PYEZOMETRIK SATH O’LCHAGICHNI ISH PRINSPI, METROLOGIK TASNIFI VA PRINSIPIAL SXEMASI.
pyezometrik sath o’lchagichning prinsipial sxemasi keltirilgan. bu asboblar zichligi o ‘zgarmas suyuqlik ustunining bosimini o’lchashga mo’ljallangan. suyuqlik ustunining bosimi uning balandligiga mutanosib ravishda o ‘zgaradi. pyezometrik sathoichagichlar turli xil: agressiv, agressiv bolmagan va qovushqoqligi katta boigan suyuqliklarni ochiq yoki berk idishlardagi suyuqliklar sathini o’lchashda qolaniladi. suyuqlik solingan idishga pyezometrik naycha 1 tushiriladi va uning ustki tomoni manometr 4 bilan parallel qilib havo yoki inert gaz manbayiga ulanadi. unda havoning sarfi drossel 3 bilan cheklanib, rotametr 2 yordamida nazorat qilib turiladi.
idishdagi suyuqlik sathining berilgan h balandligida pyezometrik naychadan suyuqlik orqali chiqadigan havo pufakchalarining har sekundda bittadan chiqishi ta’minlangan boiishi kerak. suyuqlik sathi ortsa, naychadagi bosim ortadi, undan chiqadigan pufakchalar soni kamayadi, suyuqlik sathi kamaysa, naychadan chiqadigan pufakchalar soni ortadi. bosimning bunday o‘zgarishini manometr 4 o’lchaydi, manometr shkalasi suyuqlik sathiga muvofiq darajalangan boiadi.
radioto'lqinli sath o’lchagichlar
suyuq metallar sathini o’lchashda eng samarali usul-bu radioto’lqinli usuldir. elektromagnit tulkinlari tebranish parametrlarining suyuqlik sathi balandligiga bog’liqligiga asoslangan sath o’lchagichlar radioto’lqinli sath o’lchagichlar deb ataladi.
radioto’lqinli usullarga radiolakatsion, radiointerferentsion, endovibratorli va rezonansli usullar kiradi.
radioto’lqinli sath o’lchagichlarning ishlashi elektromagnit tulkinlarning elektr va magnit xossalari bilan fark qiladigan muhitlarning chegarasidan kaytishi hodisasiga asoslangan.
elektromagnit tulkinlarning tarkalish tezligi muhitda uning dielektrik ва magnit o’tkazuvchanligi qiymatlari bilan topiladi:
,
bunda с-vakuumdagi yoruglik tezligi.
sath o’lchagich sxemasi nur tarkatgich, elektromagnit energiyasi qabul qilgichi va vaqt oraligini o’lchash qo’rilmalaridan iborat. sath h-qiymati nur tarqatgich signalni jo’natish payti bilan qaytgan signal qabul qilgich 2 ga kelgan payt orasidagi vaqtni aniqlash yordamida topiladi. shu kattaliklar ushbu
munosabat bilan bog’langan.
odatda, lokatsiya gaz muhiti orqali suyuqlik ustida olib boriladi. lokatsiyaning gaz orqali olib borilishi ma’qulroq, chunki nur tarqatgichlar suyuqlik ta‘siriga berilmaydi, bundan tashqari, gazlarning magnit va dielektrik o’tkazuvchanligi katta emas va amalda gazning parametrlari o’zgarishiga va xossalariga bog’liq emas. bunday sath o’lchagichlarning kamchiligi kichik vaqt oraligini aniq o’lchash qiyinchiligidir, ular nurlanish zonasida turgan boshqa predmetlarga g’oyat sezgir. suyuq metallarning sath o’lchagichlari 200 mm gacha o’lchash diapazoniga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |