Mavzu: Shaxs dinamik sohasining psixologik konsepsiyalari Reja


Shaxs haqida psixologik nazariyalar



Download 36,28 Kb.
bet3/5
Sana13.09.2021
Hajmi36,28 Kb.
#173368
1   2   3   4   5
Bog'liq
3. Shaxs dinamik sohasining psixologik konsepsiyalari

Shaxs haqida psixologik nazariyalar

SHaxs psixologiyasi taraqqiyotini uch davrga ajratish mumkin, bular: falsafiy-adabiyot, klinik va  tajribaviy.

Tadqiqotlarning birinchi davri qadimgi allomalarning ishlari bilan boshlangan bo‘lib, XIX asrning boshlarigacha davom etdi. Falsafiy-adabiyot davrida shaxs psixologiyasining  asosiy muammolari insonning ahloqiy va ijtimoiy tabiati haqidagi masalalardan iborat bo‘ldi. SHaxs haqidagi birinchi ta’riflar etarli darajada  kengroq edi. Ular o‘z ichiga insonda mavjud narsalarni  va  shaxsan o‘ziniki bo‘lgan: uning biologiyasi, psixologiyasi, mol-mulki, hulq-atvori, madaniyati va h.k.larni jamlagan edi.

 XIX asrning birinchi o‘n yilliklarida shaxs psixologiyasi muammolari bilan faylasuflar bilan bir qatorda shifokor-psixiatrlar ham shug‘ullana boshladi. Ular birinchilar qatorida klinika sharoitlarida bemor shaxsi ustidan muntazam ravishda kuzatuvlar olib bordilar, uning hulq-atvorini   yaxshiroq tushunish maqsadida bemor hayoti tarixini o‘rgandilar. Psixiatrlarning diqqat markazida bemor odamda odatda aniqlanadigan shaxs xususiyatlari  bo‘ldi. Keyinchalik ular tomonidan aniqlangan o‘ziga xos xususiyatlar sog‘lom odamlarning deyarli barchasida mavjudligi, lekin ularda kuchsiz holatda, bemorlarda esa o‘ta kuchli tarzda ifodalanishi aniqlandi. Bu, masalan, xavotirlik va rigidlik, zatormojennosti va qo‘zg‘aluvchanlik holatlariga tegishlidir.

SHaxsni aniqlash qirralari shifokor-psixiatrlar tomonidan shunday atamalar bilan belgilangan ediki, ular yordamida ham normal, ham patologik, ham  aksentuirovannuyu shaxsga ta’rif berish mumkin edi. SHunga qaramasdan, ushbu yondoshuv psixologiya nuqtai nazaridan mukammal deb hisoblanmaydi. Bunday  yondoshuvlar normal shaxsni yaxlit holda ta’riflash uchun juda qisqa va etarli emas. Bunday aniqlash turiga turli sharoitlarda aniq ifodalanuvchi, doimo ijobiy, «mutanosib» bo‘lgan shaxs xususiyatlari kiritilmagan edi. Bularga misol qilib, layoqatlar, ahloqiy sifatlar va boshqa shaxs xususiyatlarini keltirish mumkin.

 XX asrning dastlabki o‘n yilliklariga kelibgina, shaxs, ungacha inson holatlari va bilish jarayonlarini tadqiq etish bilan shug‘ullanayotgan psixologlar tomonidan o‘rganila boshladi.  XX asrda psixologiyada tajriba tadqiqotlari jadal olib borilgani uchun, ularga farazlarni aniq  tekshirish va asoslangan faktlarga ega bo‘lish maqsadida ma’lumotlarni matematik-statistika usulida hisoblash qo‘llanildi. SHu asosda, psixologlar uchun uzoq yillar davomida mutanosib shaxsni tadqiq etishning ishonchli va valid test metodlarini ishlab chiqish birinchi navbatdagi vazifa bo‘lib qoldi.

SHaxsga tegishli bo‘lgan nazariyalar va konsepsiyalarni tasniflashga nisbatan yondoshuvlarning turli xillari mavjud. Masalan, R.S. Nemov shaxsga doir nazariyalarning 48 tasini keltiradi, ularning har biri tasniflashga asos bo‘ladigan besh ko‘rsatkich bo‘yicha baholanishi mumkin. Bularga  hulq-atvorni tushuntirib berish usuli; shaxs haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish usuli; shaxsga burchak ostidan qarash; yosh darajalari; shaxsni tasvirlab beruvchi tushunchalar kabi ko‘rsatkichlar kiradi.

Mavjud bo‘lgan shaxs nazariyalarining barchasini hulq-atvorni tushuntirib berish usuli bo‘yicha psixodinamik, ijtimoiydinamik va interaksion nazariyalarga bo‘lish mumkinPsixodinamik nazariyalarga shaxsning ruhiy yoki ichki xususiyatlaridan kelib chiqib, uni ta’riflovchi va  hulq-atvorini tushuntirib beruvchi nazariyalar kiradi. Ijtimoiydinamik nazariyalarning nuqtai nazariga ko‘ra, hulq-atvor determinatsiyasida asosiy o‘rinni tashqi vaziyatlar egallaydi. Interaksion nazariyalar insonning dolzarb faoliyatini boshqarishdagi ichki va tashqi omillarning o‘zaro harakati tamoyiliga asoslangan.

SHaxs haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish usuliga ko‘ra barcha nazariyalarni eksperimental  va noeksperimentallarga bo‘lish mumkin. Eksperimental shaxs nazariyalariga tajriba o‘tkazish yo‘li bilan to‘plangan ma’lumotlarni tahlil qilish va umumlashtirishga asoslangan nazariyalar, noeksperimentallarga esa – mualliflari tajribaga murojaat qilmasdan turib, hayotiy taassurotlarga, kuzatishlar va tajribaga tayangan holda nazariy bilimlarni umumlashtiradigan nazariyalar kiradi.

Navbatdagi nazariyalarni tasniflashga asos bo‘lib xizmat qiladigan nuqtai nazar mualliflarning shaxsni tuzilishga ega bo‘lgan yoki dinamik hosila sifatida tasvirlovchi qarashdir. Tuzilishga ega bo‘lgan nazariyalar qatoriga tushunchalar tizimi yordamida tasvirlanuvchi shaxs tuzilishini aniqlash asosiy muammo bo‘lib hisoblanadigan nazariyalar kiritiladi. Dinamik nazariyalar deb,  asosiy mavzusi shaxs taraqqiyotida qayta tuzish, o‘zgartirish, ya’ni, uning dinamikasiga taalluqli bo‘lgan nazariyalarga aytiladi.

Shuningdek, yosh va pedagogik psixologiyada yuzaga kelgan bir qator shaxs nazariyalari mavjud. Bunday nazariyalar shaxs taraqqiyotining inson tug‘ilganidan boshlab maktabni bitirishigacha bo‘lgan, chegaralangan yosh davrini ko‘rib chiqishga asoslangan. Bundan tashqari, mualliflari o‘z oldilariga shaxs taraqqiyotini insonning butun umri davomida kuzatish vazifasini quygan nazariyalar ham mavjud.

Shaxs nazariyalarini tasniflash uchun asos bo‘ladigan yana bir holat, bu nazariyalardagi shaxsning ichki xossalari, qirralari va sifatlari yoki uning tashqi ifodalanishi, masalan,  hulq-atvori va harakatlariga qaratilgan e’tibordir. Shu asosda qirralar nazariyalarini ajratish mumkin. Nazariyalar ushbu guruhining holatlarga ko‘ra, barcha odamlar bir-biridan  alohida, mustaqil qirralarning rivojlanganligining to‘plami va darajasi bilan farqlanadi, shaxs haqidagi ma’lumotlarni esa, test yoki shaxs qirralarini aniqlash va tasvirlashning boshqa usuli yordamida, masalan, ma’lum insonni kuzatgan turli odamlarning hayotiy kuzatishlarini umumlashtirish asosida olish mumkin. Shaxs qirralariga baho berishning ikkinchi usuli barcha odamlarni tipologik guruhlarga birlashtirishdan iborat. Bunda bir xil tipologik guruhga tegishli bo‘lgan odamlar yaqin psixologik xususiyatlarga ega bo‘ladilar, va ular o‘zlarining hulq-atvori bilan bir-birlariga juda o‘xshash bo‘ladilar.

 r.s.nemov tomonidan ko‘rib chiqilgan shaxs nazariyalarining tasniflaridan tashqari, boshqa tasniflar ham mavjud. Shulardan biri b.v. zeygarnik tomonidan ko‘rib chiqilgan mavjud bo‘lgan shaxs nazariyalarini mazmun-mohiyat va tarixiy tamoyillarda, ularning yuzaga kelishi va taraqqiyoti sharoitlariga bog‘liq holda o‘rganishdir. Bunda nazariyalarning quyidagi guruhlari ajratiladi: freydizm va neofreydizmning shaxs nazariyalari, shaxsning umuminsoniy nazariyalari, ekzistensial psixologiyaning shaxs nazariyalari, fransuz ijtimoiy maktabining shaxs nazariyalari va boshqalar.

Qisqacha asosiy psixologik shaxs nazariyalarini ko‘rib chiqamizAmerikalik ruhshunos g. Ollport va ingliz ruhshunosi r. Kettel tomonidan ishlab chiqilgan shaxs qirralari nazariyasi shular jumlasidandir.

Shaxs qirrasi deganda inson tomonidan hayoti davomida uning tajribasi, irsiyati va organizmining fiziologik xususiyatlari asosida egallanadigan barqaror xossa tushuniladi. Shaxs qirralariga xarakter qirralari kiradi.

G. Ollport tan olgan shaxs qirralarini aniqlash va baholashning usullaridan biri chet tilini o‘rganishga, shaxsni har tomonlama ta’riflash mumkin bo‘lgan so‘z-tushunchani tanlab olishga asoslangan. Tanlab olingan so‘zlarning etarli tarzda qisqartirish yo‘li bilan bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxsiy qirralarning ma’lum odamda ularni keyinchalik baholash maqsadida to‘la ro‘yxati tuziladi. G.ollport shaxsiy qirralarni o‘rganish metodikasini tuzishga xuddi mana shu yo‘l bilan erishdi.

 shaxs qirralarini baholashning r. Kettel tomonidan qo‘llanilgan  boshqa usulida  hozirgi zamon statistikasining murakkab metodi – omil tahlili ishlatiladi, bu metod o‘zini tahlil qilish, so‘rov o‘tkazish, odamlarning hayotiy kuzatishlari natijasida olingan ko‘plab turli ko‘rsatkichlar va shaxsga baho berishni etarlicha kamaytirish  imkonini yaratadi. Natijada statistik jihatdan mustaqil holatdagi inson shaxsining alohida qirralari bo‘lib hisoblanadigan omillar to‘plami hosil bo‘ladi. Ushbu metod yordamida  r. Kettel 16 xil turdagi shaxs qirralarini namoyon qilishga muvaffaq bo‘ldi. Ularning har biri kuchli va kuchsiz rivojlanganlik darajasini anglatuvchi ikkita nomga ega bo‘ldi.  Tajribada aniqlangan qirralar to‘plami asosida r. Kettel 16-omilli shaxs so‘rovnomasini tuzib chiqdi. Bu so‘rovnoma haqida to‘liqroq ma’lumot bilan laboratoriya mashg‘ulotlarida tanishamiz.




Download 36,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish