Tafakkur muammolari uzoq vaqtgacha o’zining murakkabligi bilan psixologlar nazaridan chetda bo’lgan, u asosan faylasuflar va mantiqshunoslar fikr yuritadigan masala hisoblangan.
Psixologiya ilmining otaxoni hisoblanmish nemis olimi Vilgelm Vundt ham psixologiyani ikkiga: fiziologik psixologiya (eksperimental yo’l bilan bilish jarayonlarini o’rganuvchi fan) va xalqlar psixologiyasi qismlariga bo’lib, oxirgisining tarkibiga nutq va tafakkur psixologiyasini ham kiritgan. Uni eksperimental tarzda o’rganib bo’lmaydi, ularni tushuntirish mumkin xolos, deb hisoblagan.
Bu xulosalar aslida tafakkur va fikrlash jarayonlarining naqadar murakkab tabiatga ega ekanligidan dalolat beradi. Lekin shunday bo’lsa ham buni alohida ravishda quyidagicha ta’kidlash joiz-ki:
birinchidan, tafakkur va fikrlash jarayonlari – bu bilish jarayonlari;
ikkinchidan, ular ham shaxs tomonidan borliqni aks ettirish shakli, umumlashtirib, bilvosita aks ettirish shakli;
uchinchidan, bu jarayonlar ham eksperimental psixologiya tomonidan o’rganiladi;
to’rtinchidan, tafakkur bilishning eng oliy va yuqori darajadagi shaklidir.
Tafakkurning oliyligi va murakkabligi shundaki, u idrokdan farqli, bevosita aks ettirish bo’lmay, narsalar va ularning xossalarini ular yo’q paytda ham aks ettirishga imkon beradi. Masalan, Afrikaning subtropik hududlari to’g’risida gap ketganda, umrida biror marta Afrikaga bormagan odam ham subtropiklik xossasini bilgani uchun ham ushbu axborotni tushunib, uni qabul qila oladi. Sinov paytida talaba kecha o’qigan, laboratoriya sharoitida sinab ko’rgan qonuniyatlar xususida xuddi ro’parasida namoyon bo’layotganday, obrazli qilib gapirib berishi, ro’y bergan hodisalarni yana formulalar va statistik hisob-kitoblar vositasida isbot qilib berishi ham mumkin. Bu operasiyalarning asosida tafakkur jarayonlari yotadi.
Tafakkur qilishimizni ta’minlovchi organ – bu bizning miyamiz. Barcha hisob-kitob ishlari – eng elementar harakatlarni rejalashtirishdan tortib, murakkab mavhum teoremalarni isbot qilishga qaratilgan operasiyalar miyada sodir bo’ladi. Shuning uchun ham juda charchab turgan paytda odamdan biror qiyinroq masala xususida fikr bildirishini so’rasangiz, “hozir boshim og’rib turibdi, juda charchaganman, biroz o’zimga kelay, keyin fikrlashamiz”, deb javob beradi. Demak, miya faoliyati bilan fikrlash faoliyati o’zaro uzviy bog’liq ekan. Miyamizning fikrlash qobiliyati va imkoniyatlari shunchalik salmoqliki, ayrim olimlarning fikricha, uning ishlash qonunlari hozir biz ishlatayotgan kompyuterlar emas, yana 100-200 yillardan keyin paydo bo’ladigan murakkab, o’ta “aqlli” kompyuterlar faoliyatiga yaqin ekan.
Boshimizga kelgan barcha o’y-xayollar – bu fikrlardir. Normal insonni fikrsiz tasavvur qilib bo’lmaydi, har on, har daqiqada odam miyasi qandaydir fikrlar bilan band bo’ladi. Ularni tartibga solish, keragiga diqqatni qaratish, ichki yoki tashqi nutq vositasida uni yechish – fikrlash jarayonidir.
Fikrlash jarayoni aslida ma’lum bir masala, muammo, jumboqni hal qilish kerak bo’lganda paydo bo’ladi. Fikrlash doimo bir narsa xususida bir nechta yechimni berishi shart, yechimlar juda ko’payib ketsa, u boshqa jarayonga – xayol, fantaziyaga aylanib ketishi mumkin. Fikr, g’oya, aniq yechim bo’lmaganda, inson miyasining borliqdagi narsa va hodisalar mohiyatini aks ettirishi xayol deb ataladi. Shuning uchun ham do’stlar davrasida ba’zan muammo xususida tortishuv bo’lib qolganda, aniq bilimi yoki g’oyasi yo’qligi tufayli kallasiga kelgan narsani aytgan bolaga qarab: “Juda olib qochishga ustasan-da, xayolparast”, deyishadi.
Ko’rgazmali-harakat tafakkuri amaliy tafakkurga mohiyatan yaqin bo’lib, uning xususiyati shundaki, u ham odamning real predmetlar xususiyatlarini o’rganish, ko’z bilan ko’rib, bevosita his qilish paytidagi fikrlash jarayonini nazarda tutadi.
Ko’rgazmali-obrazli tafakkur esa ko’rgan-kechirgan narsalar va hodisalarning konkret obrazlari ko’z oldimizda gavdalangan chog’da ularning mohiyatini umumlashtirib, bilvosita aks ettirishimizdir.
TAFAKKUR TURLARI
KO’RGAZMALI OBRAZLI
KO’RGAZMALI-HARAKAT
MANTIQIY
TAYYORLADI: QILICHBOYEV MIRKOMIL & ODILOV OHUNJON E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |