Maqsad: Og’izni bemalol ochish va yopish, til muskullarini bo’shashtirish. Til va lablarni berilgan holatda 5-10 soniya ushlapb turish. Mashq sekin astalik bilan bajariladi.Til og’iz ichida tinch holatda turishi kerak.Til uchi pastki tishlarga tegib turadi.
“TILNI TISHLASH”
Maqsad: Til muskullarini boshashtirishga intilish, qon aylanishini kuchaytirish, innervasiyani yahshilash. Tilni uchidan boshlab oxirigacha sekin-sekin tishlash. Til orqa va oldinga harakatlanib turadi.Bu mashq 5-10 soniya bajariladi.
Artikulyasiya mashqlarini analiz qilish
[S] va [Sh] tovushlar qanday farqlanadi?
[S] tovushini talaffuz qiling. Til, lab, tishlar qanday holatda turibdi?O’quvchilar tushingan holatda artikulyasiyani tog’ri holatini aytib berishlari kerak.
[S] tovushini talaffuz qilganda og’iz artikulyasiya holati: Lablar tabassum qilgan holatda, tishlar 1mm ochiq, til uchi esa pastki tishni orqa tamoniga tiralib turadi. Bunda sovuq havo chiqishi kerak.
|
[Sh] tovushini talaffuz qiling. Til, lab, tishlar qanday holatda turibti?O’quvchilar tushingan holatda artikulyasiyani tog’ri holatini aytib berishlari kerak.
[Sh] tovushini talaffuz qilganda og’iz artikulyasiya holati: Lablar ozgina oldinga chiqqan holatida, til uchi tanglayga ko’tarilgan. Bunda issiq havo chiqishi kerak.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |