Karamdoshlar oilasi – Cruciferae.
Bu oilaga mansub o’simliklar bir yillik, ikki yillik o’t o’simliklar, buta va chala butalardan iborat, asosan Shimoliy yarim sharning mo’tadil va sovuq iqlimli viloyatlarida tarqalgan. Bu oilaning o’stiriladigan vakillari va begona o’tlari juda ko’p. Barglari oddiy, yon bargsiz, butun yoki qirqilgan bo’lib, poyada ketma-ket joylashgan. To’pgullari asosan shingilda o’rnashgan. Gullari aktinomorf, kamdan-kam zigomorf, ikki jinsli, gulqo’rg’oni murakkab. Gulkosa barglari 4ta erkin, tojbargi 4ta, qarama-qarshi holda butsimon joylashgan. Changchilari 6 ta, ikki guruxli, ya’ni ikkitasi qisqa va to’rttasi uzun changchi iplariga ega. Urug’chisi bitta, 2 ta meva barglarning birikib o’sishidan hosil bo’ladi, tugunchasi ustki. Gullari hashorot yordamida changlanadi. Mevalari qo’zoq yoki qo’zoqcha, ba’zan yong’oqcha. Urug’lari endospermsiz, ammo moy ko’p to’planadi. Karamdoshlar oilasi karam (Brassica), gorchitsa (Sinapis), qurtena (Sisymbrium), chitir (Euclidium), indou (Eruca), katran (Crambe), jag’-jag’ (Capsella), lepidium (Lepidium), turp (Raphanus) turkumlariga bo’linadi.
Gul formulasi: * Ca4 Co4 A2+4 G(2)
Jag’-jag’ turkumi – Capsella
Jag’-jag’ (achambiti) – Capsella bursa pastoris. Bir yillak, bo’yi 20 – 30 (ba’zan 60) sm ga yetadigan o’t o’simlik. Poyasi tik o’suvchi shoxlangan yoki shoxlanmagan. Ildizoldi barglari bandli, cho’ziq lansetsimon bo’lib, turlicha qirqilgan barg plastinkasiga ega. Poyadagi barglari mayda bo’lib, poyada ketma-ket joylashgan. Gullari shingilga to’plangan. Mevasi – qo’zoqcha. Aprel oyidan boshlab kuzgacha gullaydi, mevasi iyundan boshlab yetiladi. Jag’-jag’ o’simligi preparatlari tuqqandan keyin va bachadon kasalliklarida qon oqishini to’xtatish ucun hamda bachadon zaiflashganda uni tonuslovchi vosita sifatida ishlatiladi. Bundan tashqari uning tarkibida “C” va “K” vitaminlari mavjud.
Gorchitsa turkumi – Sinapis.
Bir yillik o’t o’simlik. Poya va barglari oddiy tuklar bilan qoplangan. Bu avlodga: oq gorchitsa (Sinapis alba), dala gorchitsasi (Sinapis arvensis), sarept gorchitsasi, qo’ng’ir gorchitsa (Sinapis junsea), qora gorchitsa (Sinapis nigra) kabi turlar kiradi. Gorchitsa preparatlari yallig’lanish xarakteriga ega bo’lgan kasalliklarda, miozit, bronxit va bod kasalliklarida qo’llaniladi. Uni yog’I ovqatga ham ishlatiladi.
Karam turkumi – (Brassica).
Bu avlodning vakillari bir, ikki yoki ko’p yillik o’t o’simliklar. Eng muhim turlaridan biri karamdir. Bosh karam (Brassica oleracea var capitofa) muhim sabzavot o’simlik hisobida ekiladi.
Brassica oleracea - Bosh karam
Capsella – Jag’ –jag’
Jag’-jag’ turkumi – Capsella
Karam turkumi – (Brassica).
Dala karami (Brássica olerácea)
1 — uchi; 2 — bargi; 3 — novdasi
Karambosh - o'sib chiqqan apikal kurtak
Sholg’om
Turp
R.Gorchitsa
O’sma turkumi – Isatis.
Bo’yoqbosh o’sma (Isatis tinctoria) ikki yillik o’t o’simlik bo’lib bo’yi 30- 100 sm ga yetadi. Ildizoldi barglari cho’zinch’q, bandli, chetlari notekis. Poyaga o’rnashgan barglari qalami-nashtarsimon yoki qalamibarg, o’troq, yubi bilan poyani bir oz o’rab turadi. Gullari sariq. Qo’zoqchasi 13-16 mm. Aprel-santabr oylarida gullab meva beradi. Asosan vohalarda madaniy va yovvoyi holda uchraydi. Bo’yoq olishda sanoatda keng foydalaniladi.
Chitir turkumi – Euclidium.
Bu turkumning keng tarqaldan turlaridan biri oq chitir (Euclidium syriacum) – erta bahorgi o’simlik, gullagan davrida oqsilga boy bo’ladi. Meva hosil qilgandan keyin, qattiq bo’lib efemer o’simlik hisoblanadi.
Turp turkumi – Raphanus.
Yovvoyi turp (Raphanus raphanistrum) bir yillik o’t o’simlik bo’lib, bo’yi 20-60 sm. Poyasi bir oz tukli. Barglari qilsimon tukli, arra tishli. Poyaning uchidagi barglari butun. May-iyun oylarida gullaydi va urug’laydi.
Madaniy turp (Raphanus sativus) ikki yillik sabzavot o’simlik bo’lib bo’yi 80 sm.ga yetadi. Ildizi yo’g’on, etdor. Guli oq, ppushti yoki binafsha rang. Aprel-iyun oylarida gullab urug’laydi.
Xulosa qilib aytganda bu oilaga kiruvchi madaniy turlar sabzavot o’simlik sifatida, tabiiy holda o’sadiganlari tibbiyotda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |