Mavzu; RDB stanoklar klassifikatsiyasi. RDB stanoklarining konstruktiv
hususiyatlari.
RDB stanoklar BD bergan siljishlarning yuqori aniqlikda va tezlikda
bo‘lishini ta‘minlashi, shuningdek uzoq muddat ishlatilganda ham bu aniqlikni
berilgan chegaralarda saqlab turishi kerak. RDB stanoklarning konstruksiyasi,
odatda,ishlov berish turlarining birgalikda bajarilishini , detallarni qo‘yish va
olishni avtomatlashtirishni , asbobni almashtirishni avtomatik tarzda yoki
masofadan boshqarishni, umumiy avtomatik boshqarish sistemasi ichiga
o‘rnatish imkoniyatini ta‘minlashi lozim. Ishlov berish aniqligining yuqori
bo‘lishi stanokning tayyorlanish aniqligi va bikrligiga bog‘liq.
RDB stanoklarning konstruksiyasida qisqa knimatik zanjirlardan
foydalaniladi, bu esa stanoklarning static va dinamik bikrligini oshiradi. Hamma
ijrochi organlar uchun mexanik uzatmalar soni mumkin qadar kam bo‘lgan
mustaqil ( avtonom ) yuritma qo‘llaniladi. Bu yuritmalar juda tezkor bo‘lishi
kerak. RDB stanoklarning aniqligi oshishi uchun yuritmalarning surish
mexanizmlaridagi zazorlar yo‘qotilishi, yo‘naltiruvchi va mexanizmlarda
ishqalanishga bo‘ladigan isroflar kamaytirilishi, titrashg a chidamliligi oshirilishi,
issiqlikdan deformatsiyalanishi kamaytirilishi zarur.
Texnologik belgilari va imkoniyatlariga ko‘ra RDB stanoklar amalda
universal stanoklar kabi klassifikatsiyalanadi, chunki ularning ko‘pchiligi
universal stanoklar asosida tayyorlanadi.
RDB tokarlik stanoklari aylanish jsmlari tipidagi detallarning tashqi va
ichki sirtlariga ishlov berish, shuningdek tashqi hamda ichki rezba qirqish uchun
mo‘ljallangan.
Yassi va hajmdor korpus detallar ishlashga mo‘ljallangan RDB frezalash
stanoklari quyidagi operatsiyalarni bajaradi: bir qancha tomondan va turli
burchak ostida yassi, pog‘onasimon va kontur frezalash, parmalash, yo‘nib
kengaytirish, razvyortkalash, rezba qirqish.Detallarda teshiklarga ishlashga
mo‘ljallangan RDB parmalash- kengaytirish stanoklari parmalashga xizmat
qiladi.
RDB jilvirlash stanoklari to‘g‘ri chiziqli va egri chiziqli detallarning
tashqi, ichki vat ores sirtlarini jilvirlash uchun ishlatiladi. Bir o‘rnatishda
detallarga kompleks ishlov berish uchun mo‘ljallangan RDB ko‘p vazifali
stanoklar ( ishlov berish markazlari) kesib ishlov berishning deyarli hamma
operatsiyalarini bajaradi.
RDB elektro-erozion stanoklar tok o‘tkazuvchi materiallardan murakkab
shaklli detallarni elektr eroziya usuli bilan kesib olish uchun mo ‘ljallangan,
chunki bunday detallarni boshqa usullar bilan ishlash qiyin yoki mumkin emas.
Bu usulda detallarni korroziyaga qarshi moddalar qo‘shilgan suv yoki kerosin
muhitida uzliksiz harakatlanuvchi elektrod-latun, mis, molibden, volfram sim
kesib tayyorlaydi.
Boshqaruv tipiga qarab , RDB stanoklar turli RDB tizimlari: pozitsion,
konturli yoki aralash ( pozitsion-konturli) tizimlar bilan jihozlanadi.
Stanoklar past, o‘rtacha yoki yuqori darajada avtomatlashtirilgan bo‘ladi.
Past darajada avtomatlashtirilgan stanoklarda RDBQ dan boshqariluvchi ijrochi
organlarning siljishigina dasturlashtiriladi. Bu stanoklarda RDBQ lardan ijrochi
organlarga beriluvchi texnologik komandalar soni kam bo‘ladi. Bu komandalar
RDBQ da kodlangan holda saqlanadi, qayta ishlanmaydi va ijrochi organlarga
bevosita yoki stanokdagi elektroavtomatika qurilmasining kuch relelari orqali
uzatiladi.
O‘rtacha darajada avtomatlashtirilgan stanoklarda ko‘p miqdorda
texnologik komandalardan foydalaniladi. Bu komandalar qayta ishlashni talab
qiladi. Ularni odatda maxsus shkafga joylashtirilgan va releli yoki electron
sxemalardan iborat elektroavtomatika qurilmasi qayta ishlaydi. Komandalarni
qayta ishlash ularni deshifrovka qilishdan iborat, bunda RDBQ dan kelayotgan
komanda kodi stanikning ijrochi organlarini boshqaruvchi signallarga
aylantiriladi. Elektroavtomatika qurilmasi deshifrovkadan tashqari, turli
avtomatik sikllarni (asboblarni almashtirish, parmalash) boshqaradi. Yuqori
darajada avtomatlashtirilgan stanoklarda texnologik komandalarni RDBQ qayta
ishlaydi.
Asbobning almashtirilish usuliga ko‘ra RDB stanoklar quyidagi turlarga
bo‘linadi: asbobi qo‘lda almashtiriladigan va qo‘lda mahkamlanadigan stanoklar ,
asbobi qo‘lda almashtiriladigan va qo‘lda mahkamlanadigan stanoklar, asbobi
revolver golovkada avtomatik almashtiriladigan stanoklar , asboblar magazinida
saqlanuvchi asbobi manipulyator yordamida avtomatik almashtiriladigan
stanoklar :
Do'stlaringiz bilan baham: |