Narx orqali raqobatlashuv – narxni o’zgartirish hisobiga xaridorni o’ziga jalb etish va shu yo’l bilan raqibini bozordan siqib chiqarishni bildiradi. Narx bilan raqobatda tovarlar boshqalarnikidan arzonroq narxda sotiladi, bunda albatta bir tovarni sotishdan tushgan pul miqdori kamayadi, ammo narx arzonligi tufayli sotish hajmi ortadi, natijada yalpi pul tushumi ko’payadi. Biroq narxni har doim cheksiz tushirib bo’lmaydi. Shu sababli ishlab chiqarish va sotishdagi xarajatlarni qisqartirish tufayli narxlar arzonlashtiriladi. Yana ayrim vaqtlarda puldorlar qatnashadigan bozorlarda narxni oshirish usulidan ham foydalaniladi. Chunki puldorlar pulning betiga qaramay, zarur, kerakli tovarni xarid qiladilar, chunki ularga tovarni narxidan ko’ra, obro’ talab tovarga ega bo’lish muhim hisoblanadi. Obro’ talab tovarlar bozorida narxni bilish tovar sifatining yuqoriligi deb qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |