Buxoro viloyat Peshko’ tumani 14-umum-o’rta ta’lim maktabi onatili va adabiyot fani o’qituvchisi Sharipova Iroda Latipovnaning adabiyot fanidan tayyorlagan namunaviy ochiq darsi. 5-sinflar uchun DARS ISHLANMASI Mavzu:Shakldosh so`zlar Darsning maqsadi: - Ta’limiy maqsad: o‘quvchilarga shakldosh so`zlar haqida ma`lumot berish.
- Tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash.
- Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilar bilan mavzu yuzasidan savol-javob qilish.
Shakllantiruvchi kompetensiyalar O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi : - mustaqil o‘qib-o‘rganish, bilimini, ko‘nikmalarini mustaqil ravishda muntazam oshirib borish.
- Milliy va umummadaniy kompetensiya:
- adabiy til va nutq me’yorlariga amal qilish, badiiy asarlarni tushunish, odob-axloq qoidalariga rioya qilish
- Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
- dars va mashg‘ulot jarayonlarida faol ishtirok etish, turli vaziyatlarda o‘zini tuta olish.
- Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, o‘qish, so‘zlash, yozish): tinglangan mashq va mavzuga topshiriqlarni orfoepiya qoidalariga rioya qilgan holda o‘qiy oladi; fikrini to‘g‘ri bayon qila oladi;
- Lingvistik kompetensiya: talaffuz va imlo me’yorlari, nutq tovushlarining ma’no farqlash vazifasini izohlay oladi, so‘zlarni
- fonetik tahlil qila oladi.
Dars turi: yangi bilim Dars uslubi: guruhlar bilan ishlash Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurollar Darsning borishi I.Tashkiliy qism a)salomlashish; b) sinf tozaligi ; d)davomatni aniqlash. II.Uy vazifasini so‘rash 1.Leksikologiya deb tilshunoslikning qanday bo‘limiga aytiladi? 2.Qanday so‘zlarga bir ma’noli so‘zlar deyiladi? III.Yangi mavzu bayoni - Aytilishi va yozilishi bir xil bo‘lib, turli atash ma’nolarini bildirgan so‘zlarga shakldosh so‘zlar deyiladi.
- Shakldosh so‘zlar bir qarashda ko‘p ma’noli so‘zlarga o`xshab ketadi. Ko‘p ma’noli so‘zlar bir so‘zni o‘z va ko‘chma ma’nolarida qo‘llashdan hosil bo‘ladi. Shakldosh so‘zlar esa shakli o‘xshash ikki va undan ortiq so‘zlardir.
IV.Mustahkamlash - 1.Shakldosh so‘zlar deb qanday so‘zlarga aytiladi?
- 2.Shakldosh so‘zlarning ko‘p ma’noli so‘zlardan farqini tushuntiring.
BILIMINGIZNI SINANG !!!!!! BILIMINGIZNI SINANG !!!!!! Ushbu tuyuq she’riy san’atidagi shakldosh so‘zlarni topib ma’nolarini ayting. Kelar sel, ko‘kda goho bo‘lsa chaqmoq, Zarar qilgay danakni tishda chaqmoq, Yomondir ikki o‘rtoq orasida Urishtirmoq uchun bir-biriga chaqmoq. 2. Yoshliging g‘animat, bolam, o‘sib un, 2. Yoshliging g‘animat, bolam, o‘sib un, Chiqarma behuda sado hamda un. Ko‘r, quyosh tig‘ida va tegirmonda Ezilib, so‘ng aziz bo‘ldi bug‘doy-un. 3.Qo‘lingdan kelgancha chiqar yaxshi ot, Yaxshilik qil, bolam, yomonlikni ot. Yolg‘iz yursa chang chiqarmas yaxshi ot. - Bunim yo‘q, unim yo‘q - narsa
Uyimda unim yo‘q - baraka Ishimda unum yo‘q - rivoj Aytishga unim yo‘q - ovoz 3. Qo`lingdan kelgancha chiqar yaxshi ot, 3. Qo`lingdan kelgancha chiqar yaxshi ot, Yaxshilik qil bolam,yomonlikni ot Nasihatim yod qilib ol,farzandim, Yolg`iz yursa chang chiqarmas yaxshi ot Ot-nom Ot-yomonlikni o‘zingga yo‘latma Ot-hayvon ma’nosida
V. O‘quvchilarni baholash
VI.Uyga vazifa: 496-mashq
Do'stlaringiz bilan baham: |