Mavzu: Rezistorlar. Kondensatorlar. Yarim o‘tkazgichli diodlar va tranzistorlar. Rezistorlar



Download 49,23 Kb.
bet1/4
Sana23.05.2022
Hajmi49,23 Kb.
#606861
  1   2   3   4
Bog'liq
Rezistorlar. Kondensatorlar.




Mavzu: Rezistorlar.Kondensatorlar. Yarim o‘tkazgichli diodlar va tranzistorlar.


Rezistorlar
Rezistorlar sxema elementlari orasidagi elektr energiyasini qayta taqsimlash va boshqarish uchun mo’ljallangan. Rezistorlarning ishlash prinsipi radiomateriallarning ular orqali oqayotgan tokka qarsilik ko„rsatish xususiyatlariga asoslangan. Rezistorlarning xususiyatlari bo„lib ulardagi elektr energiyani issiqlikka aylanishi va uning tashqi muhitga tarqalishi hisoblanadi.
Rezistorlarning klassifikatsiyalari va tuzilishi
Vazifasiga ko’ra diskret rezistorlar umumiy vazifali, pretsizion, yuqori chastotali, yuqori voltli, yuqori omli va maxsus rezistorlarga bo’linadi. Qarshiligining qiymati doimiyligiga qarab rezistorlar o„zgarmas, o„zgaruvchan va
maxsus turlarga bo’linadi. O’zgarmas rezistorlar qarshilikning fiksirlangan qiymatiga ega, o’garuvchan rezistorlarda ekspluatatsiya jarayonida qarshilikni o’zgartirish imkoniyati ko’zda tutilgan, maxsus rezistorlarning qarshiliklari tashqi omillar ta’sirida o’zgaradi: oqayotgan tok yoki qo„yilgan kuchlanish (varistorlar), temperatura (termorezistorlar), yoritilish (fotorezistorlar). Rezistorlar tok o’tkazuvchi elementning turiga qarab simli va simsizga ajraladi. Ekspluatatsiya qilinish xarakteristikalariga qarab diskret rezistorlar haroratga chidamli, namlikka chidamli, vibro- va zarbaga bardosh beruvchi, yuqori ishonchli va x.k. turlarga bo’linadi.

O’zgarmas rezistor tuzilishining asosiy elementi bo’lib yo plenkali, yoki hajmiy rezistiv element hisoblanadi. Materialning hajmiy qarshiligi kattaligi materialdagi erkin zaryad tashuvchilarning miqdori, temperatura, maydon kuchlanganligi va x.k. lar bilan aniqlanadi va ma‟lum munosabat orqali ifodalanadi


R=l/S, (1.1)
bunda
 – materialning solishtirma elektr qarshiligi;
l rezistiv qatlamning uzunligi;
S – rezistiv qatlam ko’ndalan kesim yuzi.
Maxsus rezistorlar
Maxsus rezistorlarga qarshiliklari tashqi omillarga: temperatura, yoritilganlik,
magnit maydon va x.k. bog’liq bo’lgan rezistorlar kiradi.
Varistorlar – qarsiligi unga qo’yilgan kuchlanishga bog’liq bo’lgan Yarimo’tkazgichli rezistorlar. Varistorlar kremniy garbid kristallari va ularni Bog’lovchi moddalarning qizdirib bitta yaxlit bo’lakka olib kelinishidan hosil qilinadi. Varistorning tayyor strukturasida kremniy kristallari orasida kichik bo’shliqlar (zazorlar) mavjud. Varistorga tashqi kuchlanish qo„yilganda bu bo’shliqlarning berkilishi ro’y beradi, natijada varistorning qarshiligi kamayadi.
Voltamper xarakteristikaning odatiy ko’rinishi quyidagi rasmda keltirilgan:


Varistorning parametrlari quyidagilar:


► nominal kuchlanish Unom;
► nominal tok Inom;
statik qarshilik R=Unom/Inom;
► differensial qarshilik rdif=du/di;
► nochiziqlik koeffitsiyenti =R/rdif.
Varistorlarning qarshiliklari kuchlanish o’zgarishi bilan sezilarli o’zgargani
uchun, ular avtomatika qurilmalarining boshqarish elementlari sifatida o’z
qo’llanishini topgan. Varistorlarning belgilanishida NQ (nochizig’iy qarshilik)
harflari mavjud.
Termorezistorlar – qarsiligi haroratga bog’liq holda o’zgaruvchi (1.1,a-rasm)
Yarimo’tkazgichli rezistorlar. Temperaturaviy xarakteristikaning nochiziqligi natijasida voltamper xarakteristika ham nochiziqli bo„ladi (1.1,b-rasm). Kichik toklarda VAX deyarli chiziqli (0M oraliq) bo„ladi, chunki termorezistorda ajralayotgan quvvat uni qizitish uchun yetarli bo„lmaydi. Katta toklarda rezistorning qarshiligi kamayadi, bu esa undagi kuchlanishning kamayishi bilan biga sodir bo’ladi.

Termoristorning parametrlari quyidagilar:


T=20C dagi nominal qarshilik Rn;
► qarshilikning temperaturaviy koeffitsienti QTK;
► maksimal yo„l qo„yilishi mumkin bo„lgan sochilish quvvati Pmax;
► vaqt doimiysi , 0C haroratli havoli muhitdan 100C haroratli havoli muhitga
O’tkazilganda rezistorning harorat 63% ga o„zgaradigan vaqtga son jihatidan teng kattalik.
Termorezistorlar haroratni o’lchash va boshqarish sistemalarida qo’llaniladi.
Termoristorlarning belgilanishida TQ (temperaturaviy qarshilik) harflari mavjud.
Fotorezistorlar – yoqug„lik ta‟sirida qarshiligi o„zgaruvchi yarimo„tkazgichli rezistorlar. Ular telemetriya sistemalarida yoritilganlik datchiklari sifatida ishlatiladi.
Tenzorezistorlar – mexanik ta‟sirlar ostida qarshiligi o’zgaruvchi rezistorlar.
Magnitorezistorlar – elektr qarshiligining magnit maydonga bog’lanishi keskin ifodalangan rezistorlar. Magnitorezistorlarning xususiyatlarini magnitorezistiv nisbat bilan baholanadi, u magnitorezistorning qarshiligi unu induksiyasi 0,5 T (yoki
1 T) bo’lgan magnit maydonga joylashtirlganda necha marta o’zgarishini ko’rsatadi.



Download 49,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish