Bog'liq Mavzu sath o`lchagichlarning alohida uzellari va bloklarini taj
SATHNI O‘LCHASH ASBOBLARI sath deb, texnologik apparatning ishchi muhit – suyuqlik yoki sochiluvchan jism bilan to‘ldirish balandligiga aytiladi.
ishchi muhit sathi texnologik parametr hisoblanadi, u haqdagi axborot texnologik apparatning ish rejimini nazorat qilish uchun, ayrim hollarda esa ishlab chiqarish jarayonini boshqarish uchun zarur. sathni o‘lchash sath o‘lchagichlari deb ataladi.
suyuqlik va sochiluvchan moddalar sathini o‘lchash texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda muhim ahamiyatga ega. sathni o‘lchash moddaning idishdagi miqdorini aniqlash va texnologik jarayonda ishtirok etayotgan ishlab chiqarish uskunasida sath holatini nazorat qilishdan iborat.
ishlash xarakteri jihatidan sathni o‘lchagichlar uzluksiz va uzlukli (releli) bo‘ladi. releli sath o‘lchagichlar moddaning sathi ma’lum balandlikka yetganda ishlay boshlaydi, ular signalizatsiya maqsadida ishlatiladi va sath signalizatori deyiladi.
bu asboblar ishlash prinsipi va tuzilishi jihatidan bir biridan farq qiladi. masalan, suyuqlik sathni o‘lchashga mo‘ljallangan asboblarning ko‘pi sochiluvchan moddalar sathini o‘lchash uchun yaroqsiz, usti ochiq (atmosfera bosim) idishlarda ishlatiladigan asboblar esa yuqori bosimda ishlaydigan idishlar uchun yaroqsizdir va hokazo. sathni nazorat qilish asboblari shkalali va shkalasiz bo‘ladi. shkalasiz asboblar, odatda, ikkilamchi asboblar bilan birga ishlaydi, yoki sathning chegarasi haqida mustaqil signal beradi.
diapazon
o‘lchash chegarasi
qo‘llanish sohasi
tor
0 – 450 mm
avtomatik tartibga solish tizimlarida
keng
0.5 – 20 m
mahsulotlarni hisobga olish operatsiyalarini o‘tkazish uchun
o‘lchanadigan muhitning xarakteri va ishlash prinsipiga ko‘ra sathni o‘lchash asboblari quyidagi guruhlarga bo‘linadi: ko‘rsatish oynasi; pukakli (qalqovichli); gidrostatik; elektrik (sig‘imli, aktiv qarashliklarning o‘zgarishiga muvofiq va induktivli); radioizotopli; ultratovushli; radioto‘lqinli; termokonduktometrli; vaznli va boshqalar. shularning ayrimlari bilan tanishib chiqamiz.
moddalar sathini o‘lchashning vizual vositalari. vizual o‘lchash vositalariga o‘lchov chizg‘ichlari, reykalar, lotli ruletkalar (silindirik sterokenli) va sath o‘lchovchi shishalar (oxirgisi ko‘proq qo‘llaniladi) kiradi. sathni sath o‘lchovchi shishalar yordamida o‘lchash tutash idishlar qonuniga asoslangan.
keng tarqalgan sath o‘lchagich shishaning prinsipial sxemasini ko‘rib chiqamiz. sxema keltirilgan. ko‘rsatkich shisha 1 armatura yordamida idishning pastki va ustki qismlari bilan birlashtiriladi. trubka 1 dagi suyuqlik sathining holatini kuzatib, idishdagi suyuqlik sathining holati haqida fikr yuritiladi. rezervuardagi va shisha trubka (nay) dagi suyuqliklar farqiga bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha xatolikni bartaraf etish uchun o‘lchashdan avval sath o‘lchagich shishalar yuviladi. bu vazifani ventil 2 bajaradi.
texnologik apparatlarda sath o‘lchagich shishalarni o‘rnatish sxemasi.sath o‘lchagich shishalar 3mpa bosimgacha va 300 0c temperaturagacha qo‘llaniladi. sathni sath o‘lchagich shishalar bilan o‘lchashning absalyut xatoligi ±(1–2) mm.moddalar sathini pukakli o‘lchash asbobi. pukakli (qalqovichli) o‘lchash asboblari bilan idishdagi suyuqlik sathi o‘lchanadi. asbobning sezgir elementi — pukak suyuqlik sirtida qalqib turadi va suyuqlik sathi balandligidagi o‘rni unga ta’sir qiladigan kuchlar muvozanatiga bog‘liq bo‘ladi. arximed qonuniga muvofiq, pukak og‘irligi uning suyuqlikka botgan hajmidagi suyuqlik og‘irligiga teng bo‘ladi. undan tashqari, pukakni o‘rab olgan suyuqlik ustidagi muhit havo bo‘lmay, zichligi ρ0 ga teng bo‘lgan modda bo‘lsa, unda pukak hajmidagi bu modda og‘irligi ham pukakni pastga bosadi, uning suyuqlikka botishini oshiradi. bu ikki kuchga qarshi yo‘nalgan, pukakni yuqoriga ko‘taradigan kuch g ni quyidagicha hisoblash mumkin: