Mavzu; Qutirish kasalligi



Download 348,37 Kb.
bet2/6
Sana22.06.2023
Hajmi348,37 Kb.
#952922
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ulug\'bek diplom ishi

Tadqiqod maqsadi: Bolalarga quturish kasalligini epidemiologik omillarni va oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
Tekshirish materiallari va ularning usullari:Shu maqsadda Samarqand viloyati Yuqumli kasalliklar shifoxonasida oxirgi 10 yil
qo’shimcha holda bemorda nafas olishning, yutinishning qiyinlashuvi, bundan tashqari bosh og’rig’i, talvasa sindromi, qayd qilish, akustikofobiya (qattiq ovozga qo’rquv) belgilari kuzatilgan. Bemorlar shifoxona sharoitida davolanishda simptomatik muolajalarini olishgan. Shundan so’ng bemorlarda bosh miya faoliyatining buzilishi, parez-paralichlar, nafas, yurak faoliyatining yetishmovchiligi sababli
o`lim yuz bergan.
Tekshirish natijalari:Samarqand viloyati Yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasiga 16 ta bemor murojaat qilgan bo’lib, ular 3-14 yoshdagi bolalar bo’lgan.Bolalarning yoshi bo`yicha 3 yoshdan to 6 yoshgacha 3 ta(18,75%), 7 yoshdan to 11 yoshgacha 10 ta (62,5%) va 12 yoshdan to 14 yoshgacha 3 ta (18,75%) tashkil etgan. Bolalarning aksariyati o’g’il bola 13 ta (81,25%)dan va 3 ta (18,75%) qiz boladan iborat.Bemorlarningmanzilgohlari taxlil etilganda Payariq tumanida 4 ta (25%), Pastdarg’om tumanida3 ta (18,75%), Bulung’ur tumanida 3 ta (18,75%), Tayloq tumanida 2 ta (12,5%) va Urgut, Ishtixon, Kattaqurg’on, Samarqand tumanlaridan 1 tadan (6.25%) bemorlar murojaat etgan. Shunisi e’tiborga molikki, bolalarning ko’pchiligi maktab yoshidagi bolalar bo’lib, kasallik bolalarda quturgan daydi itlar 10 ta (62.5%) va uy it va mushuklar6 ta (37,5%) tishlashi tufayli sodir bo’lgan. Zararlaninish bemorning 13 tasida (81,25%) qo`l va oyoqlar soxasidan, 2 tasida (12,5%) boshning yuz soxasidan va 1 tasida (6,25%) tanasining (bel soxasi) tishlanishi natijasida kelib chiqqan. Anamnestik ma’lumotlariga ko’ra, kasallikning yashirin davri bemorlarning7 tasida (43,75%)6 oydan to 10 oygacha, 6 tasida (37,5%) 3 oydan to 5 oygacha, 2 tasida (12,5%) 1 oyni va 1 tasida (6.25%) 2 oy davom etgan. Bemorlarning14 tasi (87,5%) it tishlagandan so’ng hattoki davolash muassasiga ham murojaat etmagan va jarohat sohasi tibbiy ishlov berilmagan, qolgan2 tasida (12,5%) boshning yuz soxasidan tishlangan jarohatidan so’ng tumanshifoxonasiga murojaat etgan va antirabik vaksina olishiga qaramasdan kasallik bolalarda rivojlangan.
Kasallikning boshlang`ich davrlarida9 tasida (56,25%) bir necha soatdan to 1 kungacha,5 tasida (31,25%) 2 kun va2 tasida (12,5%) 3 kun davom etgan. Kasallikning II-chi avj olish davri 10 tasida (62,5%)bir necha soatdan to 24 soatgacha,3 tasida (18,75%) 2 kun va 3 tasida (18,75%) 3 kun davom etgan. Kasallikning III-chi falajlanish davridabolalarda kasallik bir necha soatdan 18-20soatgacha davom etgan.
Ob’ektiv ko’rikda: bemorlarning axvoli og’ir, ularda kuchli qo`rquv hissi, tana haroratining 38,5-390C ga ko`tarilishi, yurakning tez urishi, aerofobiya, fotofobiya, gidrofobiya (suv oqishi, ovozini eshitish tufayli qo`rquv hissi) bularga ko`p tarqalganligini inobatga olib, bu tumanlarda
kasallikning epidemiologik holatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni va veterinariya nazoratini kuchaytirish lozim.
Kasallik asosan maktab yoshdagi bolalarda ko`p kuzatilganligi sabablimaktablarda, shu-ningdek, boshlangich ta’lim muassasalarida sanitariya-oqartiruv ishlarini yo’lga qo’yish, antirabik vaksina va immunoglobulinning naqadar muhimligini tushuntirish, ota-onalar orasida shu kasallik profilaktikasi bo`yicha ma’ruzalar tashkil qilish lozim.
Brusellyozning o’tkir osti shakli bilan og’rigan bemorlarning EKG larini tahlilini quyidagi jadvalda keltiramiz:
o’tkir osti brusellyoz bilan og’rigan bemorlarning EKG o’zgarishlari
Brusellyozning o’tkir osti shakli bilan og’rigan bemorlarning 78.9%ida sinusli taxikardiya, 5.2% ida sinusli bradikardiya, 15.7 %ida sinusli aritmiya, 10.5%ida qorinchalar ekstrasistoliyasi, 5.2%ida atrioventrikulyar blokadaning I darajasi, 21%ida qorinchalar ichi blokadasi, 36.8%ida qorinchalarning erta repolyarizasiyalanish sindromi, 21% bemorlarda miokardda diffuz o’zgarishlar tashxislandi. Brusellyozning surunkali shakli bilan og’rigan bemorlarning EKG larini tahlilini quyidagi jadvalda keltiramiz (3 jadval).
Surunkali brusellyoz bilan og’rigan bemorlarning EKG o’zgarishlari
Brusellyozning surunkali shakli bilan og’rigan bemorlarning 42.1%ida sinusli taxikardiya, 20% ida sinusli bradikardiya, 16 %ida sinusli aritmiya, 20%ida qorinchalar ekstrasistoliyasi, 16%ida atrioventrikulyar blokadaning I darajasi, 36%ida qorinchalar ichi blokadasi, 40%ida qorinchalarning erta repolyarizasiyalanish sindromi, 64% bemorlarda miokardda diffuz o’zgarishlar aniqlandi.O‘zbekistonda odam uchun kasallikning yetakchi manbai – itlar hisoblanadi. Kasallik hayvonlardan hayvonlarga va hayvonlardan odamlarga yuqadi. E'tiborli jihati, quturish odamdan odamga va odamlardan hayvonlarga yuqmaydi. Quturgan itda kasallik alomatlari ro‘yobga chiqishidan 10 kun oldin, ya'ni kasallik yashirin davrining oxirgi 10 kunida hamda kasallik boshlanganidan toki o‘lgunga qadar yuqumli hisoblanadi.Ta'kidlash o‘rinliki, bugungi kungacha quturish kasalligining davolash usullari ishlab chiqilmagan bo‘lib, eng dahshatlisi quturish kasalligi juda og‘ir kechib, kasallik 100 foiz o‘lim bilan tugaydi, ya'ni qiynoqli va dahshatli o‘lim qayd etiladi.Bu to‘g‘rida mashhur rus olimi Danilo Samoylovich quyidagicha fikr bildirgan: “Insoniyat dunyoga kelibdiki, qanchadan-qancha kasalliklarni boshidan kechirgan va ko‘rgan, ammo quturish kasalligiga mubtalo bo‘lgan bemor ahvolini ko‘rishdan ortiq qo‘rqinchli va dahshatliroq holat bo‘lmasa kerak!”Shuningdek, rus yozuvchisi Anton Chexov quturish kasalligiga duchor bo‘lgan nabirasini kuzatib, uni juda qiynalib jon berganini ko‘rgach, “Bir haftacha o‘zimga kelolmadim, telbanoma bo‘lib yurdim, shundan keyin, dunyodagi barcha itlardan ham, itboqarlardan ham ko‘nglim qolib ketdi”, - degan so‘zlarni o‘z esdaliklarida yozib qoldirgan.Tib ilmining sultoni Abu Ali ibn Sino o‘zining “Tib qonunlari” asarida suvdan qo‘rqa boshlagach birorta ham bemorni davolash yo‘li bilan o‘limdan olib qolib bo‘lmasligini ta'kidlagan. Bu kasallikda boshqa yuqumli kasalliklarda kuzatilmaydigan suvdan qo‘rqish, havodan qo‘rqish kabi alomatlar kuzatiladi va bemor juda qiynalib vafot etadi. O‘tmishda bu kasallikka “suvdan qo‘rqish”, ya'ni “gidrofobiya” deb bejiz nom berilmagan. Haqiqatdan ham quturish bilan hayvon kasallanadimi yoki odam kasallanadimi, yakuni aniq-dahshatli o‘lim.
Shu bois kasallikni davolashni emas, balki uni oldini olishni o‘ylash kerak. Quturish kasalligining oldini olish bilan nafaqat veterinariya va tibbiyot sohasi xodimlari, balki barcha, har bir kishi shug‘ullanishi lozim. Xususan, quturish kasalligining oldini olishda, hayvonlarni, ayniqsa itlarni saqlash qoidalariga rioya qilish, odamlarda quturish kasalligining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.Ming afsus bilan ta'kidlash joizki, aksariyat fuqarolar it saqlash qoidalariga rioya qilmaydi, itlarni o‘z vaqtida veterinariya ko‘rigidan o‘tkazib, quturish kasalligiga qarshi emlatmaydi. Itlar tishlashidan jabr tortayotganlarning 80 foizidan ko‘prog‘i aynan egali itlarga to‘g‘ri kelayotganligi ham fuqarolarning it saqlash qoidalariga rioya qilmayotganliklaridan dalolat beradi.Ba'zi fuqarolar uylaridagi iti kasal bo‘lsa yoki uni boqa olmasa, yo bo‘lmasa biror kishini tishlasa, itlarini ko‘chaga haydash, yashab turgan joyidan uzoqroq joyga itni adashtirib kelish bilan cheklanadi. Shundan keyin bu itlar qarovsiz, daydi itlarga aylanib qoladi. Bu daydi itlar esa quturish kasalligining asosiy manbai sifatida atrofdagilarga juda katta xavf tug‘diradi.
Statistika ma'lumotlariga ko‘ra, “tishlanish”larning 50 foizdan ortig‘i bolalarga va o‘smirlarga to‘g‘ri keladi. Ota-onalar bolalarni itlar bilan, ayniqsa ko‘chadagi daydi, qarovsiz itlar bilan o‘ynashlariga, ularni uyga olib kelishlariga zinhor yo‘l qo‘ymasliklari kerak, zero e'tiborsizlik va loqaydsizlik so‘nggi pushaymonga aylanmasin!

Ko‘chadagi qarovsiz, daydi itlar odamlar uchun quturish kasalligining asosiy manbai ekanligini unutmaslik kerak. It vaqti-bemahal hurib, kishilarni bezovta qiladi. Bo‘shalib ketgan itlar esa, kishilarni qopib olishi, turli jarohatlarga, kasalliklarga va hatto quturish kasalligiga chalinishiga sabab bo‘lishi mumkin. It ba'zida odamlar uchun “ajal” quroliga aylanib qolishi mumkinligini yoddan chiqarmaslik darkor.Quturish kasalligi insoniyatga qadimdan ma’lum bo‘lgan, barcha issiqqonli hayvonlar va odamlarda uchraydigan asab-tizimining og‘ir shikastlanishi bilan kechadigan hamda o‘lim bilan yakun topadigan o‘ta xavfli yuqumli virusli kasallikdir.“Quturish kasalligiga qarshi kurashish oyligi” doirasida Uchquduq tuman Sanitariya epidemiologik osоyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi, tumanda Quturish kasalligini oldini olish maqsadida xonadonlarda saqlanayotgan it, mushuk va boshqa chorva mollarini har yili veterinariya ko‘rigidan va ro‘yxatdan o‘tkazib, ularni yuqumli kasalliklarga tekshirtirish, yuqumli kasalliklarga qarshi emlatish zarurligi hamda uy hayvonlari va MSHM (mayda shohli mollar), YSHM (yirik shohli mollar mayda shohli mollar) kasal bo‘lsa, veterinariya vrachini chaqirtirishi va bu boradagi barcha ishlarni uning nazorati ostida o‘tkazilishi borasida targ’ibot tadbirlari va tushuntirish ishlarini olib bormoqda. Quyida keltirilgan ma’lumotlar, qutirish kasalligi haqida tushunchaga ega bo’lib ehtiyot choralari ko’rish uchun namuna bo’la oladi.
Qutirish kasalligi  Qutirish-kasalligi o‘tkir yuqumli tipik zoonos kasalligidir. Qutirish hayvonlardan yuqish yo‘li: qutirgan hayvon odamni tishlash natijasida yuqadi.
Bizning sharoitda uning tabiiy manbaalari qarovsiz qolgan uy hayvonlari, sichqonlar hisoblanadi. Kasallik hayvonning so‘lagi orqali yuqadi.
Qutirish kasali ko‘p holatda itlardan yuqadi. Odamlar o‘rtasida qayd etilayotgan qutirishning dastlabki ko‘rinishlari bilan bog‘liq xolatlarning o‘rtacha 20 foizi daydi itlarga, 80 foizi esa egali itlarga to‘g‘ri keladi. Bu it bilan muomalada ehtiyotkorlik zarurligini ko‘rsatadi.
Kasallikning inkubatsion yoki yashirin davri (14-15 kun), tugagach, kasallikka chalingan it jarohatdan qolgan chandiqni chaynaydi, chunki u erda og‘riq paydo bo‘ladi. It juda bezovtalanib, har tomonga yuguradi, egasi chaqirganda e’tibor bermaydi. Qorong‘u burchaklarga yashirinadi, sababsiz vovullaydi, ishtahasi pasayadi, yutinish va nafas olishda qiynaladi. It suv shildirashi va shamoldan qo‘rqadi, uzoq masofaga yuguradi. Yo‘lida uchragan odam va hayvonlarni tishlaydi. Og‘zidan so‘lak ajralishi kuchayadi, hurishi bo‘g‘iq bo‘ladi, pastki jag‘i osiladi. Keyin dumi va orqa oyoqlari falajlanib, kasallikning 7-8 kunida o‘limi kuzatiladi.
Kasallangan uy hayvonlari - it va mushuklar atrofdagi odamlar uchun katta xavf tug‘diradi. Qutirish virusi bilan zararlangan hayvon so‘lagida kasallik boshlanishidan 10 kun oldin qutirish viruslari ajrala boshlaydi. SHuning uchun ham har qanday tishlagan hayvon 10 kun davomida veterinar kuzatuvida bo‘lishi shart. SHu davr ichida agar hayvonda qutirishning biror belgisi paydo bo‘lmasa, it tishlagan kishi uchun hech qanday xavf yo‘q. Agar shu o‘n kun davomida unda qutirish kasalligi belgilari yuzaga kelsa, demak odam hayoti ham xavf ostida qoladi.
Qutirish kasalligining yashirin davri odamlardan 7 kundan 1 yilgacha, ko‘pincha 20-60 kun bo‘ladi. YAshirin davrning davomiyligi, jarohatning hajmi, qanday hayvon tishlaganligi, shuningdek, jarohat o‘rni qay darajada tozalab yuvilganligiga bog‘liq. Odamlarda qutirish kasalligining kechishi boshlang‘ich, spastik-qo‘zg‘alish, paralitik-falajlanish bosqichlarida bo‘ladi.
Kasallikning boshlanish holatida tishlangan jarohat chandig‘i sohasida uvishish, chumoli yurgandek qitiqlanish, tishlangan qo‘l yoki oyoqni sovuqdek sezish holatlari kuzatiladi. Bemor uyqusida bezovta bo‘ladi, kayfiyati tushadi, ishtahasi bo‘g‘ilib, og‘izi quriydi, ko‘ngli ayniydi, qusadi. Kasallikning 2-3 kunida ikkinchi bosqich boshlanadi. Havo etishmasligi, yutinishning qiyinlashishi, kuchli og‘riq sezish kuzatiladi. Tana harorati 39-40 darajaga ko‘tarilib, oyoqlar falajlanib, oxir-oqibat bemor vafot etadi. Kasallik 5-9 kun davom etadi.
Qutirish kasalligini davolab bo‘lmaydi, faqat emlash yo‘li bilan qutirgan it tishlagan kishining hayotini saqlab qolish mumkin. 1885 yilda fransuz olimi Lui Paster birinchi bo‘lib vaksina orqali emlash yo‘li bilan organizmda qutirishga qarshi immunitet paydo qilib, kasallikning oldini olishga yo‘l ochgan. 
Hayvonlar tishlashidan jabrlanganlarni qutirish kasalligiga chalinishini oldini olishning birdan-bir yo‘li - maxsus vaksina bilan to‘liq va o‘z vaqtida emlash kursini qabul qilish hisoblanadi.
Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishda jarohat toza suv bilan sovun yordamida yuvilsa, viruslar neytrallanadi va yo‘qoladi. Bunday yuvish 3 kun davom ettiriladi. Jarohat atrofiga yod surkab, steril antiseptik bog‘lam qo‘yiladi. Uch kungacha tishlangan jarohat atrofini kesish va tikish mumkin emas.
Qutirishga qarshi emlash kursini olish paytida shifokorlarning barcha ko‘rsatma va maslahatlariga qat’iy rioya etilishi shart. Qutirish kasalligining oldini olish uchun birinchi navbatda daydi, egasiz it va mushuklarni yo‘qotishi, uy hayvonlarini qutirishga qarshi emlashni to‘liq amalga oshirish lozim.
Uy hayvonlarini, ayniqsa, it va mushuklarni boqishda ma’lum me’yorlarga qat’iy amal qilish, daydi, qarovsiz it va mushuklar bilan bolalarning o‘ynashiga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Uyda saqlash uchun olingan it va mushuk bir hafta ichida hududiy veterinariya xizmati idoralarida hisobga qo‘yilib, ko‘rikdan o‘tkazilishi va qutirish kasalligiga qarshi emlatilishi shart. Itni ko‘chaga aslo chiqarib yubormang. CHunki daydi itlardan turli parazitar kasalliklar, shu jumladan, qutirish kasalligi yuqishi mumkin.
Itlar ko‘chada faqat zanjirga bog‘langan holda, tumshuq tasmasi bilan sayrga olib chiqilishi tavsiya etiladi. It egalari jabrlangan fuqarolarga yetkazilgan jismoniy, moddiy va ma’naviy hamda davlatga etkazilgan moddiy zararlarni qonun asosida to‘lashlari shart.
2005-yilgacha kasallikning klinik belgilari namoyon bo’la boshlanganda quturishni davolashning samarali usullari fanga ma’lum emas edi. Ko’pincha azobli holatni yengillashtirish uchun simptomatik vositalar bilan cheklanishga to’g’ri kelardi. Harakat qo’zg’aluvchanligi tinchlantiruvchi (sedativ) vositalar bilan bostirilardi, tutqanoqlar esa kuraresimon preparatlar bilan. Nafas buzilishlari esa traxeostomiya va bemorni sun’iy nafas apparatiga ulash bilan kompensatsiyalanardi.Hozirgi kunda virusi yuqganidan keyin, insonga kasallanishni oldini olish uchun bir qator inyeksiyalar qilinadi. Virus bilan kurashish uchun quturishga qarshi immunoglobulin beriladi. U quturishga qarshi antitanalarni darhol ishlab chiqilishiga imkon beradi va virusning kirib borishini oldini oladi. Shundan so’ng quturishga qarshi emlashni olish bu kasallikning oldini olishning kalitidir. Vaktsinalar 14 kun davomida beshta inyeksiya ketma-ketligida beriladi.Hayvonlarni nazorat qilish xizmati kishini tishlagan hayvonni tekshirish uchun uni izlab topishga harakat qiladi. Hayvon quturmagan bo’lsa, kishi inektsiyalar olmasligi mumkin. Biroq, hayvon topilmasa, eng xavfsiz harakat chorasi — bu davolash usullarini qo’llashdir.Quturishga qarshi vaksina qancha barvaqt olinsa, kasallikning oldini olish ehtimoli shuncha yuqori bo’ladi. Shifokorlar jarohatni sovun va suv yoki yod bilan kamida 15 daqiqa davomida yuvish orqali davolashadi. Keyin immunoglobin yuboriladi va quturishga qarshi emlash boshlanadi. Ushbu protokol «postkontakt profilaktika» deb nomlanadi.
Umuman olganda, atipikadan tashqari barcha shakllarda prodromal (birlamchi) bosqich bir xil. It letargik, letargik holga keladi, o'ynash urinishlariga e'tibor bermaydi. U tinchlikni, yolg'izlikni qidiradi, mebel ostida va qorong'u burchaklarda yashiradi. Ba'zan bunday ohangdorlik to'satdan kutilmagan mayinlik bilan almashinadi - it nimadandir kechirim so'rashga o'xshab o'zini xushnud etishga harakat qiladi, keyin yana qorong'i burchakka kiradi. Kayfiyatdagi bunday o'zgarishlar, albatta, egasini ogohlantirishi kerak. Uysiz itlar yuqtirish xavfi ko'proq - hech kim ularni emlamaydi, ularning boshqa hayvonlar bilan aloqasini nazorat qilmaydi. Bunday itlarda quturishni aniqlash faqat manik bosqichda mumkin - jag'ning sarkma, oqayotgan ko'pikli tupurik, ko'zlarning egilishi yo'lovchini ogohlantirishi kerak . Agar ko'cha itlaridagi quturishlar quturganlikda gumon qilinsa, ular darhol veterinariya nazorati xizmatiga xabar berishlari kerak - hayvon atrofdagi har bir kishi uchun xavf tug'diradi. Faqat sog'lom hayvonlar emlanadi. Emlashning taxminiy sanasidan bir yoki ikki hafta oldin, degelmintizatsiya amalga oshiriladi - mumkin bo'lgan gelmintik invaziyalarni davolash. Emlashdan oldin qurtlarni yuqtirgan hayvonlarga ruxsat berilmaydi.
[e'tibor turi = yashil] Jarayon kuni, ayniqsa emlash kunning birinchi yarmida bo'lsa, itni ovqatlantirmaslik tavsiya etiladi. Siz toza suv berishingiz mumkin. Agar emlash vaqti tushdan keyin bo'lsa, erta tongda engil, tez hazm bo'ladigan nonushta qilishga ruxsat beriladi.
Itlar uchun emlashlar jadvaliga ko'ra, birinchi emlash kuchukcha uch oylik yoshida amalga oshiriladi - tercihen birinchi tish o'zgarishidan oldin. Ba'zida, sog'liq uchun yoki veterinarning tavsiyasi bilan emlash olti oygacha kechiktiriladi. Agar uch oylik yoshdan oldin emlangan bo'lsa, immunitetni yanada barqaror shakllantirish uchun revaktsinatsiya ikki yoki uch haftadan so'ng amalga oshiriladi . Katta yoshli kuchukchalar uchun bitta vaktsina etarli.

Download 348,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish