Mavzu: Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar idrokjarayonlarini rivojlantirish


Ruhiy rivojlanishi sustlashgan kichik maktab yoshdagi o`quvchilarning sezgi va idrokini rivojlanirish buyicha korreksion-pedagogik ish mazmuni



Download 56,81 Kb.
bet5/6
Sana30.04.2022
Hajmi56,81 Kb.
#599421
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar idrokjarayonlarini rivojlantirish

2.2. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan kichik maktab yoshdagi o`quvchilarning sezgi va idrokini rivojlanirish buyicha korreksion-pedagogik ish mazmuni.
Nutqi to’liq rivojlanishda muammolari bo’lgan bolalarda sezgi va idrokini rivojlantirishda keng qo’llaniladigan usullar: predmetlarni yoki ularning tasvirini ko’rsatish, vazifalarni so’z bo’yicha bajarishdan foydalanildi. Keyinchalik tovushlar ichidan unli tovushlarni ajratish, so’zda birinchi unli tovushning belgisini ko’rish idroki bo’yicha aniqlash imkoni yuzaga keldi. Maqsadga yo’naltirilgan hamkorlik faoliyati oldindan tayyorlangan mashqlar negizida olib borildi. Bu mashqlarni o’tkazish jarayonida defektolog kichik rasmda tasvirlangan predmet va uning harakatini aytib, uni kimga berishni so’raydi. Bolalarning qaysi birining katta rasmida shu predmet bo’lsa, qo’lini ko’taradi. Masalan, "Bola o’tiribdi". Rasmlarga mos ko’rinishni ko’rsatish yo’li bilan savollarga javob berishdan keng foydalandik: "Kim yuguryapti?", "Kim o’tiribdi?", "Kim sakrayapti?" va boshqalar. Bu mashqlar orqali leksik materiallar ustida ishlanadi, natijada ayrim sodda ko’nikmalar shakllantiriladi.
So’zning tovush tarkibini analiz va sintez qilish bo’yicha ishlarda ma’lum izchillik ko’zda tutildi. Oldin bolalar bir bo’g’inli so’zlarni (yoz, osh, bosh, kuz, non, soch) so’ngra, ikki bo’g’inli so’zlarni (bola, lola, dala, ko’cha, arra, bog’cha) va uch bo’g’inli so’zlarni (yulduzcha, ko’rpacha, qo’g’irchoq, o’yinchoq) tahlil qilib bordilar. Bunda ona tilida leksik va grammatik materiallarni tanlash va uni maxsus tashkil etish katta ahamiyatga ega bo’ldi. Leksik va grammatik materiallarni tayyorlashda hamda saralashda elementar muloqotni ta’minlash, ular tomonidan grammatik shakllarni o’zlashtirish va uni o’rganishning o’ziga xos xususiyatlariga ahamiyat berildi. SHuningdek, mazkur jarayonda so’z tovush tarkibining murakkabligi va bolalarning yoshi ham hisobga olindi.
Tilning ko’rsatilgan elementlarini muvaffaqiyatli o’zlashtirish uchun mashg’ulotlarda leksik materialni turli faoliyat ko’rinishlarida takrorlash amalga oshirildi. Jumladan, tinglash, mos predmet va harakatlarni ko’rsatish yo’li bilan savol - javob o’tkazish, bolalarning javoblarinn to’g’rilab borish, eshitganlarni rasmga moslashtirish yoki predmetlar yordamida harakatni bajarish, maxsus didaktik mashg’ulotlar o’tkazish.
Bolalar diqqatini so’zning tovush tarkibiga jalb qilish maqsadida eshitgan paronim so’zlarni ko’rgazmalarga moslashtirish, aytilishi bir xil, lekin ma’nosi har xil omonim so’zlarga e’tiborni jalb qilish uchun mashqlar olib borildi. Masalan: Farxod sim-shim, usta-uchta, bosh-tosh kabi paronim so’zlarga mos rasmlarni to’g’ri va tez topib berdi. Rasmlar ichidan Munavvar o’t, qo’y, yuz va boshqa omonim so’zlarga mos rasmlarni topish va ularni izohlashga erishdi.
Kurs ishi natijalari Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarda tovushlar talaffuzini shakllantirishda logopedik ish tamoyillarini aniqlash imkonini yaratdi.
So’zlarni talaffuz qilish nuqtai nazaridan to’g’ri shakllantirishda quyidagilar yetakchi omil hisoblanadi:
a) bo’g’inlarning tuzilishi;
b) so’zning tovush tarkibi.
Shunga bog’liq ravishda u yoki bu tovush ustida maxsus mashqlar o’tkazilganda bir vaqtning o’zida so’zning tovush tarkibi mustahkamlab borildi. Nutqning fonetik jihatiga oid barcha ishlar so’z ustida ishlash jarayonida, logopedik ta’sirning turli bosqichlariga bog’liq ravishda amalga oshirildi.
3.2. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan kichik maktab yoshdagi o`quvchilarning sezgi va idrokini rivojlanirishda didaktik o’yinlardan foydalanish
Bilish faoliyatining holati, atrofdagilar bilan bolaning muloqotga kirishish imkoniyati, odob-axloq normalarini o’zlashtirish, ijtimoiy adaptatsiyaning muvaffaqiyatli bo’lishi ko’p jihatdan bola idrokining rivojlanish darajasiga bog’liq. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarni o’qitish va tarbiyalash tizimining asosiy vazifasi - ularning idrokini rivojlantirish yuzasidan ishlash hisoblanadi.
Ontogenezda fonematik funksiyalarni shakllantirishning qonuniyatlarini hisobga olgan holda fonematik idrokni, analiz va sintez qilish malakalarini shakllantirish bo’yicha hamkorlik mashg’ulotlari ma’lum izchillikda olib borildi: bo’g’in va so’zda tovushlarni aniqlash, birinchi va oxirgi tovushlarni aytish, tovushlarning ketma-ketligi va sonini hamda so’zda tovushlarning boshqasiga nisbatan joylashishini aniqlash va hokazo. Og’zaki nutqni idrok qilishni shakllantirish jarayonida Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarda fonematik idrok, analiz va sintez qilish operatsiyalarining o’ziga xos xususiyatlari hisobga olindi.
Fonematik idrokni rivojlantirishda quyidagi tamoyillarga tayanildi:
-funksiyalar buzilishini kompensatsiyalash (P.K.Anoxin, L.S.Vigotskiy, V.I.Lubovskiy);
-ta’limda o’qitishning yetakchiligi;
-eng yaqin rivojlanish zonasini hisobga olish (L.S.Vigotskiy);
-bolalarning potensial imkoniyatlarini hisobga olish.
Fonematik idrokni rivojlantirishda didaktik o’yinlar muhim ahamiyatga ega. O’yin va o’yin usullari til tizimining barcha darajalarida shug’ullanish uchun tovushdan to sintaktik qurilishgacha ishlab chiqish mumkinligi (R.M.Qodirova va F.R.Qodirova) kurs ishi ishlarida isbotlangan. Maxsus tashkil etilgan o’yinlar ona tilining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgandagina o’qitishda yuqori natijalarga, samaralarga erishish mumkinligi kurs ishilarda ta’kidlab o’tilgan.
Bunday o’yinlar pedagogik va defektologik ilmiy adabiyotlarda keng yoritib berilgan. Ular, odatda, nutqqa taqlidiy asosda, artikulyatsion apparatning harakatchanligini, tovushlarga taqlidiylikni, eshitish orqali farqlashni rivojlantirish maqsadida o’z-o’zini boshqarishga harakat qiladi.
Quyi sinflarda eshituv idrokini tarkib toptirish mashg’ulotlarida muzika asboblari, ovoz chiqaradigan o’yinchoqlardan foydalaniladi. Ular vositasida bolalar ovozining kuchi va harakterini ajratishni o’rganadilar. Masalan. «Qayerda chalindi?» o’yinida bir bola ko’zini yumib, qay tomonda qo’ng’iroqning ovozi kelayotganini qo’li bilan ko’rsatish kerak. Agar bola to’g’ri topsa tarbiyachi «to’g’ri!» degandan keyin ko’zini ochadi. Qo’ng’iroqni chalgan bola qo’lini ko’tarib, qo’ng’iroqni ko’rsatadi. Agar yanglishsa, topish uchuy unga yana bir marta imkon beradi, so’ng boshqa bola uyinga chiqariladi.
«Top-chi, nimani chaldilar?» o’yini ham keng tarqalgan o’yinlardan biridir. SHuningdek, sezgi va idrokini o’stirish faqat shunga o’xshash o’yinlardangini emas, balki radio, gramplastinkalar eshittirish usulidan ham foydalaniladi. «Bir muncha tinchlik» o’yinini o’tkazib turish, uni «Kim ko’p eshitadi?», «Xonada nima haqida gaplashayotirlar?» degan mashqlar bilan almashtirib turish lozim. Bu mashqlar davomida alohida bolalarga eshitgan narsalarni talaffuz eshitishni taklif qilish mumkin. (jumrakdan suv tomchilayapti, ko’chada mashina shovqini eshitildi, chumchuq chirqillayapti va boshqalar).
Nutq va so’zdagi tovushlarni idrok qilish va yaxshi tushunish uchun sezgi va IDROKINI rivojlantiruvchi o’yinlar, masalan: «Men nima dedim, top» didaktik o’yini o’tkaziladi.
Bolalardan bir necha metr narida turadi, keyin bolalar eshitib topishlari uchun lozim bo’lgan so’z yoki jumlani avval sekin, keyin shivirlab talaffuz etadi. Bolalarga o’yin qoidasi tushuntiriladi: «Men bir so’zni sekin aytaman, siz diqqat bilan eshiting va nima aytganimni toping. Men kimni chaqirsam, shu bola nima eshitganini aniq va baland ovoz bilan aytib beradi».
Bu o’yin dastlab ko’rsatma materiallar bilan o’tkaziladi. Defektolog bolalar oldida turgan o’yinchoqlarning nomini sekin aytadi va bolalarga qiyin bo’lmagan topshiriq beriladi. («Dilbar qo’g’irchoqni karavotga yotqiz», «Qosimjon bayroqchani vazaga qo’y»)
Logoped bu topshiriqlarni bolalarga qarab turib, bu esa bolalarni aytilgan so’zlarning artikulyatsiyasini ko’rib, tez topishlariga yordam beradi. Bir necha takrorlanishdan so’ng o’yin topshirig’i murakkablashtiriladi. Defektolog so’zni bolalarning orkasida turib talaffuz etadi, topshirik bir marta aytiladi. 4-5 bola chikib nima eshitganlarini aytadi, sung kim to’g’ri topganini aniklanadi.
Defektolog bolalarga eshitishi jihatidan bir-biriga yaqin bo’lgan so’zni topishlarini taklif qiladi. (Masalan: ko’k-ko’p, yil-yo’l, suv-sut, tiz-tis, tuz-tus) «Men nima dedim, top» o’yini 3-7 daqiqa davom etadi.
Ovoz sur’atini farq qilish uchun turli variantlardagi o’yinlardan foydalaniladi. Masalan: «Top-chi, kim chaqirdi?» degan o’yinda bolalar o’rtoqlarini ovozlaridan topadilar. Bolalarga qanday chaqirganligini (sekin, qattiq, tez, muloyim) aniqlash topshirig’i beriladi.
Defektolog o’yinda qo’llaniladigan so’zlarni oldindan tanlashi lozim. Tanlangan so’zlarning mazmuni bolalarga tanish bo’lishi, birinchi navbatda tanlangan so’zlar tovush tarkibi jihatidan qiyin bo’lmasligi, so’ng ovoz chiqarish (eshitish) jihatdan oson, lekin mazmuni har xil bo’lishi lozim. (Masalan: suv-sut, tiz-tuz). (eshituv diqqatini rivojlantirish buyicha o’yinlardan namuna keltiramiz.
«O’yinchoqni top» o’yini. Maqsad. Eshitish diqqatini va idrokini rivojlantirish.
O’yinning borishi: Bolalar yarim doira shaklida o’tirishadi. Defektolog yashirilishi lozim bo’lgan o’yinchoqni bolalarga ko’rsatadi, so’ngra bolalardan bittasini chaqiradi. CHiqqan bola yuzini teskari o’girib yoki ko’zini yumib turadi. Bu vaqtda defektolog o’yinchoqni bolalardan birortasini orqasiga yashiradi. Defektolog bo’ldi deyishi bilan chaqirilgan bola o’tirgan bolalarni oldiga yaqinlasha boshlaydi. Bolalar esa sekin-sekin chapak chala boshlashadi. Bola o’yinchoq yashirilgan joyga yaqinlashib kelsa, chapakni tez-tez, baland chalishadi, agarda o’yinchoq yashiringan joydan uzoqlashsa, chapak sadosi yana pasayadi. Tovushning kuchi bilan bola o’yinchoq faysi bolaning orfasida ekanligini topib oladi. O’yinchoq topilgandan so’ng,o’yin qayta boshlanadi.
Metodik ko’rsatma: Defektolog bolalarni chapagi kuchli va sekin chalinishiga doimo e’tibor berishga va uni boshqarib turishi kerak. Agar bola o’yinchoqni ko’p qidirsa-yu, topa olmasa, u vaqtda defektolog yordam berishi darkor.
“Kimligini top” o’yini
Maqsad: Eshitish diqqatini va idrokini rivojlantirish.
O’yinning borishi: Bolalar doira shaklida turib oladilar. Bir bolani o’rtaga chiqariladi va ko’z bog’lanadi. SHundan so’ng, xohlagan tomonga yura boshlaydi, qachonki u biron bir bolaga urilgachgina to’xtaydi. U urilgan bola avvaldan kelishilgan ovozda, masalan: "vov-vov", "miyov-miyov", "g’oq-g’oq" qichqiradi. Ko’zi boylangan bola ovoz egasi kim ekanligini topishi lozim bo’ladi. Agar ovoz egasi kim ekanligi to’g’ri topilsa, ko’zi boyloq bola boshqa bolalarga qo’shilib doira safiga kiradi, qichqirgan ovoz egasini esa ko’zi boylanib, o’yin davom ettiriladi. Biroq ko’zi boylangan bola ovoz egasini topa olmasa, uning ko’zi yana boylanib, ikkinchi marotaba o’yinda avvalgi vazifani bajaradi. SHu tariqa o’yin davom etadi.
“Kim diqqatliroq” o’yini.
Maqsad: So’zli nutqni rivojlantirish.
Jixozlar: Turli xil o’yinchoqlar: mashina, qo’g’irchoq, kubiklar va h.k.
O’yinning borishi: defektolog bir bolani yoniga chaqiradi va quyidagi topshiriqni beradi, masalan: quyonni olib, mashinaga o’tqaz. defektolog bolalarni kuzatib turadi, bunda bu gapni bolalar bir-birlariga aytib qo’ymasliklari kerak bo’ladi. Topshiriqlar oddiy va lo’nda qilib beriladi. Bola topshiriqni bajaradi va qanday ishni bajarganligini aytib beradi. Borgan sari defektolog bolalardan 3-4 metrdan 5-6 metrgacha uzoqlashib boraveradi. O’yinda oxirgi qolgan bola yutib chiqadi.
"Kimniki ko’proq?" o’yini
Maqsad: Rasmlardagi predmetlar nomida talaffuz etiluvchi tovushlarni topish. Jihozlar: Aynan bir tovush ishtirok etgan syujetli rasm.
O’yinning borishi: defektolog bolalarga masalan, "Poliz" rasmini ko’rsatadi. Rasm ko’rsatilgach, defektolog bolalardan "polizda bolalar nimalarni terganliklari"ni so’raydi. So’ngra bolalarga quyidagi vazifalar buyuriladi: "K", "R" tovushlari ishtirok etgan sabzavotlarni nomlarini ayting. Har bir to’g’ri javob bergan bolaga rag’batlantirish sifatida doirachalar berib boriladi. Kimning doirachasi ko’proq bo’lsa, o’sha uyinda yutib chiqadi.
"Bo’g’inlarga qarab ovoz chiqar" o’yini
Maqsad: So’zda bo’g’in sonini aniqlash va tahlil qilishga o’rgatish. Jihozlar: Baraban, surnay.
O’yinning borishi. Bolalar bir qator bo’lib o’tiradilar. Defektolog har bir bolaga alohida so’z berilishini va berilgan so’zning bo’g’inlar soniga qarab bola qo’lidagi baraban yoki surnayni shuncha marotaba chalishinn tushuntiradi. Defektolog bir bolaga qaratib «osmon» so’zini aytadi, bola osmon so’zida nechta bo’g’in ishtirok etgan bo’lsa, shuncha marotaba baraban yoki surnay chaladi. Defektolog bolalarga shu tarzda bir necha marotaba so’zlarni aytadi. Biror xatoga yo’l qo’ymagan bolalar o’yinda g’olib bo’ladilar.
XULOSA
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar idrokini o’rganish muammosi bo’yicha adabiyotlar tahlili va olib borilgan izlanishlarimizning natijasi quyidagi umumiy xulosalarga kelish imkonini berdi.
Ilk yoshda bolalar idrokining rivojlanishi ularni o’rab turgan atrof-muhit, narsalar va kattalar faoliyati bilan bog’liq. SHuningdek, kattalar bilan amaliy faoliyat jarayonida muloqot qilish ona tilini o’rganishdadir.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarda nutq rivojlanmaganligi qator manbalarning kompleks ta’siri (anatomo-fiziologik, ijtimoiy-psixologik) sababli turli murakkabligi bilan belgilanadi. Bu esa, o’z navbatida, tilning barcha komponentlari rivojlanishida muayyan qiyinchiliklarga olib keladi va maxsus o’qitishsiz nutqdagi nuqsonlarni bartaraf etib bo’lmaydi, shuningdek eshitish idroki rivojlanmaydi.
Izlanishimiz Ruhiy rivojlanishi sustlashgan kichik maktab yoshdagi o`quvchilarning sezgi va idrokini rivojlanirish xususiyatlarini o’rganishga qaratilgan bo’lib, Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarni ona tilida maxsus o’qitish va tarbiyalash mazmunini yaratish, shuningdek, ularning sezgi va IDROKINI rivojlantirish yo’llarini aniqlash, korreksion-pedagogik ishlarning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Olib borgan izlanishlarimiz natijasida Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar sezgi va Idrokining rivojlanishi orqada kolganligini aniqladik. Kichik maktab yoshdagi Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar nutqi, idrokining o’ziga xosligi, ularning bilish faoliyatining turg’un buzilganligiga bog’liqligini aniqladik. Olib borgan kurs ishilarimiz sezgi va idrokini holatini, qiyinchiliklarning harakteri va o’ziga xos tomonlarini, kelib chiqish sabablarini aniqlashga yordam berdi. Olib borgan izlanishimiz natijasida sezgi va idrokini rivojlanishi darajasiga ko’ra 2 guruhga, ya’ni fonematik tahlil bo’yicha ba’zi vazifalarni bajarishda qiynalgan, lekin xatolarga yo’l qo’yish orqali vazifalarni bajargan bolalar va fonematik idrok qilish imkoni rivojlanmagan bolalar guruhlariga ajratish imkonini berdi.
O’tkazilgan tekshirishlar quyidagicha xulosa qilish imkonini beradi:
1.Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarni o’rganish, o’qitish, tarbiyalash sezgi va idrokini son hamda sifat jihatidan o’ziga xosligini aniqla, diagnostika qilish va nutq o’stirish muammosini nazariy, metodik tomondan hal qilishda ob’ektiv malumotlar olish imkonini berdi.
2. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning sezgi va idrokini rivojlantirishda didaktik o’yinlarni qo’llash;
3. Korreksion-pedagogik ishda xalq pedagogikasi durdonalaridan foydalanish;
4. Maxsus bolalar muassasasida psixologik hamda pedagogik sharoitni ta’minlash.



Download 56,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish