Rossiya o`rmon resurslariga juda boy bo`lib (yogoch zaxiralari 75 mlrd. m3 deb baxolanadi), dunyodagi o`rmonlarning 25 %i uning xissasiga to`g`ri keladi. O`rmonlar Sibir, Uzoq Sharq, Rossiya Yevropa qismida (Shimoliy Dvina, Pechora, Kama (Rossiya Yevropa qismining shimoli) daryolari xavzasida to`plangan. Ammo, o`rmonlardan majmuali foydalanish darajasi jixatdan iqtisodiy rivojlangan mamlakatlardan ancha orqada.
Rossiya dunyo mamlakatlari o`rtasida nixoyatda xilma-xil o`simlik va xayvonot dunyosiga boyligi bilan ajralib turadi.
Rossiyada tabiatning go`zal manzaralari-flora va faunani saqlash maqsadida 100 dan ort tabiat qo`riqxonalari (33,3 mln. ga) va 5 ta milliy bog` (6,7 mln. ga) - Oltoy, Astraxan, Barguzin, Kavkaz, Pechora-Ilich va bod. tashkillangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |