Rivojlangan, zamonaviy yo‘l chetidagi infratuzilmani yaratishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak: yo‘l chetidagi servis va xizmatlarni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish va arxitektura-landshaft dizaynini yanada rivojlantirish hamda avtomobil yo‘llariga tutash hududlarda transportning bulg‘ashi va tashlanmalarining salbiy ekologik ta'sirini kamaytirish choralari quyidagi yo‘nalishlarni ko‘zda tutadi: avtomobil yo‘llarini qurish va qayta qurish loyiha hujjatlari tarkibida ko‘kalamzorlashtirish, arxitektura-badiiy loyihalash va landshaft dizayni ishlarini kiritish;
ilg‘or zamonaviy texnologiyalar va xalqaro tajribalarning keng qo‘llanilishini hisobga olgan holda tomchilab sug‘orish tizimini bosqichma-bosqich tatbiq etish;
“O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish” UK korxonalarining manzarali o‘simliklar ixtisoslashtirilgan ko‘chatxonalarida yetishtirilgan yashil ko‘chatlaridan foydalanishni bosqichma-bosqich kengaytirish, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining yashil ko‘chatlar, butalar va gullarga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq ta'minlash.
Yo‘l-qurilish sanoati samaradorligi quyidagilar yordamida oshiriladi: yo‘l-qurilish sanoatining moddiy-texnik bazasini modernizatsiyalash;
loyiha hujjatlari tarkibiga qurilish va rekonstruksiya qilish uchun zarur yo‘l-qurilish sanoati obektlarini xarid qilishni kiritish;
yo‘l-qurilish sanoatining yangi korxonalarini qurish va amaldagilarini rekonstruksiya qilish;
xorijiy kompaniyalar bilan qurilish materiallar ishlab chiqarish, xomashyo resurslarini qayta ishlash va pudrat kompaniyalari qurilishini tashkil etish bo‘yicha qo‘shma korxonalar tashkil etish;
yo‘l-qurilish texnikasiga xizmat ko‘rsatish va uni ta'mirlash uchun zamonaviy ta'mirlash-ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish.
Yo‘l tarmog‘i xodimlarining ijtimoiy himoyasi quyidagilar yordamida amalga oshiriladi:
poliklinikalar, qishloq vrachlik punktlari, Sog‘liqni saqlash vazirligining klinik kasalxonalarini shartnoma asosida jalb qilish orqali yo‘l tarmog‘i xodimlari salomatligini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va kasbiy tekshirish tizimini yaratish;
o‘qitadigan va yo‘l xo‘jaligi xodimlari oilalari farzandlariga qaraydigan maktabgacha ta'lim muassasalari, bolalar bog‘chalari va yaslilar tashkil etish uchun binolar qurish, tiklash, ixtisosligini o‘zgartirish va rekonstruksiya qilish;
yo‘l xo‘jaligi xodimlari oilalari farzandlarini o‘qitadigan va jismonan rivojlantiradigan mavjud bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarini tiklash va yangilarini qurish;
yo‘l tarmog‘i xodimlari uchun xizmat uy-joylari qurish.