatorida turkiy xalqlarning vakillari ham bor edi. Aruz XX asrning boshigacha o‘zbek she’riyatida qo‘llaniladigan birdan-bir tizim edi.8

Hozirgi o‘zbek she’riyatining yetakchi she’r tizimi – barmoq vazni bo‘lib, misralardagi bo‘g‘inlar sonining tengligiga asoslanadi. A. Fitrat barmoq vaznini milliy vazn deb atarkan, shunday yozadi: “Milliy vaznimizda asos so‘z bo‘g‘inlarining sanog‘idir. Bir baytning birinchi misrasida necha bo‘g‘in bo‘lsa, ikkinchi misrasida ham shuncha bo‘g‘in bo‘ladi. Bo‘g‘inlarning harflar soniga ahamiyat berilmaydir ”, - deb yozadi. Fitratning barmoqni “milliy vazn” deb atashiga asos shuki, barmoq tizimi o‘zbek tili tabiatiga, uning tovush xususiyatlariga muvofiq keladi. Shu bois ham o‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalari asosan barmoqda yaratilgan. Keyinroq, arab istilosidan keyin yozma adabiyotda aruz qaror topgan bo‘lsa-da, xalq og‘zaki ijodining asosiy she’r tizimi barmoq bo‘lib qolaverdi. Bu birinchi galda, barmoqning o‘zbek tili xususiyatlariga to‘la muvofiqligi bilan izohlanadi. XX asr boshlaridan, jadid shoirlari Cho‘lpon, Fitrat, Hmazalarning ijodi bilan she’riyatimizda yana barmoqning yetakchilik davri boshlandi. O‘zbek adabiyotshunosligida barmoq tizimidagi vaznlarning soda va qo‘shma turlari ajratiladi.9

Barmoq vazni turkiy til xususiyatiga asoslangan she’r tizimidir. Mahmud Koshg‘ariyning “Devoni lug‘atit-turk” asaridagi to‘rtliklar, xalq qo‘shiqlari barmoq vazniga mansub bo‘lib, ular, asosan, yeti bo‘g‘indan tuzilgan, 4+3 shaklida turoqlangan, a-a-a-b tarzida qofiyalangan. O‘zbek xalq dostonlari, masalan, “Alpomish” dostonidagi she’rlar ham, shuningdek, maqollar, hikmatli so‘zlar ham barmoq vazniga mansubdir.10

Turoq. Barmoq tizimida bo‘g‘inlarning muayyan guruhlarga ajrashi oqibatida paydo bo‘ladigan ritmik bo‘lak “turoq” deb yuritiladi. O‘z vazifasiga ko‘ra barmoqdagi turoq aruzdagi “rukn”ga yaqin turadi. Turoqlar she’rdagi turkumni vujudga keltiradi. Yuzakiroq qaraganda, turoq va turkum bir-biriga o‘xshab ketadi, ammo ular aynan bir narsa emas. Agar misradagi bo‘g‘inlar guruhlarga ajralib turoqlarni vujudga keltirsa, misra yoki baytda turoqlarning miqdori va uyushuv tartibidan turkum yaratiladi.11

Barmoq tizimidagi vaznlar tuzilishiga ko‘ra quyidagi tiplarga bo‘linadi: sodda va qo‘shma vazn. Sodda vaznda yozilgan she’rdagi misralar misralarning umumiy miqdori jihatidan bir-biriga teng bo‘ladi. Sodda vazn, turoqlanish tartibidan qat’i nazar, bir turkum doirasidan chetga chiqmaydi. Muayyan bir turkumgagina asoslangan turoqlar tartibi sodda vazn deb yuritiladi. O‘zbek poeziyasida sodda vaznlar 2 turoqdan 6 turoqqacha (ba’zan bundan ham ortiq) bo‘lishi mumkin.

Novdalarni / bezab g‘unchalar,


Download 26,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish