Mavzu: Sanoat siyosati
Reja:
Davlat sanoat siyosati va tarmoqdagi tarkibiy o‘zgarishlar
Sanoat siyosati rivojlanishining real sektorlariga ta'siri
Jahon savdo tizimida sanoat siyosati va uning rivojlanishining real sektorlarga ta'siri aqsh misolida
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi oqibatlarini bartaraf etish va undan keyingi barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish sharoitida O‘zbekistonning sanoat sektorini modernizatsiyalash davlat sanoat siyosatining markaziy yo‘nalishi hisoblanadi. Sanoat siyosati tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishga, iqtisodiyotning innovatsion taraqqiyotini ta’minlashga va aholi turmush darajasini oshirishga yordam beradi. Sanoat siyosati sanoatlashtirish siyosati deb ham yuritiladi.
Sanoatlashtirish siyosati – aholi farovonligini oshirish, ichki va tashqi bozorda milliy ishlab chiqaruvchilar faoliyatini kengaytirish maqsadida innovatsion faollikni oshirish, samarali va raqobatbardosh ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishdir. Shuningdek, bu siyosat mamlakat iqtisodiy o‘sishining yangi sifat bosqichiga o‘tishi borasida amalga oshiriladigan tashkiliy, iqtisodiy, institutsional va moliyaviy-iqtisodiy chora-tadbirlar majmuasi hisoblanadi.
Jahon amaliyotida sanoatlashtirish siyosatining turli xil modellari mavjud. Ularning Ғarbiy Yevropa modeli, Yaponiya modeli, Yangi industrial mamlakatlarda amalga oshirilgan sanoatlashtirish modeli o‘zining ijtimoiy-iqtisodiy va moliyaviy natijaviyligi bilan ajralib turadi.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi oqibatlarini bartaraf etishda moliya sektoridagi kamchiliklarni, iqtisodiyotdagi nomutanosibliklarni bartaraf etish uchun sanoat ishlab chiqarishida samaradorlikni oshirish zarur. Deyarli barcha mamlakatlarda milliy iqtisodiyotning turli tarmoqlari va sektorlaridagi muammolarni hal etishda, sanoatlashtirish siyosatini amalga oshirishda an’anaviy dastaklardan foydalanilmoqda. Ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
Birinchi guruh dastaklarga soliq-tarif institutlari kiradi. Soliq solishning imtiyozli tizimi, tarif, bojxona, amortizatsiya siyosati va boshqalar shular jumlasidan. Ular to‘g‘ridan to‘g‘ri moliyalashtirishni talab etmaydi, lekin ma’lum muddatga davlatning vujudga kelishi mumkin bo‘lgan daromadlarini qisqartirishi yoki ortga surishi mumkin.
Ikkinchi guruh dastaklarga davlatning to‘g‘ridan to‘g‘ri moliyalashtirish vositalari kiradi. Subsidiyalar ajratish, davlat tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni amalga oshirish shunday vositalardir.
Uchinchi guruh dastaklar ustuvor ilmtalab tarmoqlar – ta’lim, ITTKI, ishlab chiqarish va transport infratuzilmasi kabilarning faoliyatini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
To‘rtinchi guruhga institutsional xarakterga ega dastaklar kiradi. Bozorga kirish va chiqishda to‘siqlarni qo‘yish yoki olib tashlash, antimonopol qonunchilik, integratsiya jarayonlarini dastaklash, milliy bozorda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida proteksionizm siyosatini qo‘llash shular jumlasidandir.
Mamlakatimizda sanoatni rivojlantirishda davlatning roli xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan amal qilinishi shart bo‘lgan zaruriy chora-tadbirlar va qonun-qoidalar mexanizmlarini ishlab chiqish bilan tavsiflanadi.
Sanoatlashtirish siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri – bu ilm sig‘imi yuqori sanoat tarmoqlarini jadal rivojlantirishga e’tibor kuchaytirilayotganligidir, chunki sanoatning ilm sig‘imi yuqori va innovatsion sohalari istiqbolda mehnattalab va resurstalab tarmoqlarni «yetaklovchi» rol bajaradi. Keyingi yillarda yuqori texnologiyalarga asoslangan mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoati, zamonaviy qurilish materiallari sanoati jadal rivojlandi. Shuningdek, telekommunikatsiya uskunalari, kompyuter texnikasi va mobil telefonlar, keng turdagi maishiy elektronika mahsulotlari ishlab chiqaradigan yangi zamonaviy korxonalar tashkil etilmoqda.
O‘zbekistonda sanoatlashtirishning yana bir muhim yo‘nalishi ichki iste’mol bozorini mahalliylashtirish dasturlari asosida keng turdagi iste’mol tovarlari bilan to‘ldirishdan iborat. Xususan, mahalliy xom-ashyo resurslari chuqurlashgan darajada qayta ishlanadigan korxonalarda mahsulot ishlab chiqarishning o’sishi, tayyor mahsulot turlarining kengayishi, sanoatning umumiy hajmida iste’mol tovarlarining ulushini ko’payishiga imkon yaratdi. Agar, 2010 yilda sanoat ishlab chiqarishida iste’mol tovarlarining ulushi 35,9 foizni tashkil qilgan bo’lsa, 2016 yilda bu ko’rsatkich 43,1 foizga yetdi. Iste’mol tovarlari ishlab chiqarishda import o‘rnini bosuvchi strategiya eksportga yo‘naltirilgan strategiyaga yonma-yon amalga oshirilmoqda. Boshqacha aytganda, iste’mol tovarlarining raqobatdoshligi nafaqat ichki bozorda, balki tashqi bozorda ham ortib bormoqda.
Davlat sanoat siyosatida sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish ko‘lamini kengaytirish muhim yo‘nalishlardan biridir. Tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hajmlarining o’sishi bo’yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi, korxonalarning ishlab chiqarish faoliyati uchun zarur bo’lgan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni o’sishining va import tovarlari qisqarishining omillaridan biri hisoblanadi.
Sanoat mahsuloti umumiy hajmida mahalliylashtirish dasturi doirasida ishlab chiqarilgan mahalliylashgan mahsulotlar ulushi 2003 yilda 2,8 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2016 yilda bu ko’rsatkish 5,5 foizga etdi. Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan korxonalar soni 2003 yilda 74 tadan 2016 yilda 318 tagacha o’sdi. Agar 2013 yilda 455 ta korxonada mahalliylashtirish dasturi asosida 1 ming 140 ta loyiha amalga oshirilgan bo’lsa, 2016 yilda 695 ta loyiha amalga oshirildi. Bu loyihalar bo’yicha mahsulotlar sotish umumiy hajmi 1,5 marta oshdi
Iqtisodiyot tarkibidagi chuqur o‘zgarishlar sanoatning eksport salohiyatini mustahkamlash, eksport hajmini barqaror oshirish va uning tarkibini takomillashtirishda eng muhim omilga aylandi. Eksport tarkibida raqobatdosh tayyor sanoat mahsulotlari ulushi barqaror sur’atlar bilan o‘sib bormoqda. Jumladan, 2016-yilda umumiy eksport hajmining 75 foizdan ortig‘i tayyor tovarlar hissasiga to‘g‘ri keldi. Mahsulot eksport qiladigan korxonalarni qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlarning amalga oshirilgani eksport faoliyatiga yangi korxonalarni jalb etish imkonini berdi.
Davlatning sanoat siyosatida tarkibiy-investitsiya yo‘nalishi ustuvor ahamiyat kasb etadi. Bu yo‘nalish sanoatning tarmoq tuzilishini takomillashtirib borishga, uni diversifikatsiyalashga qaratilgan. Milliy sanoatning tarmoq tuzilishi mustaqillik davrida takomillashib bordi, tarmoqlarning jami sanoat mahsulotidagi hissasi sezilarli darajada o‘zgardi. Masalan, 2000 – 2016-yillarda jami sanoat mahsulotlari hajmida elektr energiyasining ulushi 11,9 foizdan 7,4 foizgacha, rangli metallurgiyaning ulushi 15,4 foizdan 8,5 foizgacha, yengil sanoatning ulushi 19,2 foizdan 15,5 foizgacha, yoqilg‘i sanoatining ulushi 13,4 foizdan 11,0 foizgacha qisqargan bo‘lsa, mashinasozlik va metallni qayta ishlashning hissasi 12,0 foizdan 22 foizgacha, oziq-ovqat sanoatining hissasi 9,4 foizdan 15,5 foizgacha, qurilish materiallari sanoatining hissasi 4 fozdan 7,1 foizgacha oshdi.
2016 yilda qayta ishlash sanoatining ulushi 80,3 foizni tashkil etdi. Shundan 23,9 foizi oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish, 16,7 foizi to‘qimachilik mahsulotlari, kiyim-kechaklar va charm mahsulotlari ishlab chiqarish, 8,9 foizi kimyo mahsulotlari, rezina va plastmassa mahsulotlari ishlab chiqarish hissasidir.
Sanoat qazib oluvchi, qayta ishlovchi, elektroenergetika tarmoqlari bilan birgalikda moddiy ishlab chiqarishda asosiy o‘rinni egallaydi. Uning YIMdagi ulushi Ғarbdagi rivojlangan mamlakatlarda 2016-yilda o‘rtacha 23 – 26 foizni tashkil etdi. Taxminlarga ko‘ra, 2020-yilda bu ko‘rsatkich 15 – 20 foizgacha pasayadi.
Sanoat milliy xo‘jalik boshqa tarmoqlarining moddiy-texnik rivojlanishini ta’minlab berishda muhim rol o‘ynaydi. Birinchi navbatda, sohada muhim ilmiy-texnik yutuqlar mujassamlashadi va ilmtalab sarmoya jamg‘arilishi jadal tus oladi. Sanoat ishlab chiqarish tarkibi o‘zgarishining dinamikasini funksional-ishlab chiqarish majmualari bo‘yicha, ya’ni, mashinasozlik, yoqilg‘i-energetika, moddiy ishlab chiqarish, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sohalari bo‘yicha tahlil qilish, sanoatdagi tarkibiy siljishlarni mezodarajada aniqlashga yordam beradi.
O‘tgan davrda sanoat tarmoqlaridagi nomutanosibliklar sezilarli darajada yumshatildi va tegishli ijobiy natijalar ta’minlandi. Bu quyidagi yo‘nalishlardagi chora-tadbirlar natijasi bo‘ldi:
– sanoatning bazaviy tarmoqlarida zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, modernizatsiyalash hamda texnik-texnologik qurollantirishga qaratilgan investitsiya siyosati;
– sanoatning samarali faoliyat yuritayotgan korxonalarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan budjet va kredit siyosati;
– mahsulot tannarxini kamaytirish va narx jihatidan raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar;
– sanoat ishlab chiqaruvchilarining mahsulotiga ichki talabni noinflyatsiyaviy usullar bilan, jumladan, tarmoqlararo kooperatsiyani va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish ko‘lamlarini kengaytirish orqali rag‘batlantirish.
O‘zbekistonda 2015-yil va undan keyingi davr uchun sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirish, sohaning ichki bozorni iste’mol tovarlari bilan to‘ldirish va tashqi bozorda investitsion va iste’mol tovarlarini ildamlatish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. 2015 – 2019-yillarga mo‘ljallangan dasturlarda sanoatning jahon bozorida raqobatlasha oladigan va keyingi bosqichda iqtisodiy o‘sishning, iqtisodiyotni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilishning lokomotivi bo‘lish roli yanada kuchayadi. Samarali tarmoq va korxonalarni jadal rivojlantirishga qaratilgan siyosat davom ettiriladi. Buning uchun tegishli yo‘nalishlarda maqsadli dasturlar ishlab chiqilgan. Jumladan, 2015-yil 23-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan Harakat dasturi taqdim etilib, unda o‘ndan oshiq dasturlar qatorida sanoat ishlab chiqarishini taraqqiy ettirishga qaratilgan quyidagi ikkita keng qamrovli dasturlar ham ma’qullandi.
1. 2015 – 2019-yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni ta’minlash chora-tadbirlari dasturi. Bunda qiymati jami 38 mlrd. dollarga teng bo‘lgan 870 ta yirik investitsiya loyihasi amalga oshiriladi.
2. 2015 – 2019-yillarda tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarni mahalliylashtirish hamda ishlab chiqarish dasturi. Bunda 1225 ta mahsulot turini o‘zimizda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Bu mahalliylashtirish dasturida 600 ta loyiha mavjud.
Sanoatni taraqqiy ettirish milliy iqtisodiyotning jahon xo‘jaligidagi mavqeyini mustahkamlash va raqobatbardoshligini oshirishning ustuvor vazifalarini bajarishga xizmat qiladi. Shu sababli mamlakatimizning mavjud tabiiy xomashyo, mehnat, ilmiy-texnik va tadbirkorlik salohiyatini bundan keyin ham sohani rivojlantirishga safarbar etish dolzarb bo‘lib qolaveradi.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasinыy rivojlantirishning Respublikamizda sanoatni rivojlantirishda hududlarning tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlari, geografik xususiyatlari hamda ekologik vaziyatni hisobga olgan holda sanoatning hududiy tarkibini takomillashtirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasinыi rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida «Sanoatning yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, avvalo, mahalliy xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tkazish orqali sanoatni yanada modernizasiya va diversifikasiya qilish» bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berilgan. Bu borada hududlardagi mavjud tabiiy resurs va mineral xom ashyo bazasi hamda mehnat resurslari imkoniyatlarini hisobga olgan holda sanoat ishlab chiqarishini hududiy tarkibini takomillashtirishga yo‘naltirilgan ilmiytadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi.
U asosan rayonlararo ixtisoslashuv bilan uzviy bog‘langan. “Olib chiqib ketuvchi”ga o‘ziga xos yondashuv zarur. Shuning uchun unga alohida urg‘u berilayotganinini ta’kidlab o‘tish lozim. Muayyan maxsulot ishlab chikaruvchi tarmoqning mintaqalararo tovar ayirboshlash koeffisiyentini umumiy hajmga nisbatan quyidagicha aniqlash Bu yerda art-rayon (=1,2,3, ..., n) i-tarmoq (i =1,2,3, ..., m)ning mintaqalararo mahsulot koeffisiyenti; wr- g-rayondan і - tarmoq mahsulotini olib chiqish; v-r-payonga і- tarmoq maxsulotini olib kirish; x-r- rayon і- tarmoq ishlab chiqarish hajmi[117; 71-b.). Mamlakatning barcha rayonlari uchun sof mahsulot chikaruvchi tarmok tahlilida eksport qiluvchi mintaqalarga olib chiqib ketishiga nisbatini ko‘rsatadigan mintaqalararo faollik koeffisiyentidan qo‘shimcha tarzda foydalanish mumkin: w - Di Em (w-v) Bu yerda V- faollik koeffisiyenti, і- tarmoqning, r- rayonlararo almashuvdagi hissasi[117; 71-b.]. Sanoat tarmoqlarining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobiga olishmintaqalar iqtisodiy tahlilining asosiy talablaridan biridir. Shuning uchun, ilmiy jihatdan turli tarmoqlarni o‘rganish barcha tarmoqlar uchun xos bo‘lgan umumiy tadqiqotlar uslubini qo‘llash zarurligidan dalolat beradi. quyidagi taklif etilayotgan sanoat tarmog‘i sxemasi mukammallikka da’vogar bo‘lmasa-da, u yoki bu maqsadlarga bog‘liq holda o‘zgarishi mumkin. Shu bilan birga, unga xos bo‘lgan asosiy masalalarni aniqlab berishda katta ahamiyatga ega.
1. Tarmoqning ijtimoiy ishlab chiqarish va hududiy mehnat taqsimotidagi roli. Mamlakat ishlab chiqarish kompleksi tarkibi va boshqa sanoat tarmoklari orasida uning holati, tarmoklararo bog‘lanishlarning xarakteri va yo‘nalishlari. Mamlakat industrial rivojlanishida tarmoqning ahamiyati. Tarmoq va ilmiy-texnik taraqqiyot. Tarmoqning rayon hosil qiluvchi funksiyasi. Uning sanoat kompleksi shakllanishiga ta’siri. Mamlakat industrial rivojlanishida tarmoqning o‘sishning uzoq muddat saqlanishi iqtisodiy rivojlanish oldida to‘sik bo‘ladi. Ilmiy adabiyotlarda korporativ strategiyaning bir bo‘lagi xisoblangan vertikal integrasiyani yakuniy maxsulot ishlab chiqaruvchi o‘zaro hamkor korxonalarning ma’lum bir guruhi yoki ishlab chiqarish zanjiri»ni tashkil etuvchi tuzilmasi sifatida tushuniladi. Neoklassik nazariyotchilar“ vertikal integrasiyani «ikki tomonlama qiymat keltiruvchi» texnologik zanjir hosil qiluvchi ishlab chiqarish kuchlarining to‘planishi sifatida qaraydi. Institusional nazariyotchilar esa vertikal integrasiyani tranzaksiya xarajatlarini qisqartirishning ma’lum bir shaklini hosil qiluvchi tuzilmalar sifatida e’tirof etadi. Sanoat tarmoqlarining foydali biznes faoliyatini samarali tashkil etishning asosiy yo‘nalishi sifatida R. Bleyer, D. Kazermanlarning16 qarashlari ham ustun hisoblanadi. Iqtisodiy rivojlanishning dastlabki bosqichlarida yirik va vertikal integrasiyalashgan korxonalar iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi, chunki bunday mulk shakli taqlid qilish uchun yanada qulayroq hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrining boshlang‘ich bosqichida yirik vertikal integrasiyalashgan tuzilmalar samaradorligini oshirish gipotezasini tasdiqlovchi bir qator tadqiqotlar mavjud." Qiyosiy ustunliklar bo‘yicha tadqiqot olib boruvchi nazariyotchilar" esa mahsulotning xayotiy yo‘li va texnologik yangilanish jarayonlarini amalga oshiruvchi yangicha boshqaruv shakli sifatida e’tirof etadi. ahamiyati. Tarmok va iqtisodiy rivojlanish. Tarmoqning mintaqaga ta’siri. Uning sanoat komplekslarini shakllanishiga ta’siri.
Tarmoqning rivojlanish darajasi va tuzilmaviy xususiyatlari. Tarmoqning iqtisodiy va texnik kompleksi. Tarkibiy elementlarining nisbiylik (tenglik darajasi. Ichki iqtisodiy aloqalarning o‘ziga xosligi. Korxona turlari. Ishlab chiqarish tuzilmasidagi zamonaviy o‘zgarishlar va rivojlanish.
3. Ishlab chiqarishni hududiy tashkil etish omillari. Tarmoqning xom ashyo manbalari, yoqilg‘i-energetika resurslari, ishchi kuchi to‘plangan markazlar, ilmiy markazlar va tayyor mahsulot iste’mol mintaqalariga nisbatan hamda texnik-iqtisodiy va texnologik xususiyatlariga ko‘ra joylashuvi. Infratuzilma roli. Transport omillari ta’siri. Korxonalarni samarali joylashtirish mezoni.
4. Tarmoqning iqtisodiy rivojlanishi va hududiy joylashtirish. Mehnat resurslari va moddiy-texnik baza, sanoat ishlab chiqarishning asosiy fondlari, ularning tarkibi va mintaqaviy xususiyatlari. Uning konsentrasiya, ixtisoslashish, kooperasiya va kombinatlashtirishdagi roli. 5. Tarmoqning tabiiy hududiy tashkil etish va rivojlantirish omillari. Xom ashyo va yoqilg‘i-energetika bazasi, ularning hududiy ko‘lami, foyda samaradorligi. Tabiiy sharoitning korxonalar joylashishiga ta’siri. Oddiy mehnat sharoitlarining mintaqaviy differensiyasi. Ishlab chiqarish ekologiyasi. Tarmoqning atrof-muhitga ta’siri. 6. Tarmoqning hududiy shakllanish tamoyillari. Tabiiy resurslar va ishlab chiqarishning texnik-texnologik, ijtimoiy aloqalar bilan bog‘liqligi. Iqtisodiy markazlar va mintaqalar hosil bo‘lishining tarixiy negizlari. Tarmoqning hududiy tashkil etish asoslari. 7. Zamonaviy ishlab chiqarish va hududiy mehnat taqsimoti. Tarmoqning hududiy tashkil etilish ixtisosligi. Tayyor mahsulot ishlab tuguni va markazining mahalliy iqtisodiy va tabiiy sharoit bilan alokadorligi. Hududiy ishlab chiqarishning boshqa sanoat tarmog‘i bilan alokadorligi.Xom ashyo, energiya, yoqilg‘i va tayyor mahsulotlar oqimi yo‘nalishi 8. Tarmoqning asosiy rivojlanish va hududiy takomillashtirish yo‘nalishlari. Yangi xom ashyo va yoqilg‘i - energiya bazalarini o‘zlashtirish, Ishlab chiqarish tarkibidagi o‘zgarishlar. Tarmoklararo aloqalarini kuchaytirish. Yangi iqtisodiy markazlarni yaratish. Tarmoqning iqtisodiy geografik holatining tavsifi ijtimoiy ishlab chiqarish va mamlakat ichki hududiy mehnat taqsimotidagi o‘rni va ahamiyatini aniklashga imkon beradi. Bunda alohida e’tibor mazkur tarmoqning boshqa sanoat tarmoqlari bilan aloqalari o‘rtasidagi o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashga qaratiladi. Bu yerda tarmoqlararo balans va mahsulot ishlab chiqarishni takomillashtirish muhim vazifa hisoblanadi. Har bir tarmoqning ishlab chiqarish aloqalari ikki tomonlama xarakterga ega. Ular xom ashyo, yoqilg‘i, energiya, har xil turdagi materiallarni yetkazib beruvchilar va tayyor mahsulotlarning iste’molchilari orqali amalga oshiriladi. Bu va boshqa hollarda sanoat tarmoqlari bir-biridan sezilarli farq qiladi. Foydali qazilma, O‘rmon va boshqa resurslarni ishlatish bilan bog‘liq korxonalar qayta ishlovchi sanoat tarmoqlariga nisbatan yetkazib beruvchilar bilan mustahkam aloqaga ega. Masalan, kimyo, neft-kimyo sanoati xom ashyo sifatida yoqilg‘i va uni qayta ishlash, kora va rangli metallurgiya chiqindilari va boshqa materiallardan ko‘p miqdorda foydalanishiga ko‘ra yetkazib beruvchilar doirasiga ega. Mashinasozlik ham sanoatning ko‘plab tarmoqlari mahsulotlarini o‘zlashtiradi. Lekin uning asosiy yetkazib beruvchilari qora va rangli metallurgiya bo‘lsa, elektroenergetika uchun asosiy elektr yetkazib beruvchi yoqilg‘i sanoati sanaladi. Yengil va oziq-ovqat tarmoqlararo balansia mavjud mahsulotni taqsimlanishi haqidagi ma’lumotlar bilan tavsiflanadi. Aloqalarning bu yo‘nalishi murakkab bo‘lib, u barcha tarmoqlar bilan birga aholini ham o‘z ichiga oladi. Sanoatning har bir yirik tarmogi keng iste’molchilar doirasiga ega. Bu borada yoqilg‘i va elektroenergetika sanoati o‘rtasidagi munosabatlar eng oldingi o‘ringa chiqib oladi. Chunki, bu aloqalar ishlab chikarish sanoatining barcha tarmoqlariga taalluqli. Ayrim tarmoklar mazkur aloqalarning umumiy tarmoqlarida muayyan istemolchilar uchun yo‘nalgan. Masalan, qora metallurgiya mahsulotining asosiy iste’molchilari mashinasozlik, kurilish materiallari, kimyo va neft-kimyo sanoati iste’molchilari mashinasozlik, yengil sanoat korxonalari, qurilish, O‘rmon sanoati iste’molchilari qurilish, yoqilg‘i sanoati va mashinasozlikka ixtisoslashgan istemolchilar hisoblanadi. Masalan, qurilish materiallari sanoati asosan qurilish, yengil va oziq-ovqat sanoati esa aholi ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Sanoatning iqtisodiy aloqalari ko‘p hollarda mahsulotni ichki iste’moli bilan o‘lchanadi. Sanoat mahsulotining 40 foizga yaqini sanoatning o‘zini iqtisodiy ehtiyojlarini qondirishga sarflanadi. Bu ishlab chiqarishni ixtisoslashish, kooperasiyalash va kombinatlashtirishning keng rivojlanishi natijasidir. Sanoatda mehnatning taqsimlanishi ta’sirida ichki tarmoq aylanmasi, ya’ni ayrim tarmoklar chegarasidagi ishlab chiqarish aloqalari mavjud. Tarmoqlararo alokalarning eng katta ulushi kora va rangli metallurgiya, mashinasozlik, kimyo va neft-kimyo, yengil va oziq-ovqat sanoatiga to‘g‘ri keladi. Sanoat tarmoqlari istemolchi va yetkazib beruvchilar bilan ishlab chiqarish aloqalarining xarakteri va intensivligiga ko‘ra kuyidagicha guruxlanadi: 1. Ta’minotchilarning nisbatan tor doirasiga va tayyor mahsulot bo‘yicha keng tarmoqlararo aloqalarga ega tarmoqlar - elektroenergetika, yoqilg‘i sanoati; Bu yerda: Zn - keltirilgan xarajatlar, S- iste’molchiga yetkazib berish hisobiga olingan holdagi mahsulot tannarxi, K-kapital mablag‘lar, En - samaradorlikning me’yoriy koeffisiyeti[117; 74-s.). Bu yerda kapital xarajatlar joriylari bilan kapital mablag‘larni samaradorlik koeffisiyenti orqali solishtirib o‘rganiladi. Tarmoqlar bo‘yicha tadqiqotlarni sanoatni hududiy tashkil etish muammolari yechimini topish bosqichlaridan biri sifatida qarash mumkin. Shu bilan birga, ular mustaqil ahamiyatga ega. Korxonalar, ishlab chiqarish va ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari. Sanoat ishlab chiqarishini xududiy iqtisodiy geografik nuqtai nazaridan o‘rganishning birlamchi ob’yekti korxonadir. Unga komplekslilik va hududiylik xos. Sanoat moddiy ishlab chiqarishning eng yirik va ilg‘or tarmog‘i sifatida mehnatning ijtimoiy taqsimlanishi va sanoat faoliyati bilan shug‘ullanadigan barcha korxonalarni o‘z ichiga oladi. Sanoat korxonalari turli-tumandir. Ular o‘zaro ishlab chiqarish ixtisoslashuvi va zichligi, mahsulot ishlab chiqarish xarakteri va vazifasi, texnologik jarayon tiplari, tashkiliy tuzilma va boshqa belgilarga ko‘ra farqlanadi. Korxonalar ixtisoslashgan, universal, sodda va murakkab tuzilmaga ega kombinatlarga bo‘linadi. Har bir sanot korxonasi bir necha ishlab chiqarish bo‘g‘inlaridan yoki syexlar (bo‘limlar)dan iborat.
AQSh – dunyoda iqtisodiy jihatdan eng yuksak darajada rivojlangan mamlakat. Yalpi milliy mahsulot, sanoat va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish hajmi, tovar va kapital eksport qilish, ishlab chiqarishning tuplanish va markazlashuvi, ilmiy tadqiqotlarga sarf-xarajat va sh.k. boʻyicha 1-oʻrinda turadi. Butun dunyodagi sanoat ishlab chiqarishning uchdan bir qismi AQSh ulushiga toʻgʻri keladi. Xalqaro boshqaruv taraqqiyoti instituti oʻtkazgan tadqiqot maʼlumotlariga koʻra2, 1994–96 yillarda iqtisodiy rivojlanish nuqtai nazaridan yetakchi davlatlar oʻrtasida ham AQSh birinchi oʻrinda turibdi. AQSh milliy daromadining 66,3 % sanoatda hosil qilinadi. Sanoat ishlab chiqarishning yarmiga yaqini sanoat korporatsiyalari qoʻlida.
Ular orasida: “Ekson”, “Mobil”, “Teksako”, “Shevron”, „Standard oyl of Kaliforniya”, „Standard oyl of Indiana”, “Galf oyl” neft, „Jeneral motore”, “Ford 5-motor”, “Kraysler” avtomobil, “IBM”, „Jeneral elektrik“, „ITT“ elektr mashinasozligi, „YU. S. Stil “poʻlat quyish, “Dyupon de Nemur” kimyo va boshqa korporatsiyalar bor. Harbiy sanoat korporatsiyalari orasida “Jeneral daynemiks”, “Lokxid”, „Makdonnel Duglas”, “Grumman”, “Xyuz eyrkraft” yetakchi oʻrinni
e gallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |