Mavzu. Raqamli iqtisodiyotning texnologik asoslari: blokcheyn va kriptovalyutalar



Download 0,58 Mb.
bet2/7
Sana02.02.2022
Hajmi0,58 Mb.
#425240
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyotning texnologik asoslari Blokcheyn

Asosiy tushunchalar: raqamli texnologiyalar, blokcheyn, kripto valyutasi, bitkoin, xesh blok, huquqiy tartibga solish.

1. Ma'lumotni saqlashning taqsimlangan reestri texnologiyasining iqtisodiy asoslari (blokcheyn)
Blockcheyn texnologiyasi - bu shakllanayotgan tranzaktsiyalar bloklaridan iborat ma'lum qoidalarga muvofiq qurilgan zanjirdir. Barcha bloklar bitta zanjirga - blokcheynga (inglizcha block - blok, chain - zanjir) bog'lanadi. Ko'pincha bloklar zanjirining nusxalari tranzaktsiyalarda qatnashadigan barcha kompyuterlarda saqlanadi. Blokcheyn reestr sifatida ishlatilishi mumkin va unga istalgan tarmoqdan foydalanuvchi kirishi mumkin.
Mexanizm markazlashmagan boshqaruv tamoyilini amalga oshiradi va tranzaktsiyalarni tekshirish uchun P2P (peer-to-peer) tarmoqlari, kodifikatsiya va kriptografiya qo'llaniladi. Tranzaktsiyalarni dasturlash mumkin bo'lgan shartnomalar yordamida boshqarish mumkin.
Ushbu atama birinchi marta 2008 yilda bitkoin kriptovalyutasi bo’yicha tranzaktsiyalarning taqsimlangan ma'lumotlar bazasi nomi sifatida paydo bo'lgan. 2019 yil 21 yanvardagi 16-son “Kripto-birjalar faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan quyidagi ta'rif berilgan:
Blokcheyn — barcha ma’lumotlar ketma-ket qayd qilinadigan va bloklar bo‘yicha joylashtiriladigan taqsimlangan ma’lumotlar reestri, bunda har bir yangi blok oldingi blokka kriptografik imzo orqali bog‘lanadi;
Blokcheyn texnologiyasi foydalanuvchi nuqtai nazaridan turli xil ob'ektlar: hujjatlar, pul mablag'lari, mol-mulk, xizmatlar va boshqalar to'g'risidagi ma'lumotlarni yozish uchun ishlatiladigan taqsimlangan reestridir. Axborot texnologiyalari nuqtai nazaridan, blokcheyn - bu global, korporativ yoki mahalliy tarmoq asosida ishlaydigan taqsimlangan ma'lumotlar bazasidir. Ma'lumotlar bazasida ushbu tarmoq a'zolari tomonidan amalga oshirilgan barcha operatsiyalar to'g'risida ma'lumotlar mavjud. Ma'lumotlar bazasiga qo'shilganda yozuvlar bloklarga birlashtiriladi, har bir blokga uni oldingi blok bilan bog'laydigan kriptografik imzo qo'shiladi (1-rasm).

1-rasm. Blokcheyn texnologiyasining ishlash printsipi
Shuni ta'kidlash kerakki, blokcheyn nafaqat ma'lumotlar bazasi, balki ma'lumot mavjudligini isbotlashga imkon beruvchi tizimdir, ya'ni ushbu ro'yxatga olish texnologiyasi doc, pdf va hk formatdagi hujjatning o'zini emas, balki hujjatning mavjudligini tavsiflovchi kodni o'z ichiga oladi. Blokcheyn - bu ma'lumotlarni tizimning har bir foydalanuvchisi ko'rishi va ishlatishi mumkin bo’lgan, yuqori shaffofligi bilan ajralib turadigan texnologiyadir.


Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish