Mavzu: shashmaqom mogʻulchalari mundarija Kirish I- bob. Shashmaqom – mumtoz musiqamiz asosi



Download 0,8 Mb.
bet4/16
Sana24.11.2022
Hajmi0,8 Mb.
#872125
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
SHASHMAQOM MOGʻULCHALARI

«BUZRUK» iborasi forscha-tojikcha «Buzrug» so`zining o`zgargan shakli bo`lib, «katta», «ulug`» ma’nolarini bildirada. Har holda bu naqom juda ko`p kuy va ashula yo`llarini o`z ichiga olganligi uchun «katta», «ulug` maqom» - deb nomlangan bo`lsa kerak. Buzrukning asosiy qismlari RE – miksolidiy va doriy ladlariga mos keladi. Maqomlar ijrosida yetakchi soz sanalgan tanbur asbobi Buzruk naqomining ijro etilishida kvartaga sozlanadi. Buzrukning, cholg`u va ashula yo`llarini tinglar ekanmiz, I, II, IV, V, VI lad pag`onalari tayanch nuqtalari sifatida alohida ajralib turadi.
Shashmaqom va ularning sho`balari, maqom yo`larini kuy tuzilmalari haqida ko`rgazmali tasavvur hosil qilish uchun, akademik Yu.Rajabiy to`plab notaga olgan olti jildlik «Shashmaqom» kitobiga murojat qilinsin. Kitobning VI jildida so`ng so`z va namudlar jadvali maqom yo`llarini va ashula qismlarini ajratib olib tushunishda yordam beradi.
Buzruk maqomi ham cholg`u (mushkulot) va ashula (mog`ulchalari) bo`limlaridan tashkil topgan. Uning cholg`u bo`limi Tasnifi Buzruk, Tarjei Buzruk, Garduni Buzruk, Muxammasi Buzruk, Muxammasi Mog`ulchalariulloyi, Saqili Islimiy, Saqili Sulton, - deb nomlangan cholg`u asarlaridan iborat.
Tasnif va Tarje’ yo`llarida bir xil doira usuli qo`llaniladi:
Tasnifi Buzruk ohanglari mazkur maqomning bosh mavzui sifatida uning boshqa qismlarida ham namoyon bo`lib turadi va uning ruhiy holati yaqqol sezilib turadi. Ayniqsa Tasnifi Buzrukdagi unsurlar va bozgo`yga o`xshash ohanglar boshqa maqomlarning qismlarida ham uchraydi. Tasnifi Buzrukning hissiy ta’sir kuchi yuksak bo`lib, kishiga umid, ulug`vorlik ko`tarinki ruh baxsh etadi, Tarjei Buzruk esa tantanavor yangraydi. Tarjei Buzrukning peshrav elementlari Mog`ulchalariulloiy, Ajam taronalari, Cho`li Iroq kabi ko`plab kuy va ashulalarda ham foydalanilgan. Buzruk maqomining Gardun yo`li murakkab 8/4-2/4-3/4-3/4 taktli doira usulida ijro etilib, yuksak professional musiqa asari sifatida puxta yaratalgan.
Buzruk maqomining Muxammas va Saqil qismlari uchun xarakterli narsa shuki, ularda xona va bozgo`ylar hajmi bir xildir. Muxammaslarning xona va bozgo`ylari 16 taktli, Saqillarniki esa 24 taktli murakkab doira usuli jo`rligida ijro etiladi. Muxammas va Saqillarda uchraydigan Mog`ulchalariulloyi, Islimxon iboralari bu kuylarni yaratgan bastakorlarning taxallusidir. Bular orasida Islimxon XVI asrda yashab ijod etgan shoir va ulkan bastakor bo`lib, turli maqomlar mavzuida kuy va ashulalar yaratgan edi.
Buzruk maqomining hamma cholg`u qismlari kuy tuzilishi jihatadan mukammad va betakror asarlar bo`lib, ohangdorligi balan kishini maftun etadi. Buzruk maqomining cholg`u va ashula yo`llari yuksak badiiy qiymatga ega.
Buzrukning cholg`u bo`limidagi kuylar birin-ketin ijro etilgandan so`ng sho`balarga o`tiladi. Buzrukning ashula bo`limi birinchi guruh sho`balari taronalari bilan yaxlit holda, turkum tarzida ijro etiladi. Bu sho`’balarning asosiy yo`llari Saraxbori Buzruk, Talqini Uzzol, Mog`ulchalariulloyi, Mog`ulchalarii Uzzol yakunlovchi qismi esa Ufari Uzzol - deb nomlanadi.
Ular orasida Mog`ulchalariulloyi va Mog`ulchalarii Uzzol – Buzrukning «mog`ulchalari» deyilgan sho`’balaridir. Ularning avjlarida asosan, Ushshoq, Uzzol, Muxayyari Chorgoh namudlari, Mog`ulchalariulloyida esa Turk - deb atalgan avjdan foydalanilgan.
Birinchi guruh sho`balari turkum Saraxbori Buzrukdan boshlanadi. U ikki chorak takt o`lchoviga mos doira usuli bilan ijro etiladi. Saraxbori Buzrukka aytiladigan she’r «Muzorei axrabi makfufi mahzuf» - deyilgan vaznda bo`lib, «Mafoilun-foilotun-mafoilun-foilun» tarzida talaffuz etiladi.

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish