Mavzu: rahbarning faoliyat motivlari va uning induvidual xususiyatlari guruh a’zolari
IQTISODIYOT YO’NALISHI EK-77 GURUX TALABALARINING BOSHQARUV PSIXOLOGIYASI FANIDAN ORALIQ NAZORAT ISHI MAVZU: RAHBARNING FAOLIYAT MOTIVLARI VA UNING INDUVIDUAL XUSUSIYATLARI GURUH A’ZOLARI: REJA: I. Kirish. Rahbar va rahbarlik faoliyati II. Asosiy qism.
1. MOTIV VA UNING TURLARI
2. RAHBARNING FAOLIYAT MOTIVLARI
3. RAHBARNING INDUVIDUAL XUSUSIYATLARI
Rahbar – bu kim? 1. Rahbar ijtimoiy shaxs sifatida ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish resurslarini birlashtirib, uning asosiy harakatlantiruvchi kuchini boshqaruvchi sifatida omilkorlik bilan ish yurituvchi shaxsdir. 2. Rahbar har qanday ishni amalga oshirish uchun, avvalo, mustaqil qaror qabul qiladi. Bu qaror rahbarning tadbirkorlik, ishbilarmonlik faoliyati maqsadini belgilaydi. 3. Rahbar o’z sohasiga yangi g’oya, yangi tashabbus, yangi texnologiyalarni joriy etuvchi tadbirkor shaxs hisoblanadi. 4. Rahbar mehnati, ayni vaqtda tadbirkorlikka asoslangan mashaqqatli faoliyat hisoblanadi. Unga sarflangan kuch, mablag’ ba’zan vaqtincha foyda emas, zarar keltirishi, muassasa foyda o’rniga zarar ham ko’rishi mumkin. U bunday holatlarni oldindan ko’ra olishi va bunga tayyor turishi, zarur bo’lganda, faoliyatini qayta boshlashi, o’zida bunga kuch-g’ayrat topa bilishi lozim. Rahbar faoliyati Rahbarlik atamasi ishning ko’zini biladigan, kasbiga butun mehrini berib, o’zi, oilasi va butun el-yurtni o’ylab mehnat qiladigan, boshqaruv faoliyatini jon dildan seva olgan kishiga nisbatan ishlatiladi. Rahbarlik yuksak aql-farosat, ko’p kuch-g’ayrat, izlanish va topqirlikni, o’z ustida tinmay ishlashni, o’rni kelganda, zaruriy tadbirkorlikni talab qiladi. MOTIV VA UNING TURLARI Motiv (psixologiyada) — inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab boʻluvchi omil, vaj. Motiv shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo boʻluvchi ichki turtki hisoblanadi. MOTIV VA UNING TURLARI Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot, ideal va boshqalar motivlar jumlasiga kiradi. Hozirgi zamon psixologiyasida motiv atamasi subʼyektni faollashtiruvchi turli hodisa va holatlarni ifodalash uchun qoʻllanadi MOTIV VA UNING TURLARI Xatti-harakat va faoliyat motivlarining majmuasi motivatsiya deyiladi. Motiv ehtiyoj negizida vujudga keladi va shakllanadi. Ehtiyojning barqarorlashuvi motivatsiyaning samarali shakllanishini taʼminlaydi. Harakat faoliyatning tarkibi boʻlganligi tufayli u faoliyatning maqsadi va motiv orqali boshqariladi. Baʼzan "Motiv" tushunchasini "emotsiya", "maqsad", "ustanovka" atamalari bilan almashtirish hollari uchraydi. Goho turtki, qoʻzgʻovchi, undovchi tushunchalari bilan aynanlashtiriladi RAHBARNING FAOLIYAT MOTIVLARI Har bir rahbar o’z ishini yaxshi tashkil etishi uchun qo’l ostidagilarini yaxshi ishlashga undashi zarur. Buning uchun rahbar ishchilariga motivatsiya berishi kerak. Maslouning “motivlar ierarxiyasiga ko’ra insonning ehtiyojllari 5 turga bo’linadi: Maslouning “motivlar ierarxiyasiga ko’ra insonning ehtiyojllari 5 turga bo’linadi:
Komillikka intilish
Hurmattalablik
Sotsial
Himoyalanganlik
Fiziologik
RAHBARNING INDUVIDUAL XUSUSIYATLARI
Rahbar bir qator talablarga javob berishi kerak. “Rahbarlik qilish” degan so’zga izohli lug’atlarda boshqarish, maslahat berish, kuzatish, yo’naltirish, ko’rsatma berish degan turli ma’lumotlar berilgan.
Rahbar o’z huquq va vakolatidan umumdavlat manfaatlarini jamoa va xodimlarning shaxsiy manfaatlari bilan uyg’un olib borishda mohirona foydalanish zarur. Ammo davlat manfaatlariga putur etkazmasdan, shaxsiy manfaatlar umum manfaatlarga bo’ysinishi lozim.
Ishlab chiqarishni faqat jamoada obro’-e’tiborga ega bo’lgan rahbargina yaxshi boshqaraoladi. Ayni paytda shuni unutmaslik kerakki, obro’ faqat xizmat mavqei bilan emas, balki, avvalo, bilim, tajriba, ishga va xodimlarga munosabat bilan orttiriladi.
Rahbar vazmin, har qanday vaziyatda hamo’zini tuta biladigan, odobli va xushmuomala bo’lishi zurur. O’z xatti-harakatini nazorat qila oladigan, kayfiyati va sezgilarini tiya biladigan, yurish turishida bo’ysinuvchilarga o’rnak ko’rsatadigan bo’lishga majburdir.
Rahbarning xususiyatlari
Buyruq hammaga ham yoqavermaydi. Shu sababli bo’yinuvchi xodimlarga beriladigan farmoyish faqat bevosita buyruq shaklida bo’lmasdan, balki topshiriq va vazifa, maslahat tarzida ham bo’lishi kerak. Bu o’rinda quyidagi ibratli ish uslubini bilish foydadan xoli emas.
Rahbar bo’ysinuvchi xodimlarning fikr va maslahatlarini diqqat va hurmat bilan tinglashi, hatto shu takliflarga shaxsan qo’shilmagan taqdirda ham ularga osoyishta quloq solishi va muhokama qilishi lozim.
Rahbar intizom va tartibga rioya qilishini qat’iy talab qilishi va bo’ysinuvchilarning biron nojo’ya harakatini e’tibordan chetda qoldirmasligi kerak. Talabchanlik tarbiyaning asosi va ongli intizomning eng mustahkam zaminidir.
E’tiboringiz uchun rahmat!
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |