Kirish : SHEVA forscha so’zdan olingan bo’lib harakat tarzi, usuli ma’nolarini bildirib , tilnik fonetik ,leksik,grammatik umumiylikka ega bo’lgan bir yoki bir necha qishloqni o’z ichiga oluvchi kichik bir qismi, guruhi. Dialekt va shevalar adabiy tilni shakllanishida ishtirok etadi. Shevalar tilshunoslikning diolektologiya bo’limida o’rganiladi. O’zbek shevalarini o’rganishga G’ozi Olim Yunusov Ye.D.Polivanov va boshqa olimlar katta hissa qo’shganlar. Shevalar adabiy til tushunchasiga kirmaydi, biroq ular tilning quyi shakli va tarmoqlari hisoblanib, adabiy tilni boyitish uchun hizmat qiladi. Adabiy til me’yorlarining takomillashuvi, fan va madaniyat taraqqiyoti, shahar bilan qishloq o’rtasidagi tafovutlarning kamayib borishi kabi ekstralingvistik omillar tufayli shevalar ham asta sekin o’z hususiyatlarini yo’qotib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |