Tormoq topologiyasi- tarmoqdagi mashinalarning fizikkonfiguratsiyasi
Marshurzattsiya -tarmoqda joylashgan ob’ektlar (komptyuterlar) gacha bo’lgan optimal yo’lni aniklash jarayoni.
Paket (dtaagraamma )- birlashtirilgan va bir vaqtda jo’natiladigan ma’lumotlar (xamma kommunikatsiya tarmoqlari ma’lumotlarni katta bo’lmagan qismlar - paketlar yoki datagrammalar orqali yuboradi).
Tarmoq strukturasi.
Hozirda informatsion oqimni ortib borishi kompbyuterlarni qo’llashda ko’pgina foydalanuvchilar uchun yagona axborot makonini ta’riflovchi tarmoqlarni tashkil etishni taqozo qiladi. Buni butun dunyo kompbyuter tarmog’i hisoblanmish Internet misolida yaqqol ko’rish mumkin.
Uzatish kanallari orqali o’zaro bog’langan kompbyuterlar majmuiga kompbyuter tarmog’i deyiladi. Bundan foydalanuvchilarni axborot almashuvi vositasi va apparat, dastur hamda axborot tarmog’i resurslaridan jamoa bo’lib foydalanishni ta’minlaydi.
Komptyuterlarni tarmoqqa birlashishi qimmatbaxo asbob uskunalar - katta hajmli disk, printerlar, asosiysi xotiradan birgalikda foydalanish, umumiy dasturiy vositaga va ma’lumotga ega bo’lish imkonini beradi. Global tarmoqlar tufayli olisdagi komptyuterlarni apparat resurslaridan foydalanish mumkin bunday tarmoqlar millionlab kishilarni qamrab olib axborot tarqatish va qabul qilish jarayoni butunlay o’zgartirib yubordi, xizmat ko’rsatish tarmog’ining keng tarqalgan turi - elektron pochta orqali axborot almashuvini amalga oshirishdir. Tarmoqning asosiy vazifasi foydalanuvchining taqsimlangan umumtarmoq resurslariga oddiy, qulay va ishonchli kirishni ta’minlash va ruxsat berilmagan kirishdan ishonchli himoyalangan holda axborotdan jamoa bo’lib foydalanishni tashkil etish. SHuningdek, foydalanuvchilar tarmoqlari o’rtasida
ma’lumotlarni uzatishnining qulay va ishonchli vositasini ta’minlash. Umumiy axborotlashgan davrida katta hajmdagi axborotlar lokal va global komptyuter tarmoqlarida saqlanadi, qayta ishlanadi va uzatiladi. Lokal tarmoqlarda foydalanuvchilar ishlashi uchun ma’lumot-larning umumiy ba’zasi tashkil etiladi. Global tarmoqlarda yagona ilmiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy axborot makoni shakllantiriladi.
Ma’lumotlar ba’zasiga uzoq masofadan turib kirishda, umumiy ma’lumotlarni
markazlashtirishda, ma’lumotlarni ma’lum masofaga uzatishda va ularni taqsimlab qayta ishlash borasida ko’pgina vazifalar mavjud. Bo’larga bir qancha misolar keltirish mumkin: Bank va boshqa moliyaviy tuzilmalar; bozorning ahvolini aks ettiruvchi tijorat tizimi ("talab-taklif"); ijtimoiy ta’minot tizimi; soliq xizmati; orliq masofadan turib komptyuter ta’limi. Ko’rsatilgan ushbu barcha qo’shimcha ma’lumotlarni to’planishi, saqlanishi va undan foydalana olish (kirish) noto’g’ri ma’lumotlar bo’lishidan va ruxsat berilmagan kirishdan himoyalongan bo’lishi kerak. Ilmiy, xizmat, ta’lim, ijtimoiy va ma’daniy hayot sohasidan tashqari global tarmoq millionlab kishilar uchun yangi xil dam olish mashg’ulotini yaratdi. Tarmoq kundalik ishni va turli sohadagi kishilarning dam olishini tashkil etish quroliga aylandi.
Komptyuter tarmoqlarini ko’pgina belgilar, xususan hududiy taqsimlanishi jihatidan tasniflash mumkin bunga ko’ra global, mintaqaviy va lokal (mahalliy) tarmoqlar farqlanadi.
Global tarmoqlar butun dunyo bo’yicha tarmoqlardan foydalanuvchi-larni qamrab oladi va ko’pincha bir-biridan 10 - 15 ming kilometr uzoqlikdagi EHM va aloqa tarmoqlari uzellarini birlashtiruvchi yo’ldosh orqali aloqa kanallaridan foydalaniladi.
Mintaqaviy tarmoqlar uncha katta bo’lmagan mamlakat shaharlari, viloyatlaridagi foydalanuvchilarni birlashtiradi. Aloqa kanali sifatida ko’pincha telefon tarmoqlaridan foydalaniladi. Tarmoq uzellari orasidagi masofa 10 - 1000 kilometrni tashkil qiladi.
EHM lokal tarmoqlari bir korxona, muassasaning bir yoki bir qancha yaqin binolardagi abonentlarni bog’laydi. Lokal tarmoqlar juda keng tarqalgan. CHunki 80 - 90% axborot o’sha tarmoq atrofida aylanib yuradi. Lokal tarmoqlari har qanday tuzilmaga ega bo’lishi mumkin. Lekin lokal tarmoqlardagi komptyuterlar yuqori tezlikka ega yagona axborot uzatish kanali bilan bog’langan bo’ladi. Barcha komptyuterlar uchun yagona tezkor axborot uzatish kanalining bo’lishi - lokal tarmoqning ajralib turuvchi xususiyati. Optik kanalda yorug’lik o’tkazgich inson sochi tolasi qalinligida yasalgan. U o’ta tezkor, ishonchli va qimmat turadigan kabel hisoblanadi.
Lokal tarmoqda EHMlar orasidagi masofa uncha katta emas - 10 km. gacha, radiokanal aloqasidan foydalanilsa - 20 km. Lokal tarmoqlarda kanallar tashkilot mulki hisoblanadi vaulardan foydalanishni osonlashtiradi.
K
Do'stlaringiz bilan baham: |