Mavzu seminar topshirig'i



Download 23,58 Kb.
bet2/2
Sana19.07.2021
Hajmi23,58 Kb.
#123646
1   2
Bog'liq
falsafa-1-1

Dunyoqarash — dunyoga va insonning undagi oʻrniga, kishilarning oʻz atrofidagi voqelikka va oʻz-oʻziga munosabatiga boʻlgan umumiy qarashlar tizimi, shuningdek, bu qarashlarga asoslangan odamlarning eʼtiqodlari, ideallari, bilish va faoliyat tamoyillari. Dunyoqarash kishining yoshi, hayotiy tajribasi, bilimi, mafkurasi bilan bogʻliq. Dunyoqarashda jamiyatda shakllangan falsafiy, ilmiy, diniy, siyosiy, axloqiy, huquqiy, estetik bilimlar, qarashlar oʻz aksini topadi. Shaxsning dunyoqarashi ijtimoiy munosabatlar bilan chambarchas bogʻlangan.
Mifologik yoki afsonalarga tayanuvchi dunyoqarash voqelik haqidagi mifologik bilimlar toʻplangan va tizimga solingan bir davrda vujudga kelgan, borliqning inson ongidagi xayoliy inʼikosi sifatida qadimgi davr kishilari uchun xos boʻlgan. Ular voqelikni turli rivoyatlar va afsonalar asosida tasvirlab, uni qahramonlar, yovuz va xayrli kuchlarni aks ettiruvchi obrazlar tarzida bilishgan. Tabiatdagi jonsiz jismlarni jonlantirib, olov, suv, havo, tabiat hodisalarini ham muayyan jonli obrazlarning namoyon boʻlishi deb hisoblashgan.
3.Dinning asosiy funksiyalari qaysilar?

Dinning funksiyalari quydagilardan iborat:  

Dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi dinda inson, jamiyat, tabiatga nisbatan aniq bir qarashlarning turlari mavjudligi tufayli amalga oshiriladi. Din hayotni (mavjudotni) ma’lum nuqtai nazardan tushunish (dunyoni to‘la va undagi ayrim hodisa va jarayonlarni alohida tushuntirish), dunyoni kuzatish (his qilish va idrok etish orqali dunyoni aks ettirish), dunyoni his qilish (hissiy qabul qilish yoki rad etish), dunyoviy munosabat (baho berish) va hokazolarni o‘z ichiga oladi. Diniy dunyoqarash Yaratganga nisbatan eng oliy tuyg‘u va mezonlarni belgilaydi. Bunda mavjud borliqqa tushuncha berish dinga ishonganlar uchun turli cheklashlar doirasidan chiqish imkonini beradi, yorqin kelajak, huzur-halovatga erishish uchun umid, azob-uqubat, baxtsizlik, yolg‘izlik, tushkunlikdan ozod bo‘lishni qo‘llab­-quvvatlaydi. 

Kompensator funksiya ham odamlarning ongini qayta shakllanishini, ham turmushning obektiv shart-sharoitlarini o‘zgartirishdagi cheklanish, qaram bo‘lish va ojizlikni to‘ldiradi. Ruhiy erkinlik orqali real jabr-zulm bartaraf etiladi; ijtimoiy guruhlar gunohga botish va azob chekish borasida teng huquqlik bo‘ladi; diniy tashkilotlar tomonidan beriladigan xayr-ehsonlar, mehr-shafqat, tarbiya, daromadlarni qayta taqsimlash mazlumlarning musibatini yengillashtiradi va h.z. Umuman olganda, ruhiy zarbalarni bartaraf etish, tasalli berish va ma’naviy ozuqa olish kabi kompensatsiyaning psixologik aspektlari muhim ahamiyatga egadir. 

Kommunikativ funksiya muloqotni ta’minlaydi. U ham diniy, ham diniy bo‘lmagan faoliyat va munosabatlarda vujudga keladi, axborot almashish, o‘zaro ta’sir ko‘rsatish, insonni inson tomonidan idrok etish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Diniy ong ikki xil muloqotni belgilaydi: dindorlarning o‘zaro bir-birlari bilan muloqoti va dindorlarning ibodat, namoz, meditatsiya, maxfiy qarashlar paytidagi mediator va vositachilari tomonidan gipostazir jonzotlar (xudo, farishta, o‘lganlarning ruhi, avliyolar va b.) bilan muloqoti. 

Regulyativ funksiya ma’lum bir g‘oyalar, qadriyatlar, yo‘l-yo‘riqlar, stereotip qoliplar, fikrlar, an’analar, rusumlar, institutlar orqali individ, guruh va jamoalarning faoliyati, munosabatlari, ongi va axloqini boshqarishdan iborat. Ayniqsa, me’yorlar tizimi (diniy huquq, axloq va h.z.), namunalar (taqlid uchun ko‘psonli misollar), nazorat (qoidalar bajarilishini kuzatish), rag‘batlantirish va jazo berish (haqiqiy va o‘limdan keyin taqdirlanishiga va’da berish) muhim ahamiyatga ega.  

Integratsion-dezintegratsion funksiyasi individ, guruh va institutlarni bir tomondan birlashtiradi, boshqa tomondan ularni ajratadi. Integratsiya shaxslar, ayrim ijtimoiy guruhlar, tashkilotlar, bir butun jamiyatdagi barqarorlik va chidamlilikni saqlasa, dezintegratsiya uni zaiflashishiga olib keladi. Integratsion funksiya ma’lum bir ma’noda yagona diniy e’tiqod mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi. Agar shaxslarning diniy ongi va xulq-atvorida bir-biriga muvofiq bo‘lmagan g‘oyalar, ijtimoiy guruh va jamiyatda bir-biriga qarama-qarshi konfessiyalar paydo bo‘lsa, dinning funksiyasi dezintegratsion bo‘ladi. 

Madaniyatni targ‘ib qilish funksiyasi oldin madaniyatning ma’lum bir qatlamlari - yozuv, kitob bosish, san’atning umuman rivojlanishiga yordam bergan bo‘lsa, hozirda ba’zi madaniy fenomenlarni rag‘batlantirib, ba’zilarini inkor etgan holda diniy madaniy qadriyatlarni saqlash va ko‘paytirish, ilmiy-ma’naviy merosni nasldan naslga qoldirish vazifalarini bajaradi. 

Legitimlashtirish-legitimlarni olib tashlash funksiyasi ba’zi jamoat tartiblari, institutlar, munosabatlar, me’yorlar, namunalarni majburiyat sifatida qonuniy qilish yoki ularning ba’zilarini qonundan chiqarish vazifalarini amalga oshiradi. Din ma’lum huquqiy talab va majburiyatlarni ilgari suradi va uning asosida ba’zi ko‘rinishlarga, ularga ma’lum munosabatni shakllantirgan holda baho beradi. Bunda majburiy va e’tiroz qilib bo‘lmaydigan xarakter muhim ahamiyat kasb etadi.

Yuqoridagilardan qisqa xulosa qilib aytganda, din insoniyat tarixida, birinchidan, umuminsoniy axloq me’yorlarini o‘ziga singdirib olib, ularni hamma uchun majburiy hulq-atvor qoidalariga aylantirgan; ikkinchidan, odamlarning bahamjihat yashashiga ko‘malashgan; uchinchidan, odamlarda ishonch hissini mustahkamlagan hamda hayot sinovlari, muammo va qiyinchiliklarni yengib o‘tishlarida kuch bag‘ishlagan; to‘rtinchidan, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlarni saqlab qolish hamda avloddan-avlodga yetkazishga yordam bergan va shu yo‘l bilan madaniyat rivojiga katta ta’sir ko‘rsatgan.

4.Falsafiy dunyoqarashning mifologik va diniy dunyoqarashdan asosiy farqi nimada?

Falsafiy dunyoqarashda butun borliq, tabiat, jamiyat, inson ruxiyati va tafakkurining eng umumiy jihatlari idrok etiladi, shu asosda olamning umumlashgan nazariy modeli yaratiladi. Falsafiy dunyoqarash dunyoqarashning boshqa shakllariga tayanadi, ulardagi umumiy qonuniyatlarni, jihatlarni anglashga harakat qiladi. Falsafiy dunyoqarashning shakllanishi va rivojlanishi falsafaning paydo boʻlishi bilan uzviy bogʻliq.

5.Falsafa nimani o‘rgatadi?

«Falsafa» so‘zini (yunonchadan phileo (sevaman) va sophia (donishmandlik), ya’ni «donishmandlikni sevish» birinchi marta miloddan avvalgi VI asrning ikkinchi yarmida Pifagor ishlatgan.



Falsafa — eng umumiy fan (nazariya) dunyoqarash shakllaridan biri, inson faoliyati sohalaridan biri. U kishi qanday yashashi, hayot kechirishi kerak (etika); qaysi narsalar mavjud va ularning tabiati qanday (metafizika); bilim nima (epistomologiya); hamda qanday fikrlash toʻgʻri (mantiq) ekanligini hal qilishga urinadi.

6.Falsafa va fanning o‘zaro nisbati qanday?

Falsafa va fan ham bir – biridan xuddi fan va san’at, fan va mifologiya singari farq qiladi, degan tasavvur paydo bo‘lishi mumkin. Haqiqatan ham, falsafada ham mavhum, muayyan ma’noda, «abadiy» masalalar qo‘yilayapti va muhokama qilinayapti – ku. Bu masalalar bir butun olam haqidagi, hayotning ma’nosi, ong va bilishning tabiati, insonlarning hayoti va o‘zaro muloqotivhaqidagi, burch, vijdon, yaxshilik haqidagi ahloqiy masalalar va shunga o‘xshash masalalardir. Bu masalalar odamlarni hamma vaqt ham qiziqtirib kelgan, ular to‘g‘risidagi fikrlar esa ba’zan bir – biridan jiddiy farq qilgan. Har holda, bu masalalar turli tarixiy davrda, har bir jamiyatda va har bir madaniyatda turlicha muhokama qilinadi va ularga bir qiymatli bo‘lgan oxirgi javoblarni topish ham mumkin bo‘lmasa kerak.

Fan esa, falsafadan farqli o‘laroq, konkret muayyan masalalar bilan shug‘ullanadi, undagi savollarga yetarlicha aniq javoblar beradi. Masalan, biologiya tirik mavjudotlarni tasnif etadi va sinflarga bo‘ladi, ularning tarqalishi, hayot tarzi, hulq –atvorini o‘rganadi, turli organizmlar va ular oilalarining o‘zaro munosabatlarini, hayoti faoliyatlari mexanizmini, individual va tarixiy qonuniyatlarini aniqlaydi. Fundamental tibbiyot kasalliklarni tasnif qiladi va sinflarga bo‘ladi, ularning kelib chiqish sabablari va sharoitlari (etimologiya) va rivojlanish «mexanizmlari»ni (patogenez) aniqlaydi, ularni tashxis qilish usullarini ishlab chiqadi, kasalliklarning oldini olish yo‘llari va vositalarini topadi, organizmning normal hayot faoliyatini tiklash yo‘llarini qidiradi.

Shunga qaramasdan, faqat birinchi qarashdagina falsafa va fan (fundamental va amaliy fanlar) orasida umumiylik yo‘qdek tuyuladi. Olim tomonidan har qanday konkret muammoning yechilishi uning dunyoqarash va metodologik prinsiplari bilan shartlangan, bu dunyoqarash va metodologik ko‘rsatmalar hamma vaqt bevosita falsafa ta’sirida bo‘ladi. Masalan, fizik konkret obyektning harakati to‘g‘risidagi masalani yechar ekan, u umuman harakatning tabiati haqidagi tasavvurlarga tayanadi. Shifokor tana anatomiyasini o‘rganar ekan, uning tuzilishini umumlashtiradi. Ana shu umumiy belgilarni bilish shifokorning muolaja olib borishida bemor organizmidagi xastalik va buzilishlarni aniqlashga imkon beradi. Konkret ilmiy fandagi masalaning matematik yechimini topish ko‘pincha matematikni masalalarning umumiy metodlarini qay darajada bilishiga bog‘liq. Tilshunos biror milliy tilning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganar ekan, tilning tabiati, uning odamlararo muomaladagi o‘rni haqidagi umumiy tasavvurlarga asoslanadi. Tabiiy – ilmiy, ijtimoiy, gumanitar yoki texnikaviy bilimlarning turli sohalaridek faoliyat ko‘rsatayotgan har qanday kishilarning ilmiy ijodiga nazar tashlab, bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Bunday misollar falsafaning nafaqat fanning asoslarida mavjud bo‘lmay, uning g‘oyalari, fikrlari va umumlashmalari ilmiy bilishning qon – qoniga organik ravishda singib ketishini ko‘rsatadi.



7.Dunyoqarashning asosiy tarixiy shakllarini tariflang.

Dunyoqarashning tarixiy shakllari. Tarixan dunyoqarashning dastlabki shakllari mif va din, falsafa va fan bo‘lib, bu hol insoniyat tadrijiy rivojlanishining umumiy mantiqi bilan mushtarakdir.

Mifologik dunyoqarash -turli xalqlarning dunyoning kelib chiqishi, tabiat hodisalari, fantastik mavjudotlar, xudolar va qahramonlarning ishlari haqidagi tasavvurini ifodalovchi muayyan tarzda tizimga solingan dunyoqarashdir. («Mif» tushunchasi yunoncha mythos so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, afsona, rivoyat degan manoni anglatadi). Mifda bilimlar, diniy e’tiqodlar, manaviy madaniyatning turli elementlari, sanat, ijtimoiy hayot kurtaklari birlashgan bo‘lib, shu tariqa ibtidoiy odamlar dunyoqarashi muayyan darajada tartibga kelgan, ularning dunyo haqidagi qarashlari esa qisman tizimga solingan. Mazkur tizimga solishning muhim shakllari epos, ertaklar, afsonalar, rivoyatlar bo‘lib, miflar avvalo ular orqali ifodalanadi. Shu tariqa to‘plangan bilimlar va tajriba keyingi avlodlarga o‘tishi ham taminlanadi.

Diniy dunyoqarash (Din so‘zi arabchadan tarjimada e’tiqod, ishonch, ishonmoq degan ma’nolarni anglatadi.) dunyoni mutlaq hokimiyatga ega bo‘lgan oliy mavjudot, Xudo boshqaradi degan tasavvurga asoslanadi va shu bilan mifologik dunyoqarashdan farq qiladi. Xudo boqiy va shak-shubhasizdir, u hamma narsani – makon va vaqt, materiya, barcha tirik jonzotlarni yaratgan. Xudo barcha yaxshi fazilatlarni o‘zida mujassamlashtirgan va hamma narsaga qodir. U dunyoni yaxshi ishlar uchun yaratgan, biroq U dunyoga erkinlik ham bergan, yaxshilikka har kim zo‘rlik ostida emas, balki o‘z ixtiyoriga ko‘ra kelishiga imkoniyat yaratgan.

Falsafiy dunyoqarash. Taxminan 3000 ming yil muqaddam dunyoqarashning uchinchi shakli –falsafa paydo bo‘lishi uchun zarur shart-sharoit Evropa va Osiyoda deyarli bir vaqtda yuzaga keldi. Dunyoqarashning avvalgi shakllari – mif va dindan farqli o‘laroq, falsafa dunyoni e’tiqod va tuyg‘ularga tayanib emas, balki aql va bilimlarga tayangan holda tushuntiradi.

8.Falsafa tarixini o‘rganish qanday maqsadni ko‘zlaydi?

Falsafaning uzoq tarixiga umumiy nazar tashlasak, olam va insonning kelib chiqishi, rivojlanishi va mohiyatiga, shuningdek, hayotning manosi, inson bilishining tabiatiga tegishli «boqiy» falsafiy muammolar deyarli barcha falsafiy talimotlarda u yoki bu tarzda mavjudligini, turli falsafiy asarlarda, ular aynan kimga qarashliligi va qaysi davrga mansubligidan qatiy nazar, qisman yoki, aksincha, atroflicha muhokama qilinishining guvohi bo‘lishimiz mumkin. Darhaqiqat, ong, tafakkur, ruh, ideallik va ularning materiya, tabiat, borliq bilan o‘zaro nisbati masalalariga o‘z munosabatini bildirmagan yoki, o‘z mulohazalari va xulosalarida shubha qilmagan faylasufni topish mushkul. Bu hol o‘z vaqtida olimlar tomonidan «falsafaning asosiy masalasi»ni tariflashiga turtki bergan bo‘lib, unda ikki jihat alohida ajralib turadi.

Birinchi jihat moddiylik va ideallikning o‘zaro nisbatiga tegishli. Savol shunday qo’yiladi: «Materiya birlamchimi yoki ruh (ong)mi?» yoki, «Tafakkur va borliqning nisbati masalasi butun, ayniqsa, eng yangi falsafaning buyuk asosiy masalasidir».

Ikkinchi jihat birinchi jihat bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, quyidagicha tariflanadi: «Dunyoni bilish mumkinmi?» Boshqacha aytganda: «Biz haqiqiy dunyo haqidagi o‘z tasavvurlarimiz va tushunchalarimizda borliqni to‘g‘ri aks ettirishga qodirmizmi?».Bu masalada materialistlar va idealistlarning qarashlari ziddiyatli xarakterga egadir.



9.Nima uchun falsafa tarixida fikrlar rang-barangligi meyor hisoblanadi?

Falsafada (muayyan fanlardan farqli o‘laroq) yagona til va yagona tizim mavjud emas. Shuning uchun bu yerda fikrlar rang-barangligi meyor sanaladi. Fanda esa monizm hukm suradi, chunki hech bo‘lmasa fanning u yoki bu muayyan sohasidagi asosiy tamoyillar, qonunlar va kategoriyalar tizimi (til)ga nisbatan yondashuvlar birligi albatta mavjud bo‘ladi.



10.Ayrim insonning yaxlit falsafiy dunyoqarashi falsafiy plyuralizm asosida qanday shakllanadi?

Hamonki plyuralizm falsafada meyor hisoblanar, har bir alohida miyada esa monizmga, yani qarashlarning tartibga solingan, yaxlit va nisbatan ziddiyatlardan xoli tizimiga kelish lozim ekan, falsafani qanday o‘zlashtirish, undan qanday saboq berish mumkin?

Butun dunyoda aksariyat faylasuflarni birinchi navbatda ayni shu masala qiziqtiradi. Xususan Suqrot, Seneka va o‘tmishning boshqa mutafakkirlari tajribasiga tayangan holda: Falsafa faktlarni eslab qolishni o‘rgatmasligi, balki mulohaza yuritish va savollarga javob berish qobiliyatini rivojlantirishi lozim. Falsafadan saboqlar inson har bir masala yuzasidan mutafakkirlar fikriga murojaat etmasdan, o‘zi mustaqil o‘ylashni va o‘z aqliga quloq solishni o‘rganishini nazarda tutmog‘i darkor. Ayni shu sababli falsafaning vazifasi insonga muloqot qilishni o’rgatish, u o‘z shaxsiyatining ahamiyatini ko‘rsatishga emas, balki haqiqatning tagiga etishga harakat qilishiga erishishdan iborat. Bu, o‘z navbatida, barcha odamlar o‘ziga atrofdagilar quloq solishiga loyiq ekanligini nazarda tutadi.

11.Falsafa tarixida «falsafaning asosiy masalasi»ga tarif berish qanday amalga oshirilgan?

Falsafiy tafakkur tarixida u yoki bu faylasuflar fikriga ko‘ra eng muhim deb qaraladigan boshqa muammolar ham mavjud. Ayni shu sababli aksariyat faylasuflar substansiya (dunyoning birinchi asosi) haqida mulohaza yuritar ekan, mazkur masalaning qo‘yilishini «falsafaning asosiy masalasi» bilan bog‘lashga moyil emas. Masalan, ilk antik faylasuflar uchun falsafaning asosiy muammosi: «Dunyo nimadan yaratilgan?», degan savol bilan bog‘langan. O‘sha davrda bu savol eng muhim, asosiy, birinchi darajali hisoblangan.

O‘rta asrlar sxolastikasi nuqtai nazaridan «falsafaning asosiy masalasi» quyidagicha tariflanishi mumkin: «Xudoning borligini qanday qilib oqilona asoslash mumkin?» Hozirgi diniy falsafiy konsepsiyalar, xususan neotomizm uchun u hozir ham bosh masala bo‘lib qolmoqda. Ibn Sino fikricha, falsafaning asosiy masalasi –mavjudotni barcha mavjud narsalarni kelib chiqishi, targ‘iboti o‘zaro munosabati, biridan-ikkinchisiga o‘tishni har tomonlama tekshirish uchun zaruriy imkoniyat, voqelik sabab tamoyillarini asos qilib olishdan iborat.

Yangi davrda I.Kant yondashuvi diqqatga sazovor bo‘lib, u «Inson nima?» degan savolni mohiyat etibori bilan falsafaning asosiy masalasi deb hisoblaydi. Uning fikricha, inson ikki dunyo – tabiiy zarurat va manaviy erkinlikka mansub bo‘lib, ularga muvofiq odamzot, bir tomondan, tabiat mahsuli hisoblanadi, boshqa tomondan esa, u «erkin harakat qiluvchi mavjudotning o‘z-o‘zidan yaratish» natijasidir.

Ekzistensializm falsafasida esa har bir individ o‘zi uchun o‘zi hal qilishi lozim bo’lgan «Hayot yashashga arziydimi?», degan muammo asosiy masala sifatida etirof etiladi, zero, mazkur yo‘nalish namoyandalarining fikriga ko‘ra, bu savolga javobsiz qolgan hamma narsa o‘z manosini yo‘qotadi. Fransuz ekzistensialist faylasufi A.Kamyu tabiri bilan aytganda: “Hayot yashashga arzishi yoki arzimasligi masalasini hal qilish, falsafaning asosiy masalasiga javob topish demakdir”. Masalan, pragmatizm asosiy etiborni haqiqat tushunchasiga va uni aniqlash muammosiga qaratadi. Bu yo‘nalish vakillarining fikriga ko‘ra, falsafa avvalo ayni shu muammo bilan shug‘ullanishi va insonga amalda foyda keltirishi lozim.

12.Hozirgi dunyoda falsafa qanday vazifalarni hal qilmoqda?

Jahon hamjamiyati III ming yillikning boshlanishini, biosfera holati va yerda hayotning davom etishi uchun o‘z javobgarligini tobora teranroq anglagan holda qarshi oldi. Ayni shu sababli insonning barkamol rivojlanishi, odamlar, xalqlar o’rtasida, shuningdek jamiyat va tabiat o‘rtasida insoniy, yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini o‘rnatish masalalari azaliy falsafiy mavzular bilan bir qatorda falsafiy tadqiqotlarda birinchi o‘ringa chiqmoqda. Shu munosabat bilan faylasuflar avvalo yer yuzida talimning holati va rivojlanish darajasidan qattiq tashvishda ekanliklarini bildirmoqdalar. Ko‘pgina faylasuflar fikriga ko‘ra, hozirgi muammolarning aksariyati zamirida aynan qoniqarsiz ta’lim va lozim darajadagi tarbiyaning yo‘qligi yotadi. Bu muammolarni echishda falsafa ham o‘z rolini o‘ynashi lozim.



Falsafa dunyoni anglash usuli sifatida. Bugungi kunda nafaqat ayrim xalqlar, balki butun jahon hamjamiyati falsafaga, o‘zining hayotdagi o‘rni va vazifasini falsafiy anglab yetishga ayniqsa muhtojdir.

Falsafa real hayot bilan uzviy bog‘liq va doim inson borlig‘ining eng muhim muammolarini anglab etishga qarab mo‘ljal oladi. Ayni shu sababli hozirgi davrning muhim muammosi – globallashuv va uni falsafadagi butunlay yangi mavzu sifatida falsafiy anglab yetish muhim ahamiyatga ega. Falsafa predmeti va muammolarini muhokama qilishda alohida diqqatga loyiq bo‘lgan boshqa bir mavzu insonni shaxs sifatida tarbiyalash va kamol toptirishda falsafaning roli va ahamiyatidir.
Download 23,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish