Mavzu: sharq mutafakkirlarining ta'lim tarbiya haqidagi fikrlari



Download 1,71 Mb.
Sana22.02.2023
Hajmi1,71 Mb.
#913692
Bog'liq
SHARQ MUTAFAKKIRLARINING TA\'LIM TARBIYA HAQIDAGI FIKRLARI

MAVZU:SHARQ MUTAFAKKIRLARINING TA'LIM TARBIYA HAQIDAGI FIKRLARI


Reja:
 
1. Markaziy Osiyoda ibtidoiy jamoa davridagi bola tarbiyasi.
2. Islom ma'rifat sivilizatsiyasining ta'lim-tarbiyaga ta'siri.
3. Qur'oni Karim va Hadislarda axloq-odob, iymon, oila mustahkamligi, ota-onaga hurmat masalalari.
Tabiatning oliy mahsuli, siymosi inson o’z aql-zakovati bilan o’zini himoya qiladigan mustaqil, erkin qilib yaratilgan. Shuning uchun tabiat hodisalari, jarayonlarini o’rganish ulardan yashash uchun oqilona foydalanish asosida insonlar sеkin-asta madaniylashuvi, ijtimoiylashuvi asosida ma'naviy qadriyatlar shakllana boshlagan, rivojlana boshlagan. Ilk davrlarda ta'lim yoshlarga, ota-onalarning yashash uchun tabiatdan foydalanishi, uy-ro’zqor yuritish, o’zaro va tabiatga munosabat axloqi, odobi sifatida shakllana boshlagan bo’lsa, bilimlar hajmi kеngaya boshlagach, maxsus tarbiyachilarga ehtiyoj tug’ila boshlangan. Ma'lum qabila, elat, millat miqyosidagi ta'lim-tarbiya qoidalari majmuasi kontsеptsiyalarida ko’p hollarda alohida kishilar tomonidan takomillashtirilgan. Shuning uchun ham ta'lim kontsеptsiyalarida ma'lum muallifning nomi bilan bog’lanmaydi.
Alisher Navoiy asarlarida komil inson muammosi markaziy o’rinni egallaydi va o’z orzusidagi komil inson shaxsini asarlarining qahramonlari timsolida gavdalantirishga urinadi. Mutafakkir qarashlarida komil inson quyidagi sifatlarga ega bo’lishi borasidagi g’oya ilgari suriladi: aqlli, axloqli, bilimli, ijodkor,qobiliyatli, dono, kamtar, insonparvar, saqovatli, sabr-qanoatli, adolatli, muruvvatli, sog’lom, jismonan baquvvat, mard va jasur
Ta'lim – tarbiya, insoniy munosabatlarning falsafiy asoslari tasavvuf ilmida ochib bеriladi. Shu jumladan Islom olamining muqaddas kitobi «Qur'oni Karim»da ham komillikning bеshta tamoyili komillikka erishish uchun talab etiladi
1. Mehnatim muhabbatim.
2. Ma'rifatim sarmoyam.
3. Dinim aqlim.
4. Ilmim qurolim.
5. Sabru qanoat libosim.
IX-XV asrlar Markaziy Osiyo ma’naviy madaniyati rivojida muhim davr hisoblanadi. Shu bois faylasuf, tarixchi, pedagog, matematik olimlar bu davr madaniy-ma’rifiy merosi haqida qator ilmiy tadqiqot ishlari olib borganlar.
Abdulla Avloniy komil insonni tarbiyalash borasidagi qarashlari bilan Sharq mutafakkirlarining fikrlarini boyitar ekan, komil inson qiyofasida, yana shuningdek, vatanparvarlik, hamda intizomlilik sifatlari ham namoyon bo’lishi kerak, deb hisoblaydi. Alloma millat taqdirining jonkuyari sifatida milliy til taraqqibaholaydi.yoti jamiyat ma'naviy rivojini ta'minlovchi asosiy omil, deya baholaydi.
Sharq Renessansi deb nom olgan IX-XV asr Markaziy Osiyo ma’naviy madaniyatining eng yuksaklikka ko’tarilgan, boy davri bo’lib, bu davrda ilm-fanning ikki yo’nalishi (birinchisi) inson uchun tabiiy fanlardirki, u aql ko’zi bilan egallanadi, (ikkinchisi) bu fanlar inson tomonidan (boshqa) kishilardan taqlid qilib o’rganiladi, ular asosida shariat qonunlari yotadi. Bu fanlarning asosini Qur’onda va Sunnada bo’lga Alloh va uning elchisining oldindan belgilab bergan yo’l-yo’riqlari tashkil etadi
Bu davrda Sharq madaniyatini umuminsoniy qadriyat darajasiga ko’tarish markazi ”Ma’mun akademiyasi” (IX asr, Bag’dod, ”Baytul hikma”) tashkil etildi. Akademiya ilmiy ijodkorlari faoliyatida Yaqin va O’rta Sharq xalqlari moddiy va ma’naviy madaniyatining qo’shilishi asnosida hozirgi Markaziy Osiyo madaniyatining maxsus bir-biridan ajratilmagan ko’p qirrali qorishiq turi vujudga keldi. Bunday ko’p qirrali ilmiy qadriyatlarning madonga kelishida vatandoshlarimiz Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (780-850), Ahmad al-Farg’oniy (247-861), Ahmad ibn Abdulloh al-Marvaziy (IX asr), Abu Nasr Forobiy (870-950), Abu Ali Ibn Sino (980-1037), Abu Rayhon Beruniy (973-1050) va boshqalarning xizmatlari katta bo’lgan.
Abu Rayhon Beruniy ham komillikning asosini ilmli bo’lishda deb hisoblaydi va barcha illatlarning asosiy sababi ilmsizlikdir, deya urg’u beradi. Allomaning fikricha, axloqiylik, to’g’rilik, odillik, tadbirkorlik, o’zini vazmin tutish, kamtarlik, insof, ehtiyotkorlik, shuningdek, adolatli va vijdonli bo’lish komil inson qiyofasida aks etishi zarur bo’lgan eng asosiy sifatlardir. Abu Ali ibn Sino ham kamolotga erishishning birinchi mezon sifatida bilimli bo’lishni alohida qayd etadi. Bilimli insonning adolatli bo’lishi esa uning yanada yuksalishini ta'minlaydi, deya baholab alloma, adolatni ruhiy lazzat (ruhiy xotirjamlik)ning muhim ko’rsatkichi ekanligini uqtiradi.
Yusuf Xos Hojibning ”Qutadg’u bilig” asarida aqliy, axloqiy, mehnat, jismoniy va nafosat tarbiyasiga doir fikrlari katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. U insonni ulug’laydi. Uning fikricha, insonning ulug’ligi aql-idroki, so’zlash qobiliyati, bilimi, uquvi, hunarga egaligidadir. Adib o’quv va bilimni farqlaydi: o’quv tug’ma ravishda inson ruhiyatida mavjuddir, bilim esa o’qish-o’rganish va mehnat tufayli egallanadi. Agar ularning har ikkisi o’zaro birlashsa, insonning qadri ortadi:
Zakovat qayerda bo’lsa, ulug’lik bo’ladi,
Bilim kimda bo’lsa, buyuklik bo’ladi.
Zakovatli uqadi, bilimli biladi,
Bilimli, zakovatli tilakka yetadi.
Abdulla Avloniy o’z asarlarida «Vatan» tushunchasiga ta'rif berib, uning ravnaqi uchun kurashish vatanparvar insonga xos xususiyat ekanligi quyidagicha qayd etadi: «Har bir kishining tug’ulub o’sgan shahar va mamlakatini shul kishining vatani deyilur. har kim tug’ilgan, o’sqon yerini jonidan ortiq suyar. xatto bu vatan hissi – tuyg’usi hayvonlarda ham bor. Agar bir hayvon o’z vatanidan - uyuridan ayrilsa, o’z yeridagi kabi rohatda yashamas. ...Biz turkustonliklar va vatanimizni jonimizdan ortiq suyganimiz kabi, arablar Arabistonlarini, qumlik, issiq cho’llarini, eskumular shamol taraflarini, eng sovuq va muzlik yerlarini boshqa yerlardan ziyod suyarlar. Agar suymasalar edi, havosi yaxshi, tiriklik oson yerlarga o’z vatanlarini tashlab xijrat qilur edi»
Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish