Mavzu. Raqamli iqtisodiyotning texnologik asoslari: blokcheyn va kriptovalyutalar


Blokcheynni qo'llashning afzalliklari va muammolari



Download 0,58 Mb.
bet3/7
Sana02.02.2022
Hajmi0,58 Mb.
#425240
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyotning texnologik asoslari Blokcheyn

2. Blokcheynni qo'llashning afzalliklari va muammolari
Olimlarning fikriga ko'ra, blokcheyn mavjud tizimlarga nisbatan inkor etib bo'lmaydigan afzalliklarga ega (2-rasm):

2-rasm. Blokcheynni qo’llashning afzalliklari
Blokcheynni ishlatishda bir qator qiyinchiliklar mavjud (3-rasm):

3-rasm. Blokcheynni qo’llashdagi muammolar
Blokcheyn tadqiqoti instituti asoschisi M.Svon ushbu texnologiyani uch yo'nalishda qo’llashni ajratib ko'rsatdi:
Blokcheyn 1.0 - bu valyutalar (kripto-valyutalar moliyaviy tranzaktsiyalar bilan bog'liq turli xil dasturlarda, masalan, pul o’tkazish tizimlarida va raqamli to'lovlarda qo'llaniladi);
Blokcheyn 2.0 - bu shartnomalar (har xil turdagi vositalar - aktsiyalar, obligatsiyalar, fyucherslar, ipoteka, aktivlar va shartnomalar bilan ishlaydigan iqtisodiyot, bozorlar va moliya sohasidagi dasturlar);
Blokcheyn 3.0 – faoliyat doirasi moliyaviy operatsiyalar va bozorlardan (hukumat, sog'liqni saqlash, fan, ta'lim va boshqalarga tegishli) tashqarida bo’lgan dasturlar.
Blokcheyn texnologiyasining asosiy ajratib turadigan xusysiyatlari quyidagilardir:

  • ma'lumotlar ko'p marta takrorlangan bo'lib, barcha qatnashchilar tomonidan yaratilgan va qo'llab-quvvatlanadigan taqsimot tarmog'ida saqlanadi, bu esa uni buzib kirishni amalda imkonsiz qilib qo'yadi;

  • xar bir axbopot o'z tarixiga ega bo'lib, bu axborotning kelib chiqishi va uning haqiqiyligini tekshirishga imkon bepadi;

  • ma'lumotlar to'plamini tuzish xysysiyatlari uni xakerlar hujumlariga yoki g'ayriqonuniy hapakatlarga nisbatan chidamli qilib qo'yadi.

Yaqin kelajakda blokcheyn texnologiyasi moliya sektori tamoyillarini sezilarli darajada o'zgartiradi. Ispaniyaning Santander banki tahlilchilarining fikriga ko'ra, blokcheyn yordamida moliya institutlarining xarajatlari 2022 yilgacha, birinchi navbatda, transchegaraviy to'lovlar va qimmatli qog'ozlar savdosida iqtisod qilish orqali 15-20 milliard dollarga kamayadi. Shuningdek bu vaqtda kelib global yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishidagi ulushi 2027 yil 10% bo'ladi.
Turli sohalardagi 160 dan ortiq xalqaro kompaniyalarni o'z ichiga olgan R3 guruhi 2017 yil noyabr oyida Ethereum blokcheyniga asoslangan Corda platformasini ishlab chiqdi va ishga tushirdi. Bu tizim aqlli shartnomalardan foydalanadi va faqat moliya institutlari tomonidan foydalanishga mo'ljallangan.
NASDAQ birjasi, London fond birjasi LSE va Yaponiya birjalarini birlashtirgan JEG kompaniyasi blokcheyn bilan tajriba o'tkazmoqda. Goldman Sachs tahlilchilarining fikriga ko'ra, birja savdolarida blokcheyndan foydalanish har yili mazkur sohada 6 milliard dollarni tejashga imkon beradi.
Ko'pgina tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, blokcheynni qo’llashning eng samarali sohalari naqd pul bilan operatsiyalar, ma'lumotnomalar, savdoni moliyalashtirish, chakana va xalqaro to'lovlar bo'ladi. Banklar blokcheyndan mavjud SWIFT banklararo tizimining o'rnini bosuvchi tizim sifatida foydalanishi mumkin.
Boshqa moliyaviy bo'lmagan bozorlarning ishtirokchilari ham e'tiborlarini blokcheyn texnologiyalariga qaratdilar va u taqdim etgan imkoniyatlardan foydalanish usullarini qidirmoqdalar (4-rasm).

4-rasm. Moliyaviy bo’lmagan sohalarda blokcheyn texnologiyasini qo’llash.
Blokcheynga aqlli shartnomalar asoslanadi: to'lovlar, etkazib berish shartlari va shartnomada belgilangan boshqa harakatlar inson ishtirokisiz mustaqil ravishda amalga oshirilishi mumkin. Aqlli shartnoma faqat barcha kelishilgan shartlar bajarilganda amalga oshiriladi. Masalan, belgilangan reja bajarilgandan keyingina xodimlarga bonuslarning to'lanishi yoki hisob raqamiga pul tushgandagina buyurtmalar yuborilishi va h.k.z.
Taqsimlangan reestr texnologiyasi soliq yig'ish, pensiya to'lash, pasport berish, erni ro'yxatga olish kitobiga yozuvlar kiritish, etkazib berish zanjirlari kafolatlarini oshirish va h.k.z. lar uchun davlat tuzilmalarida qo'llanilmoqda. Blokcheyn texnologiyasi sog'liqni saqlash tizimiga joriy etilishi bilan bemorning tibbiy kartasini yagona elektron identifikatsiya va autentifikatsiya tizimida yuritish mumkin bo'ladi.
Raqamli iqtisodiyotni amalga oshirish sohasidagi eng ilg'or mamlakatlar - AQSh, Xitoy, Digital 5 guruhi (Buyuk Britaniya, Isroil, Yangi Zelandiya, Janubiy Koreya, Estoniya) blokcheyn texnologiyasini tadqiq etish va qo'llash bo'yicha davlat dasturlarini ishlab chiqmoqda va moliyalashtirmoqda. Fuqarolarga ularning ma'lumotlari to'g'ri va xavfsiz joyda saqlanishiga kafolat berish imkoniyati Estoniyaga davlat va fuqarolarning ma'muriy yukini kamaytirgan elektron biznes registri va elektron soliq kabi elektron xizmatlarni ishga tushirishga imkon berdi.


Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish