Raxit avj olgan davrda suyakdagi o‘zgarishlar
Mushaklarning tonusi pasayishi – gipotoniya, bog‘lamlar, bo‘g‘imlar tonusi pasayadi. Bemorlar orqasiga yotib oyog‘ini boshiga, xatto ensa suyagi tomoniga o‘tkaza oladi. Bundan tashqari chanoqning torayishi, yassi chanoqlik shakllanadi.
Qorni qurbaqasimon, ko‘p hollarda oq chiziq churrasi kuzatiladi. Bolaning statik va lokomotor funksiyasi rivojlanishdan orqada qoladi, ya’ni boshini ko‘tarishi, o‘tirishi, turishi, yurishdan orqada qoladi.
Raxitning og‘ir formalarida psixik rivojlanishdan orqada qoladi. Ko‘krak qafasining deformatsiyasi, muskul tonusining pasayishi, diafragma harakatining susayishi, nerv sistemasi tomonidan o‘zgarishlar, o‘pka ventilyasiyasining buzilishiga va bolaning zotiljam kasalligiga chalinishiga sabab bo‘ladi.
Raxitning II-III darajalarida gipoxrom anemiya, bioximik ko‘rsatgichlardan P qonda 1,03mmol/l dan pasayadi. Limon kislotasi pasayadi, aminoatsiduriya. Rentgenologik belgilar:
1. Suyakning o‘sish zonasining zararlanishi: birlamchi ohaklanish zonasining qisqarishi va aniq ko‘rinmasligi, epifiz va diafiz oralig‘i kengayib bakalsimon shaklni oladi.
2. Epifizar suyaklanish yadrosining o‘lchamlarikichrayadi.
3. Osteoporoz
4. Naysimon suyaklardagi yoysimon o‘zgarishlar.
5. Suyakning kortikal qavati noziklashishi.
Reparatsiya davri
Raxit belgilarining orqaga qaytish jarayonida nerv sistemasi tomonidagi belgilar yo‘qola boshlaydi, raxitning asosiy simptomlari:osteoporoz, osteomalyasiya yo‘qoladi. Bolaning uyqusi, ishtahasi, mushaklar tonusi, ichki a’zolar funksiyasi yaxshilanadi. Qonda noorganik P ning miqdori ko‘payadi, Ca miqdori esa pasaygan holda bo‘ladi.
Qoldiq davri
Bioximik ko‘rsatkichlarning mo‘tadillashishi raxitning faol fazasidan nofaol fazasiga, qoldiq asoratlar davriga o‘tganligidan dalolat beradi. Bu davr 2-3 yoshligidan boshlanadi. Raxitik protsesslar to‘xtaydi. Mushaklar gipotoniyasi, bog‘lam apparatining kuchsizligi to‘liq yo‘qoladi. Skletdagi o‘zgarishlar bir umrga saqlanishi mumkin (kvadratli bosh) tor chanoq, uzun naysimon suyaklarda X-O holatdagi deformatsiyalar saqlanishi mumkin.
Kechishi
6 oygacha (birinchi yarim yillikda). O‘tkir kechish kuzatilib, asab tizimida o‘zgarishlar, osteomalyasiya, osteoid to‘qimaning giperplaziyasi ustun turadi. Bioximik o‘zgarishlar kuchli – gipofosfatemiya, gipokalsemiya, ishqorli fosfataza aktivligi oshadi.
O‘tkir osti kechish davrida kasallik sekinlik bilan rivojlanadi, ostioid to‘qimaning giperplaziyasi o‘ta rivojlangan. Raxitik do‘mboqchalar, marvarid iplari, raxitik braslet, kam qonlik, mushaklar gipotoniyasi kuchaygan bo‘ladi.
Qaytalanuvchi kechishi shakli – sog‘ayishi va qaytalanishi davrining almashlab turishi, ayniqsa O'RVI, tez tez kasal bo'lib turadigan bolalar, noto‘g‘ri ovqatlanishda bo'lgan bolalarda.
Do'stlaringiz bilan baham: |