Kompazitsiya qoidalari esa ritm, kompazitsion markazning bo`lishi, detal- larning simmetrik yoki assimetrik joylashuvi, kompazitsiyada harakat, turg`unlik, planlilik, paralellik kabilar nazarda tutiladi. O`quvchilar kompazitsiyaga xos qonun-qoidalar bilan birga uning uslublari va vositalari haqida ham ma`lum tasavvurga ega bo`lishlari lozim.
Kompazitsiya uslublari deyilganda tasvirni monumental tarzda ifodalash, fazoviy tasvirlash,detallarni tik, yotiq, dioganallar bo`yicha tasvirlash tushiniladi. Masalan, V.Surikov “Boyvuchcha Morozova” nomli asarida kompazitsiyadagi harakatni ko`rsatish uchun detallarni dioganal yo`nalishi bo`yicha joylashtirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |