46-modda. Pedagog xodimlarning majburiyatlari
Pedagog xodimlar:
talim -tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shani, qadr-qimmati va ishchanlik obrosini hurmat qilishi;
oquv mashgulotlarini sifatli otkazishi;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, oqitish va tarbiyaning ilgor hamda innovatsion shakllari va usullaridan foydalanishi;
talim oluvchilarning psixologik va oziga xos xususiyatlarini, jismoniy va ruhiy salomatligini, fiziologik rivojlanishini hisobga olishi, jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bolgan shaxslarni oqitish uchun shart-sharoitlar yaratilishiga etibor qaratishi;
voyaga yetmagan talim oluvchilar bilan talim -tarbiya ishlarini ularning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari bilan hamkorlikda olib borishi;
talim tashkilotining ustaviga va (yoki) boshqa tasis hujjatlariga, ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etishi;
oz malakasini muntazam ravishda oshirib borishi, egallab turgan lavozimiga muvofiqlik jihatidan davriy attestatsiyadan otishi;
tibbiy korikdan oz vaqtida otishi shart.
Pedagog xodimlarning zimmasida qonun hujjatlariga, shuningdek talim oluvchi va talim tashkiloti ortasida tuziladigan shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bolishi mumkin.
Pedagog xodimlarga pedagogik faoliyatni amalga oshirishda axloq va etika normalariga zid harakatlar sodir etish taqiqlanadi.
Pedagog xodimlarning kiyim-boshiga doir talablar talim tashkilotlari tomonidan belgilanadi.
6-bob. Talim oluvchilarning, ular ota-onasining hamda boshqa qonuniy vakillarining huquq va majburiyatlari
47-modda. Talim oluvchilarning huquqlari
Talim oluvchilar quyidagi huquqlarga ega:
bepul asosda umumiy orta, orta maxsus talim va boshlangich professional talim olish;
yashash joyidagi (mikrohududdagi) davlat umumiy orta talim muassasasiga qabul qilinish;
talim olish shakllarini erkin tanlash;
davlat talim standartlari, davlat talim talablari va oquv dasturlariga muvofiq sifatli talim olish;
talim olish uchun ozining ruhiy xususiyatlari va fiziologik rivojlanishi inobatga olingan holda zarur shart-sharoitlarga ega bolish, shuningdek bepul psixologik-tibbiy xizmatlardan foydalanish;
davlat talim muassasasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq, professional talim va oliy talimning davlat talim standartlari talablariga binoan ishlab chiqilgan, ozi oladigan talimning mazmunini shakllantirishda ishtirok etish;
pedagog xodimlar va talim -tarbiya jarayonining boshqa ishtirokchilari tomonidan hayoti va sogligiga qilinadigan har qanday jismoniy hamda ruhiy zoravonlikdan, shaxsi haqoratlanishidan himoyalanish;
talim olish davrida dam olish va boshqa ijtimoiy ehtiyojlar uchun tatillar olish;
akademik tatillar va stipendiyalar olish, oqishni tiklash va oqishini boshqa talim tashkilotlariga, bir talim shaklidan, kasbdan, talim yonalishidan, mutaxassisligidan boshqasiga kochirish;
talim tashkilotini boshqarishga doir masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;
talim olish jarayonida talim tashkilotining oquv, uslubiy, ilmiy-ishlab chiqarish, madaniy, sport va maishiy obyektlari xizmatlaridan bepul foydalanish;
talim tashkilotining ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik, ilmiy-texnikaviy, eksperimental va innovatsion faoliyatida ishtirok etish.
Talim oluvchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bolishi mumkin.
Talim tashkilotlarida talim oluvchilarni talim olish bilan bogliq bolmagan ishlarga jalb etish taqiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |