Kanoppoyani baholash
Kanoppoya va ko‘k po‘stloqni baholashda, asosan,undan olinadigan uzun tolaning sifati hamda miqdori ehtiborga olinadi.Bu esa ko‘p faktorlarga bog‘liq Ekish va parvarish vaqtida hamma maydondagi kanop o‘simligiga sharoitlarini bir xilda yaratib bo‘lmaydi. Shuning uchun kanoppoya har xil morfologik belgilarga ega bo‘ladi. Ulardan texnologik ahamiyatga ega bo‘lgan asosiylari poyaning uzunligi,yo‘g‘onligi va rangidir.
Uzun kanoppoyada tola tutamlari eng zich, pishiq va elementar tolalari uzun bo‘ladi. Undan ko‘p miqdorda,pishiqligi yuqori bo‘lgan sifatli uzun tola olish mumkin. Shuning uchun,odatda,uzun poya yuqori baholanadi.
Tola miqdori va sifatiga qarab poyaning yo‘g‘onligi uzunligiga teskari proporsional bog‘lanishda bo‘ladi.Juda yo‘g‘on poyalardan kam miqdorda,sifatsiz tola olinadi. Buning sababi shundaki,juda yo‘g‘on poyalar asosan yog‘ochlik hisobiga yo‘g‘onlashgan bo‘lib,unda tola dastalari siyrak joylashadi, poyada tola dag‘al bo‘ladi.
Kanopning o‘sishi davrida sog‘lom kanoppoyalari orasida birmuncha tolasi pishib yetilmagan,uzun bo‘lishiga qarimay 3-4 mmyo‘g‘onlikka ega bo‘lgan zaif poyalar (podgonlar) ham uchraydi. Normal o‘sgan poyalar bilan podgonlarning texnologik va fizika-mexanikaviy xususiyatlarini tekshirish shu narsani ko‘rsatadiki,normal o‘sgan poyada podgonga qaraganda tola miqdori,ko‘p pishiqligini yuqori,ikkilamchi tolalarning qavatlari 4-5 marotaba ko‘p, texnikaviy tutam tola yirik bo‘ladi,elementar tolalar podgonnikiga qaraganda ikki baravar ko‘p. Shunday qilib,podgon poyasining tolalari soni va sifatiga qarab podgon poyalar sifatsiz poya ekanligi aniqlanadi.
Kanoppoya uchun standart namunalar tuzish. Xarqaysi seleksion sort va ko‘rinishga (ko‘k poya va urug‘lik uchun ekilganligiga) qarab har yili shu yilda tayyorlangan o‘ziga xos xomashyodan korxonaga qabul qilish boshlanishi bilan 10 kundan kechiktirilmasdan kanoppoya uchun standart namuna tuziladi.Poyaning standart namunasi sortlarga qarab quyidagi ranglari ruxsat etiladi.
I s o r t - och-yashil, yashil, och-sariq , och-jigarranng, och-kulrang poyalar. Poyada och-kulrang, kulrang va to‘q jigarrang doQlar yoki och-binafsha rang va to‘q-jigarrang yo‘llar, pastki kesilgan qismidan 15 sm gacha qorayishiga, ayrim qoraygan poyalar bo‘lishiga ruxsat etiladi.
II s o r t - yashil soyali to‘q-kulrang, to‘q-jigarrang, qizQish soya li binafsharang.Pastki kesilgan qismidan 40 sm gacha qorayishiga ruxsat etiladi. Po‘stloqi ivib qoraygan poya bo‘lishiga ruxsat etil gan.
III s o r t - har xil rangli, zamburug‘ kasali bilan zararlangan, po‘stloqi ivib qoraygan poyalar.
IV s o r t - har xil rangli, zamburug‘ kasali bilan zararlangan, do‘l urgan, qisqa tola olish uchun yaroqli poyalar.
Ko‘k po‘stloq uchun standart namunalar tuzish. Xarqaysi sort kanop po‘stloq uchun har yili tayyorlash boshlangandan so‘ng 10 kundan kechiktirmay shu yili tayyorlangan o‘ziga xos xomashyodan standart na-muna tuziladi.
Po‘stloq standart namunasida tashqi ko‘rinishi jihatidan quyidagi talablarga mos kelishi kerak.
I s o r t - po‘stloq lentasimon, yashil va och-yashil, sarQish rangda (quritish vaqtida aynigan). Po‘stloqning kesib olingan tag qismi qizQish,tag qismining ustki qavati salgina qoraygan bo‘lishi mumkin,
ammo zamburug‘ kasaliga bog‘liq bo‘lmasligi va tola soQlom, buzilmagan bo‘lishi lozim. Po‘stloqlar zamburug‘ kasali bilan zararlangan,singan, qirqilgan va uchlari chigallashgan bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
II s o r t - po‘stloq lentasimon, och tusda,yashil yoki och-yashil (qu ritish vaqtida aynigan), sarQish tusda bo‘ladi. Zamburug‘ kasali bilan salgina zararlangan bo‘lib, onda-sonda doQ tushgan, tag qismi qoraygan bo‘lishi mumkin. Po‘stloq singan, qirqilgan uchlari chigallashgan bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
III s o r t - po‘sloq uzun tola beradigan har xil rangli bo‘lishi mumkin, lekin qora bo‘lmaydi. Zamburug‘ kasali tekkan, tilingan, qir qilgan, bo‘ylamasiga ko‘pi bilan 10 sm uchi chigallashgan, bir joyda, ayniqsa uchidan yog‘ochligi bo‘lgan, xom ishlangan po‘stloqning bo‘lishiga ruxsat etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |