Mavzu: Shaxs ma’na- viyatini rivojlanti- rish omillari va vositalari


Shaxs maʼnaviyatini shaqllantirishda ota-ona va oilaning, mahallaning masʼuliyati



Download 4,28 Mb.
bet2/2
Sana18.04.2022
Hajmi4,28 Mb.
#560804
1   2
Bog'liq
Shaxs ma’na- viyatini rivojlanti- rish omillari va vositalari

2. Shaxs maʼnaviyatini shaqllantirishda ota-ona va oilaning, mahallaning masʼuliyati


Shaxs maʼnaviyatini rivojlantirishning omillari va vositalari koʻp. Shulardan biri farzandning ota-onaga va ota-onaning farzandga bo`lgan munosabati masalasidir.
Oʻzbek xalqining eng qadimiy davrlardan boshlab, Hozirga kadar davom etib kelayotgan, oʻz axamiyatini xech kachon yukotmaydigan ajoyib qadriyatlaridan biri — ota-onani farzandlar tomonidan yuksak darajada eʼzozlash, izzat-ikromini, xurmatini joyiga kuyishdan iboratdir. Farzand uchun dunyoda ota-onadan kura mexribon, aziz va mutabar zot yuk. Ota-ona farzandlarning suyanchigi, bitmas-tuganmas boyligidir.
Ota-ona oʻz farzandidan xech narsani ayamaydi. Ularning tabiat ato etgan buyukliklari xam ana shunda. Oʻzbek xalqi odob-axloqi buyicha, keksalarning, ota-onaning oldidan salom bermasdan utish gunox hisoblanadi. Ota-onani qadrlash, ularning beo`lchov, beminnat xizmatiga bir umr sodik bo`lish, duolarini olish — bolalarning farzandlik burchidir. Bu milliy qadriyatlarimizning eng muxim talablaridan biridir.
Mustaqil Oʻzbekiston Respublikasining Asosiy qonuni
— Konstitutsiyada farzandlarning jamiyat, oila, ota-onalari oldidagi insoniy burchlari va masʼuliyatlari nimalardan iboratligi milliy Qadriyaglarimizdagi asosiy g`oya va koidalarga asoslanib belgilab berilgan. Uning 66-moddasida kayd qilinishicha, voyaga etgan, mexnatga layokatli farzandlar oʻz ota-onalari xaqida gamxurlik qilishga majburdirlar.
Eng qadimgi odatimizga kura, oʻzbek oilasi xam tuydan boshlanadi. Xalqimiz saxovatli xalq- topganini el-yurt oldiga kuysam, deydi. Xalqimizni tuysevarlikda ayblab bo`lmaydi. Agar ayblasak, oʻz-oʻzimizni kamsitgan bo`lamiz. Tuy va maʼrakalarimizga o`rinsiz tosh otish insofdan emas. Lekin tuy baxona soxta obru olishga intilish, kimosharga isrofgarchilikka yo`l kuyishni oqlab bo`lmaydi. To`y va maʼrakalarda musobaqa emas, xayr-saxovat va maʼnaviyat qadriyatlarini mustahkamlash ustuvor bo`lgani yaxshi.
3. Islomning shaxs kamolotidagi oʻrni
Mazkur masala yechimi koʻp qirrali. Qo`yilgan masalani xar kim o`z maʼnaviy dunyosi o`lchami bilan o`lchab, shunga yarasha xatti-xarakat qiladi. Insonning chin maʼnodagi insonligi — uning imoni, diyonati, mexr-oqibati, pokligi va xalolligi, kamtarligi va boshqalar bilan o`lchanadi. Buni biz umumiy tarzda insoniylik tushunchasi bilan ifodalashimiz mumkin. Insoniylik esa Faqat imonli insonlardagina buladi. Bu o`rinda hamma kishilar uchun umumiy tarzda tegishli bo`lgan masalalar ustida baxrli qudrat fikr yuritammz.
Hamma dinlarda imonga aloxida eʼtibor beriladi. Imon barcha dinlarning ustuni sanaladi. Chunonchi, zardushtiylik imoni uch tayanchga: niyat — fikrning sofligiga, so`zning sobitligiga, amallarning insoniyligiga suyanadi. Imonli kishi o`grilik va talonchilikdan, o`zgalarning mol-mulkiga ko`z olaytirishdan, birovning xakiga xiyonat qilishdan, boshqacha aytganda, o`zligiga, yaʼni o`z imoniga xavf, zid ish qilishdan o`zini tiya biladigan komil insondir. Imonli odamga Yuqorida kayd etilgan ishlarni kilma, gunox buladi deb targib qilishning xojati yuq
Prezidentimiz SH. Mirziyoyev shunday deydi: “alhamdulilloh, hammamiz musulmonmiz. Biz juda koʻp joylarda jaholatga qarshi maʼrifat, islom dinini oʻrganish, oʻrgatish tashabbusi bilan chiqyapmiz. Islom — bu faqat nurli hayot. Islomni niqob qilib, terrorchi boʻlish, boshqa oqimlarga kirish — bu Oʻzbekistonga yarashmaydi!”. Bugungi kunda maʼnaviy va jismoniy barkamol avlodni tarbiyalab voyaga etkazish biz uchun umummilliy, umumdavlat mikyosidagi kechiktirib bo`lmaydigan vazifa sanaladi. Bu ezgu maqsad yo`lida amalga oshirilayotgan ishlarimizni izchil va katiyatlilik bilan davom ettirish butungi siyosatimizning dikkat markazida turibdi. Haqiqatan xam mustaqillikning dastlabki kunlaridanok, bu masalaga katta va o`zluksiz eʼtibor berib kelinmoqda.
XULOSA
Shaxs ma’naviyatini rivojlantirishning omillari va vositalari kо‘p. О‘zbek xalqining eng qadimiy davrlardan boshlab hozirga qadar davom etib kelayotgan, о‘z ahamiyatini hech qachon yо‘qotmaydigan ajoyib qadriyatlaridan biri – ota-onani yuksak darajada e’zozlash, hurmatini joyiga quyishdan iboratdir. Farzand uchun dunyoda ota-onadan kо‘ra mehribon, aziz va mo`tabar zot yо‘q. Ota-ona farzandlarning suyanchig`i, bitmas-tuganmas boyligidir.
Xullas, har bir farzandning о‘z ota-onasini e’zozlashi farzandlik burchi va jamiyat oldidagi mas’uliyati sanaladi. Ota-onani e’zozlashning quyidagi sharqona talablariga hammamiz amal qilishimiz ham farz, ham qarz, farzandlik burchimizdir.
Adabiyotlar
1. Karimov I. A. Yuksak maʼnaviyat- yengilmas kuch. –T.:“Maʼnaviyat”, 2008.
2. Karimov I. A. Oʻzbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. Asarlar, 1-jild. –T.: “Oʻzbekiston”, 1996.
3. Toʻraqulov E. Rahimov S. Abu Rayhon Beruniy ruhiyat va taʼlim-tarbiya haqida. – T.: Oʻqituvchi, 1992 y
4. Komilov Najmiddin. Tasavvuf yoki komil inson axloqi – Yozuvchi, 1996 y
5. Ibrohimov A. Yorugʻlik, — T.: 2006 y
6. Jalolov A. Serjilo tafakkur durdonalari – T.: 2003 y
7. Imom Ismoil al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad. – T.: 2003 y
8. Qahhorova M. Sogʻlom turmush tarzini shaqllantirishning ilmiy uslubiy asoslari. – T.: 2007 y
9. Forobiy A. Fozil odamlar shahri – T.: 1998 y

E’tiboringiz uchun raxmat


Download 4,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish