Mavzu: Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar idrokjarayonlarini rivojlantirish



Download 56,81 Kb.
bet1/6
Sana30.04.2022
Hajmi56,81 Kb.
#599421
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar idrokjarayonlarini rivojlantirish


Mavzu: Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar idrokjarayonlarini rivojlantirish.
MUNDARIJA
KIRISH.
I BOB RUHIY RIVOJLANISHI SUSTLASHGAN BOLALAR IDROKINI O’RGANISHNING ILMIY NAZARNY ASOSLARI.
1.1. Muammoni o’rganish bo`yicha pedagogik, psixologik va metodik adabiyotlar tahlili.
1.2. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar idrokining rivojlanish xususiyatlari.
II BOB II-BOB. RUHIY RIVOJLANISHI SUSTLASHGAN KICHIK MAKTAB YOSHDAGI O`QUVCHILARNING SEZGI VA IDROKINI O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.
2.1. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning sezgi va idrokini tekshirish metodikasi.
2.2. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan kichik maktab yoshdagi o`quvchilarning sezgi va idrokini rivojlanirish buyicha korreksion-pedagogik ish mazmuni.
XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Respublikamiz ta’lim tizimida olib borilgan va olib borilayottan islohotlardan ko’zlangan maqsadlardan biri - har tomonlama barkamol va sog’lom avlodni shakllantirishdir. Bu boradagi asosiy g’oyalardan biri sifatida ta’lim-tarbiyani bolaning yoshligidanoq talab darajasida tashkil qilish zarurligi masalasiga e’tibor qaratilmoqda.
Bolalar bizning kelajagimiz, ularni qanday tarbiyalab, ta’lim bersak, kelajagimiz ham shunday bo’ladi. Bu o’rinda prezidentimiz I.A.Karimov: “Kelajakda O’zbekistan yuksak darajada taraqqiy etgan iqtisodi bilangina emas, balki bilimdon, ma’naviy jihatdan yetuk farzandlari bilan ham jahonni qoyil qilishi lozim. Mamlakatimizning mard fidoiy kishilar yurtiga, mehru-shavqat, muhabbat barqaror bo’lgan, tafakkur va ijod qaynagan muqaddas makonga aylanishiga aminman" degan so’zlari ta’lim-tarbiya sohasini mamlakatning rivojlanishidagi ustivor yo’nalishlardan biri ekanligidan dalolat beradi.
Bola yoshligidan atrofdagi kishilar bilan muloqatda bo’lib, bilim, ko’nikma va malakalarni egallaydi. U dastlab oila sharoitida va maktabgacha tarbiya muassasalarida, keyinchalik maktabda talim-tarbiya oladi. Bu bosqichlarda bolalarga ta’lim-tarbiya berishni to’g’ri yo’lga qo’yish yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish va uni egallash nutq orqali amalga oshiriladi.
Inson nutqi yordamida o’z fikrini, his-tuyg’ularini bayon etadi, hamda boshqalarning hissiyotlarini bilib oladi. Nutq faoliyati aloqa o’rnatish vositasidir. Nutq kishilarning til vositasi orqali aloqa qilish jarayonini tarixan tarkib topgan shaklidir. Nutqni egallash uchun qulay ijtimoiy va biologik omillar mavjud bo’lishi zarur. Agar shu omillardan biri buzilsa yoki yetishmay qolsa nutq buzilishlari yuzaga kelishi mumkin.
Nutq rivojlanish jarayonida bilish faoliyatining oliy shakllari tafakkur qobiliyatlari shakllanadi. Bolaning nutqi kattalar nutqi asosida rivojlanib boradi. Nutqning to’g’ri shakllanishi atrofdagilar nutqiga, nutqiy tajribaga, to’g’ri nutq muhiti va ta’lim-tarbiyaga bog’liq.
Nutqning tovush tomonini o’zlashtirishda eshitish boshqaruvchi analizator hisoblanadi. Fonematnk eshituvniig rivojlanishi bolaning ona tilidagi tovushlarni, ayniqsa, so’zning tovush tizimini tez va to’g’ri o’zlashtirib olishlarida muhim ahamiyat kasb etadi. So’zning tovush tarkibini to’g’ri idrok qilish uni to’g’ri eslab qolishning asosiy omillalaridan biridir. Bunda nutqiy muloqot muhim rol o’ynaydi.
Eshituv idroki bolada erta rivojlanadi. 2-3 xaftalik me’yorda rivojlanayotgan bolada nutqka, ovozga nisbatan ba’zi bir terma reaksiya boshlanadi; 5-6 oylarda u intonatsiyaga, keyinchalik nutqning ohangiga e’tibor beradi. 2 yoshga yetganda ona tilidagi hamma tovushlarni eshitadi va uni bir-biridan ajrata oladi. 2 yashar bolada eshitish nutqi tarkib topgan deb hisoblash mumkin, chunki u ona tilidagi hamma tovushlarni ajratadi, eshitish idrokining bunday darajada bo’lishi nutq orqali amaliy aloka qilish uchun yetarlidir.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarda esa eshitish idrok kech shakllanadi. Bolalar atrofdagi odamlar nutqidagi tovushlarni farklay olmaydilar, yangi so’zlarni o’zlashtira olmaydilar, artikulyatsion jihatdan o’xshash tovushlarni yaxshi ajrata olmaydilar. Eshitish idrokning yaxshi shakllanmaganligi bir tovushni ikkinchi tovushga almashtirishga, so’zning tovush tarkibini analiz qilishda qiyinchiliklarga olib keladi.
Tovushlarni analiz qilish yoki fonematik idrok qilish, so’zda qaysi tovush eshitilganligini va miqdorini aniqlash qobiliyati tekshirish maqsadida hamma yosh guruhlarida eshituv idrokini tarkib toptirish ishi olib boriladi.
Maxsus tashkil qilingan mashg’ulotlarda maktabgacha yoshdagi Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning eshtish idrokini shakllantirishda tovushlarni aniqlash, so’zdagi tovushlarni ajratish, sonini, o’rnini aniqlash ishlarini olib borish lozim. Nutqni to’g’ri shakllanishida fonematik eshituvning ahamiyati katta.
Ta’limni oldiga qo’ygan maqsadlaridan biri, maktabgacha tarbiya muassasalar turlarini ko’paytirish va rivojlantirishdir, maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalar idrokini o’stirish masalasi kun tartibida turgan eng dolzarb muammolaridan biri sanaladi. Ayniqsa, maxsus maktabgacha tarbiya muassasalari bolalarining nutqni idrok etishda qiyinchiliklarga uchrashi sezilib qolayapti. Bu esa, bolaning boshlang’ich maktabda o’qish hamda yozish jarayonida qiyinchiliklarga duch kelishiga olib keladi. Bola idrokini yaxshi rivojlanmaganligi, uning umumiy, aqliy, nutqiy taraqqiyotiga, umumiy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Nutqning tovush tomonini o’zlashtirishda eshitish boshqaruvchi analizator hisoblanadi. Fonematnk eshituvning rivojlanishi bolaning ona tilidagi tovushlarni, ayniqsa, so’zning tovush tizimini tez va to’g’ri o’zlashtirib olishlarida muxim ahamiyat kasb etadi. So’zning tovush tarkibini to’g’ri idrok qilish uni to’g’ri eslab qolishning asosiy omillaridan biridir.
Eshitish idroki nutqni tovush jihatdan o’zlashtirishda asosiy omil hisoblanganligi sababli uni takomillashtirmasdan turib yuqori samaralarga erishish mumkin emas.

Download 56,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish