Mavzu: R- tovushini nutqqa qo`yish
Ta’limiy maqsad: Logoped xonasidagi jihozlarni ehtiyot qilishga va ehtiyoj sezilgan narsa-buyumlardan to’g’ri foydalanishga o’rgatish. O’quvchilarga artikulyatsion , nafas mashqlarini bajarishga o’rgatish, “R”-tovushini to’g’ri talaffuzi ustida ishlash, so’zlar mazmunini o‘zlashtirish, xulosa chiqarish malakasini oshirish.
Ta’rbiyaviy maqsad; O’quvchilarga kattalarga hurmat, o’zaro hamjihatlik, mustaqil fikrlash, o’ziga ishonch, vatanga muhabbat va mashg’ulot davomida ozodalikka o’rgatish.Ta’lim-tarbiya jarayonida beriladigan bilimlar yaxlit va ijtimoiy shart-sharoitlar, milliy va tarixiy ma’naviy omillar, umuminsoniy qadriyatlar mohiyatini tushuntirish.Yuksak insoniy fazilatlar mohiyatini anglatish, ularga ongli munosabatda bo’lish, yaxshini yomondan ajrata olish bilimini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad: Mashg’ulot jarayonida egallangan bilimlarni aniqlash, umumlashtirish, mustahkamlash. Sinfning boshqa a’zolarining fikrlarini tinglay olish ko’nikmalarini hosil qilish.
Korreksion maqsad: R-tovushini qo’yish uchun asosiy hisoblangan artikulyatsion mashqlarni bajarishni mashq qildirish. “R”-tovushini ochiq va yopiq bo`g`inlrda mustahkamlash.
Jihoz: Artikulyatsion mashqlarni bajarishni tartibi ko’rsatilgan rasmlar,
R-tovushining profili, harflar kassasi, ko`rgazma qurollar.
Mashg’ulotning borishi.
Tashkiliy qism: Salomlashish. Davomatni aniqlash. O’quvchilar bilan yil fasllari, hafta kunlari, kuz faslidagi o’zgarishlar haqida suhbat, artikulyatsion mashqlarni takrorlash.
Tilning statik mashqlari bajartirish: Belkurakcha, kosacha, ninacha, tepacha, naycha .
T ilning dinamik mashqlari bajartirish: Qo`ziqorin, otcha, soatcha, arg`imchoq, mazali murabbo, bo`yoqchi, g`altak.
Nafas mashqlarini bajartirish.
Burundan nafas olib, og`izdan chiqarish.
Burundan nafas olib, burundan chiqarish.
O’tgan mavzu:
O`quvchilar “R” tovushiga
hos qanday artikulyatsion mashqlarni bajargan edik?
L ablar jilmaygan holatda bo`lishi zarur. Tish bir barmoq oraliqda ochiq. Tebranish yuzaga klishi uchun bir nafasda zarb bilan “d-d-d-d-d-d-d-d-d” … tovushini tez –tez takrorlaymiz. Ohirgi tovushni kuchli talaffuz qilamiz. Tovushni ko`p marta takrorlaymiz.
MAVZUNI MUSTAHKAMLSH
“ R”-tovushini nutqqa qo`yish.
Endi tilni tebratuvchi mashqlarni bajaramiz. “Din-Din-Din”, din-din-din-din-din bo`g`ini uzoq muddat takrorlanishi natijasida o`pkadan chiqayotgan havo oqimini til uchiga yo`naltirib, “din-din-din-dring”, “dring-dring-dring” “r-r-r-r-r-r” tovushini o`quvchilarga talaffuz qildirib mustahkamlaymiz.
uyga vazifa:
O`quvchilar o`rgangan so`zlarini daftarga yozib berish
“r-r-r-r-r-r-r-r-r-r-”-tovushini talaffuz qilishni takrorlab kelish.
Mustaqil ishlash uchun qiziqarli mashqlar
Topishmoqlar javobida“R” tovushini toping va bolaga qulay bo’lgan topishmoqni yod oldiring.
Keng fazoni quchadi,
Oylab-yillab uchadi
(raketa)
Bir burchakda so`zlaydi,
Ham chaladi, kuylaydi.
Hamma uning so`zlagan,
Habarini tinglaydi.
(radio)
(arra)
(lola)
O’quvchilarni mashg’ulotdagi ishtirokini izohli rag’batlantiraman.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Логопедия: Тўғри талаффуз қиламиз ва ёзамиз , O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti. Автор: М.Ю.Аюпова, Ш.Д.Арипова
2.Логопедик ўйин. Ахмедова. З, Аюпова. М, Хамидова.М.Тошкент-2013й.
3. LOGOPEDIYA: kompleks mashqlar. R.Shomahmudova, Sh.Boltayeva.Toshkent-2015 y.
Do'stlaringiz bilan baham: |