Sayt ko‘rinishlari(turlari).
— internet orqali tanishtiriluvchi saytlar;
— axborot resurslari;
— veb xizmatlar;
Bu turlar asosiylari hisoblanib, o‘z navbatida bular ham ma’lum qismlarga bo‘linadi.
Intrenet orqali tanishtiriluvchi saytlar:
— vizitka saytlari;
— korporativ saytlar;
— internet do‘konlar;
— promo saytlar.
Axborot resurslari:
— tematik saytlar;
— internet portallar;
— bloglar;
— saytlar ro‘yxati.
Veb xizmatlar:
— qidiruv tizimlari;
— pochta xizmatlari;
— internet forumlar;
— video, rasm, audio xostinglar;
— e’lonlar doskasi;
— ijtimoiy tarmoqlar.
Keling, endi bu sayt turlariga batafsil to‘xtaylik.
Vizitka saytlari — bir shaxs yoki biror firma haqida 3, 4 ta sahifadan tashkil topgan, eng sodda ko‘rinishga ega sayt. Bunday saytni tuzib berish ham unchalik katta mablag‘ talab qilmaydi. Firmalar bunday turdagi saytga ega bo‘lishlaridan maqsad, o‘zlari haqida to‘liq ma’lumot berishlari, o‘z xizmatlari, narxlari va bog‘lanish mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni internet foydalanuvchilariga e’lon qilishdan iborat.
Korporativ saytlar — to‘liq, murakkab ko‘rinishdagi sayt. Bunday ko‘rinishdagi saytlarda firma haqida to‘liq ma’lumotlar, ularning mahsulotlari haqida(rasmlari bilan birga), narxlari beriladi. Foydalanuvchilar o‘z fikrlarini qoldirishlari, sayt orqali buyurtmalar berishlari ham mumkin bo‘ladi. Har xil turdagi interaktiv xizmatlar ham mavjud bo‘lishi mumkin.
Internet do‘konlar — internet orqali savdo sotiqni yo‘lga qo‘yuvchilar uchun sayt. Bizda bu yo‘nalish endi rivojlanmoqda. Saytda asosan mahsulotlar, ularning narxlari, to‘lovlar haqida ma’lumotlar bo‘ladi. Asosiy sahifada yangi tovarlar rasmlari bilan berib boriladi.
Promo saytlar — ma’lum bir vaqt uchun yaratilgan saytlar. Qandaydir konferensiyalar, ko‘rgazmalar, konsertlar uchun yaratilgan sayt. Bu bayramlar tugagandan so‘ng, sayt yopilishi kerak, lekin ko‘p hollarda unday emas, eski xabarlar bilan sayt ishlashda davom etadi. Bu e’tiborsizlik natijasidir.
Tematik saytlar — ma’lum bir kichik doiradagilar uchun sayt, bitta mavzu bo‘yicha yaratiladi. Sayt dizayni aynan shu mavzuga oid bo‘lishi lozim va albatta kommentariya qoldirish mumkin bo‘lishi kerak. Agar iloji bo‘lsa, forumi ham bo‘lishi lozim.
Internet portal — katta hajmdagi sayt, boshqa saytlarga yo‘llanmalar beradi. Internet foydalanuvchilarini to‘g‘ri yo‘naltirib yuboruvchi sayt. O‘zida ko‘p miqdorda havolalar(ssilka) saqlaydi va har xil turdagi ma’lumotlarni berib boradi(ob-havo ma’lumotlari, e’lonlar, forumlar, o‘yinlar,…). Eng asosiysi sodda bo‘lishi kerak, foydalanuvchi darhol qayerga kirish kerakligini tushunib olishi lozim.
Blog — biror bir shaxsning internet kundaligi, bu yerda u biror mavzu bo‘yicha o‘z fikrlarini yozib boradi. O‘quvchilar bu fikrga o‘z qarashlarini bildirishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |