Bu yallig‘lanish jarayonining ko‘z kosasi va kalla suyagi ichiga o‘tishi natijasida yuzaga keladi. Bu bevosita yallig‘langan joydan, qon yoki limfa yo‘llari orqali o‘tadi. Chunki burun va uning yondosh bo‘shliqlari bevosita ko‘z kosasi va kalla suyagi bilan chegaradoshdir.
Ko‘z kosasi asoratlari.
G‘alvirsimon bo‘shliqning yiringli yallig‘lanishi va yuqori suyakning chirishidan kelib chiqishi mumkin. Infeksiyaning sinusdan ko‘z kosasi sohasiga o‘tishiga ko‘z kosasining anatomik joylashishi, shuningdek, qon tomirlar va nervlar o‘tadigan qator anatomik tutash yo‘llar sabab boiadi. Ba’zi hollarda yallig‘lanish tug‘ma to‘liq bitmay qolgan yoriqlar (degissensiyalar) orqali tarqaladi.
O‘tkir frontitning ko‘z kosasidagi asoratlarining asosiy belgilariga ko‘z soqqasi harakatlanishining cheklanishi va pastga siljishi hamda og‘riq kiradi. Kasallikning boshla-nishida ko‘z kosasining yuqori medial devorida subperiostal abssess paydo bo‘ladi. Yuqori qovoqning harakati odatda chegaralangan, u qizargan va shishan bo‘ladi.

G‘alvirsimon labirint yallig‘langanda ko‘z kosasida va ko‘zda juda og‘ir asoratlar kuzatiladi.
G‘alvirsimon labirint orqa katakchalarining va ponasimon sinus yallig‘lanishining ko‘z kosasiga tarqalishi ko‘rish o‘tkirligining pasayishiga va ko‘ruv maydonining torayishiga, skotomaning kattalashuviga va boshqalarga sabab bo‘ladi. Yuqori jag‘ suyagi sinusining yallig‘lanishi kamdan-kam hollarda ko‘z asoratlariga sabab bo‘ladi, faqat sinus yuqori devorining suyak ustki pardasi ostida abssess rivojlanishi retrobulbar flegmonaga sabab bo‘lishi mumkin.