Mavzu: Quritilgan 15 tonna shaftoli mahsulotlarini qadoqlash uchun talab qilinadigan qadoqlash materiallari turi va miqdorini hisoblash. Reja:
1.Kirish. 2.Asosiy qism. 2.1. Quritilgan meva-sabzavotlarni qadoqlash texnologiyasi.
2.2. Shaftoli mevasini quritish texnologiyasi.
2.3. Shaftoli mevasini qadoqlash usullari.
2.4. Meva-sabzavotlar va shaftoli mevasining saqlashning xalq xo’jaligidagi ahamiyati.
2.5. Quritilgan 15 tonna shaftoli mahsulotlarini qadoqlash va miqdorini hisoblash.
3.Xulosa. 4.Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish. Yer yuzidagi aholi soni har xaftaga o’rtacha 1 mln. 200 ming kishiga ortib bormoqda va 2021 yil 3 yanvardagi ma’lumotlarga ko’ra 7 836 525 000 kishini tashkil etgan. Butun jaxon bankining ma’lumotiga ko’ra 2019 yilda yer yuzining aholisi 7,674 milliarni tashkil etgan. Birlashgan millatlar tashkilotining 2019 yildagi prognoziga ko’ra XXI asr oxiriga kelib yer yuzining aholisi o’sishdan to’xtab 2100 yil oxiriga kelib 10,9 milliard kishini tashkil etadi.
Hozirgi kunda inson bir kunda 800 gr.ga yaqin oziq – ovqat va 2 l suv iste’mol qilmoqda. Yer yuzi aholisining sutkalik oziq-ovqatga bo’lgan talabi 4 mln. tonnani tashkil etadi. Bundan tashqari olib borilgan hisoblarga ko’ra qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish sur’atlari aholi sonining o’sib borish sur’atidan orqada qolib boradi. Bu holat hozirgi kunda dunyo aholisining oziq – ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabi yetishtirilayotgan mahsulotga nisbatan 60 mln tonna ortiq ekanligini inobatga olsak ishlab chiqarilayotgan qishloq xo’jaligi hom – ashyosi va oziq – ovqat mahsulotlarini saqlab qolish asosiy vazifalardan biri ekasnligini anglab yetamiz.
Saqlash – bu mahsulotni bir holatdan boshqa holatga o’tkazish bosqichi bo’lib, bunda mahsulotning miqdori va sifatida minimal o’zgarishlar sodir bo’lishi ta’minlanadi. Biroq oziq – ovqatmahsulotlarini saqlashda yo’qotishlar sodir bo’ladi. Ishlab chiqarilgan oziq – ovqat mahsulotlarini saqlashda sodir bo’ladigan yo’qotishlar barcha mamlakatlarda sezilarli iqtisodiy ziyonlar keltirib chiqaradi. Masalan FAO ning ma’lumotiga ko’ra yer yuzida har yili ishlab chiqarilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlarining 30% gacha bo’lgan qismi yig’ishtirib olish, saqlash, tashish, hamda realizatsiya va iste’mol qilish vaqtida yo’qotiladi yoki tashlab yuboriladi. Global iqtisodiyot bundan yiliga 1 trln $ zarar ko’radi. Eng ko’p yo’qotishlar (20% dan ortiq) markaziy va janubiy Osiyoga to’g’ri kelmoqda. Eng ko’p yo’qotiladigan qishloq xo’jaligi mahsulotlari guruxiga ildizmevalilar, tuganaklilar, moyli o’simliklar (24% dan ortiq), meva va sabzavotlar (20% ga yaqin) go’sht mahsulotlari (12% dan ortiq) kiradi. Donli ekinlarning yo’qotilishi 6% ni tashkil etmoqda.
Oziq – ovqat resurslarini saqlash usullarini yaratish bo’yicha izlanishlarni insoniyat qadim zamonlardan buyon olib boradi. Qishloq xo’jalik mahsulotlarida ishlab chiqarishdan so’ng sodir bo’ladigan jarayonlarni bilmasdan turib, saqlash rejimlarini, hamda oxirgi saыlash muddati va saыlash xususiyatlarini bilmasdan mahsulotni to’g’ri va sifatli saqlash imkoniyatini yaratib bo’lmaydi. Har bir oziq – ovqat mahsuloti o’ziga xos saqlash rejimlari va xususiyatlarni talab qiladi.
Qadoq idishlari tovarlarning harakatlanishida bog’lovchi bo’g’in vazifasini bajaradi. Qadoq idishi tashiladigan mahsulotning saqlanuvchanligini ta’minlashi, transport vositalari va yuklash – tushirish ishlarini mexanizatsiyalashtirishda qo’llaniladigan vositalaridan maksimal darajada foydalanish imkoniyatini, hamda mahsulotni sotish va sotib olishda qulayliklar yaratishi lozimdir. SHu bilan birgalikda qadoq idishi iste’molchiga sotib olingan mahsulotni tegishli qo’rinishda yetkazib berishda xizmat qiluvchi ishlab chiqarish jarayonining tarkibiy qismi xisoblanadi.
Bu borada Respublikamiz Prezidenti I.A. Karimovning 2011 yilning 21 yanvar kuni Vazirlar Maxkamasining majlisidagi ma’ruzalarida biz bugun chorvachilik, g‘allachilik, meva va sabzavotchilik kabi soxalarda ilg‘or mamlakatlar tajribasini o‘rganish va uni amalda qo‘llashga, bizning iqlim sharoitimizda g‘oyat muxum ahamiyat kasb etadigan zamonoviy sug‘orish tizimlari va energiyani tejaydigan texnologiyalardan foydalanishga etarlicha e’tibor beramayotganligimizni aytib, “2011-2015 yillarda O‘zbekiston sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi dastur tasdiqlanganligi haqida to‘xtalib o‘tdilar.
Shu bilan bir qatorda qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jixozlash, iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini jadal yangilash biz uchun eng muhum ustivor vazifa sifatida izchil davom ettirilishi takidlandi.
Respublikamiz qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasining hozirgi etapdagi asosiy vazifalari: xom ashyo etishtirish joylarida zamonaviy qayta ishlashssex va zavodlarini joylashtirish, dunyo bozorida konserva mahsuloti assortimenti va miqdori mavqeini mustahkamlash, kelajak uchun real istiqbol rejaga ega bo‘lishdir. Korxona rivojlanish shakli, uni yuqori organlar tomonidan rivojlanishni boshqarish mexanizmi shakllanishi kerak. Ishlab chiqarish tarmog‘i inqirozdan himoyalanish choralari ko‘rilishi kerak.
Shuning uchun bugungi kunning qishloq xo‘jalik mutaxasislari qishloq xujaligi mahsulotlarini etishtirish, saqlash va qayta ishlash texnologiyalarini puxta bilishlari katta amaliy axamiyatga ega. qishloq xo‘jalik mahsulotlarining sifatini bilish, standartlash sistemasi bilan tanishish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasining o‘zlashtirilishi mahsulot sifatini oshiradi va nobudgarchilikni imkoni boricha kamaytiradi.
Bu borada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash jarayonida tayyorlanayotgan mahsulotlarning turlari ortib bormoqda. SHu bilan bir payitda mahsulotlar assortimetiga qarab ular qadodoqlanadigan idishlar ham xilma xilligi bilan ajralib turadi.