51-modda. Voyaga yetmagan talim oluvchilar ota-onasining hamda boshqa qonuniy vakillarining huquq va majburiyatlari
Voyaga yetmagan talim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari bolaning oqishi, tarbiyalanishi, jismoniy, manaviy va intellektual rivojlanishi uchun masuldir.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari va talim tashkilotlari voyaga yetmagan talim oluvchilarni tarbiyalashda, ularning jismoniy hamda ruhiy sogligini muhofaza qilish va mustahkamlashda, shuningdek individual qobiliyatlarini rivojlantirishda ularning ota-onasiga hamda boshqa qonuniy vakillariga komaklashadi.
Voyaga yetmagan talim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari quyidagi huquqlarga ega:
jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bolgan bolalarga, shuningdek uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolgan bolalarga oilada talim olish imkoniyatini berish;
oilada talim olayotgan bolaning fikrini inobatga olgan holda uning oqishini talimning har qanday bosqichida talim tashkilotida davom ettirish togrisida qaror qabul qilish;
talim tashkilotlari bilan hamkorlik qilish, talim -tarbiya jarayonini takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, talim tashkilotlariga xayriya yordami korsatish boyicha takliflar kiritish;
talim tashkilotining ustavi va (yoki) boshqa tasis hujjati, litsenziyasi, davlat akkreditatsiyasi togrisidagi sertifikati, davlat talim standartlari, davlat talim talablari, malaka talablari, oquv rejalari va oquv dasturlari bilan tanishish;
talimning mazmuni, qollanilayotgan talim va tarbiya usullari, talim texnologiyalari bilan, shuningdek oz bolalarining oquv fanlarini ozlashtirishi natijalari bilan tanishish;
talim oluvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
talim tashkilotini boshqarishga doir masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish.
Voyaga yetmagan talim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bolishi mumkin.
Voyaga yetmagan talim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari:
oz bolalarini insonparvarlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, manaviy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashi;
bolalarining umumiy orta, orta maxsus talim yoki boshlangich professional talim olishini taminlashi;
bolalarining oquv mashgulotlariga qatnashishini taminlash va ozlashtirishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
oz bolalarining intellektual, manaviy va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratishi;
talim tashkilotining talim -tarbiya jarayonini tartibga soluvchi ichki tartib-qoidalariga rioya etishi;
jismoniy va yuridik shaxslar bilan munosabatlarda, shu jumladan sudda maxsus vakolatlarsiz oz bolalarining talim sohasidagi huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishi;
talim -tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shani va qadr-qimmatini hurmat qilishi shart.
Voyaga yetmagan talim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bolishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |