2.2. Shaftolini quritish texnologiyasi
Quritish uchun shaftolining shirin yoki nordon – shirin navlaridan foydalaniladi. SHaftoli mevasi etining rangi navidan kelib chiqib oq, yashiltob – oq, sarg’ish, oq – sariq, to’q – sariq, qizg’ishtob, tim qizil bo’ladi, ta’mi yaxshi, xushta’m, shirin va parxezlik xususiyatiga ega. SHakliga ko’ra dumaloq, ovalsimon, yassi va cho’zinchoq. Meva danagi etidan oson ajralishi lozim. Mevaning o’rtacha kimyoviy tarkibi (mevaning umumiy massasiga nisbatan % da): suv – 86,5%, uglevodlarning umumiy miqdori –10,4% (qand – 9,5%), kletchatka – 0,9%, oqsil – 0,9%, kul – 0,6%, organik kislotalar –0,7%. Qanlardan miqdor bo’yicha ustunlik birinchi saxaroza, so’ngra glyukoza va fruktozaga tegishlidir.
SHaftolining xushta’mligi uning tarkibida chumoli, sirka, valerian va kaprin kislotalar va atsetaldegid va linalool efirlarining miqdori bilan belgilanadi. Mineral moddalardan kaliy, fosfor, kaltsiy, magniy, temir mavjud.
Mikroelementlardan shaftoli tarkibida alyumin, mis, tsink va boshqalar aniqlangan.SHaftoli tarkibida organik kislotalardan olma (0,2...1,0%) va faol kislotalar 3,6...5,2% ni tashkil etadi.
Etilgan yoki yetilmagan quyidagi holatdagi mevalar quritishga yaroqsiz hisoblanadi: beshtadan ko’p chandig’i bo’lgan; uchtadan ko’p yengil urilgan va beshtadan ko’p shikastlanishi bo’lgan; quyosh nuridan hosil bo’lgan dog’lar maydoni umumiy yuzaning 12% dan ortiq bo’lgan; uzunoyoq bilan zararlanish oqibatida uchtadan ortiq yoki boshqa hasharot tomonidan zararlanish oqibatida bitta chandiq mavjud bo’lgan mevalar ham quritishga yaroqsiz deb topiladi.
SHaftoli xom – ashyosini quritishga tayyorlash o’rik singari amalga oshiriladi.
Standartga ko’ra shaftoli danaksiz, meva egatchasi bo’ylab qirqilib, ikki pallaga ajratilgan va danagi olingan holda, kimyoviy ishlov berilib yoki ishlanmasdan quritiladi. Ba’zi hollarda shaftolining mayda mevalari danagi bilan ham quritiladi. Yuqori sifatli quritilgan mahsulot olish uchun shaftoli mevasini oldingugurt bilan dudlashdan oldin xom – ashyo po’stlog’ini ishqorli eritma yordamidatozalash tavsiya etiladi. Buning uchun shaftolini qaynab turgan 2...3% kaustik soda eritmasiga 90 sekuntgacha botirib olinadi.
SHaftoli mevasi po’stini ishqorli eritma yordamida tozalashda xom-ashyo massasining 7,5...9,5% gacha yo’qotish sodir bo’ladi. SHaftolini ochiq havoda quyoshda yoki sun’iy usulda quritiladi.Quritilgan shaftolida 48...52% gacha uglivodlar, 2...4,3% ga kislotalar va 1,2...2,3% gacha karotinoidlar mavjud. Xom –ashyodan tayyor mahsulot chiqish miqdori 14...15% ni tashkil etadi.
Quritish quyoshda yoki quritgichlarda amalga oshiriladi.
SHaftolini tunnelli quritgichda quritish quyidagicha:
Quritish agenti harorati, C.
– boshlag’ich..........................................................................................80-84
– yakuniy......................................................................................................50
Mahsulot namligi,%
– boshlag’ich..........................................................................................88-89
– yakuniy................................................................................................17-18
Mevalar miqdori, kg.
–g’alvirli padnosda......................................................................................25
– aravachada..............................................................................................625
Quritish davomiyligi, min. ...............................................................720-840
Yuklashlar oralig’idagi interval, min.....................................................60-85
Tayyor mahsulot namligi,%........................................................................17
Tayyor mahsulot chiqish miqdori,% ................................................... 14-15
Quritilgan shaftolining sifatidan kelib chiqib tayyor mahsulot quyidagi tovar navlarga ajratiladi: oliy, birinchi va xo’raki navlar. Ta’mi va xidi shaftoliga xos. Oltingugurt angidridining yengil hidi kelib turishiga ruxsat etiladi. Begona hid va ta’larsiz. Rangi: ishlov berilgan shaftoli uchun – bir tusli, danakning joyi qoramtir och jigarrang, eti och sariqdan jigarrangacha; ishlov berilmagan shaftoli uchun –jigar gangdan to’q jigar rangacha bo’ladi.
Shaftoli asosan avtomashinalarda yoki ressorli aravachalarda 10-12 kilogramli qutilarga solib tashiladi. Agar ustma-ust ortiladigan bo‘lsa, ularga ortiqcha shaftoli solinmaydi. Mevani urintirmay ehtiyotkorlik bilan tashish lozim. Yuk ortish va tushirishda panshaxali avtoyuklagichdan foydalaniladi. Unga o‘rnatilgan taxtalar ustiga qutilar qo‘yiladi. Meva solingan qutilar xlorli ohakning 0,5-1,0 % li eritmasi bilan dezinfeksiya qilinadi. Keyin toza suv bilan chayib quritiladi. Olingan xom ashyoni imkoni boricha tezroq qayta ishlanishi lozim. Ammo, yaxshi yetilmaganiga ko‘ra, uning bir qismi saqlab qo‘yiladi. Shaftoli qutilarga so -linib, bostirma yoki shamollatib turiladigan binoda balandligi 1,5 me-trli shtabellarda saqlanadi. Ular orasida ochiq joy qoldiriladi.
Yeyishli bo‘lgan mevalarni ko‘pi bilan 16 soat, yetilishiga 3-4 kun qolganida uzilganlarini 3-4 kungacha saqlash mumkin. Shtabellarga mevaning rangi uzilgan payti, hashorat va kasalliklarga qarshi dorilanganligi xususida yorliqlar osib qo‘yiladi. Qayta ishlashda mevalarning quritish maydo nchasiga qachon keltirilganligiga katta e’tibor berish kerak.
Hosilni quritishga tayyorlashda navlarga ajratish, katta-kichikligiga qarab xillash katta ahamiyatga ega. Xom ashyo ajratilganda undan turi va rangi bir xil mahsulot olinadi. Mevalar katta-kichikligiga qarab har xil tartibda tozalanadi. Bundan tashqari qaynoq suvda quritib olinadi quritish muddati ham har xil bo‘ladi.
Bizning Respublikamiz iqlim sharoitida meva va sabzavotlarni uzoq vaqt tabiy sharoitda saqlash ular sifatini pasayishi, fizik og‘irligini kamayishiga olib keladi. Shuning uchun ham meva va sabzavotlarni quritish muhim ahamiyatga ega. Quritilgan mahsulotlarni yuklash-tushirish, saqlash uchun juda qulay shu bilan birga bu mahsulotlar nafaqat uy sharoitida balki har xil ekspeditsiyalar va yo‘lovchilar uchun ham bebaho, sifatli mahsulotdir.
Respublikamizning iqlim sharoitining harorati yuqori havo namligi past bo‘lishi meva va uzumni oftobda quritish uchun juda qulay bo‘lib hisoblanadi. Oftobda quritilgan mahsulot, sun’iy quritilganiga nisbatan sifati bo‘yicha juda yuqori baholanadi.
Quritish maydonining har bir kvadrat metriga tilimlab kesilg an olmadan 5-8 kg, olxo‘ridan 14-16 kg, olcha va gilosdan 8-10 kg, ikkiga bo‘lingan o‘rik yoki shaftolidan 10-12 kg, uzumdan 12-15 kg dan joylashtirish mumkin.
Quritish muddati mahsulot turi va quritish usuliga qarab ham birmuncha farq qiladi. Masalan, ikkiga ajratilgan o‘rik 5-10 kunda, butunligicha qo‘yilgan o‘rik 10-15 kunda, ikkiga ajratilgan shaftoli 8-12, uzum 20-25 (dorilanmagani), ishqor bilan ishlov berilgani esa 6-10 kunda qurib tayyor bo‘ladi.
Quritishdan oldin yirik-maydaligiga, pishish darajasiga qarab sortlarga ajratilgandan keyin , dudlashdan oldin tukli shaftolilar ishqor eritmasi bilan ishlov beriladi. Shundan keyingina po‘stini ajratish yengillashadi. Sortlarga ajratilgan shaftolini patnislarga 2-4 kg dan solinib 1-3% li kaustik soda eritmasida 30-90 sekund saqlanib, keyin sovuq suv bilan yuvish tavsiya etiladi. So‘ngra po‘stidan ajratilgan mahsulot ikkiga ajratilib danagi olingandan keyin ichki tomonini yuqoriga qaratgan holda patnislarga qo‘yilib dudlashga o‘tkaziladi.
Po‘stidan ajratilgan hamda danagi olingan shaftoli butun holida po‘ sti bilan kuritilganga nisbatan 2-3 baravar tezroq quriydi. Dudlash har kilogram mahsulot uchun 1-1,5 gramm oltingugurt hisobida 60-80 minut davomida o‘tkazilishi lozim. Yirik donali shaftolilar uchun oltingugurt me’yorini biroz oshirish yoki dudlash vaqtini uzaytir ish mumkin. Dudlangan shaftolilar patnislarda quritish maydonchasidagi so‘kchaklarga qo‘yiladi.
Quritishni tezlashtirish uchun shaftolilar har 2-3 kunda ag‘darib chiqiladi. 5-7 kun o‘tgandan keyin, ya’ni qoqi namining 2/3 qismi kamayganda patnislar soya joyda ustma –ust qilib taxlab oxirigacha quritiladi. Quritish 12-22 kun davom etadi. Quritilgan mahsulot tarkibidagi namlik 18% dan yuqori bo‘lmasligi lozim. Qoqi qo‘lga olib ezilganda egiluvchan, ammo sinmaydigan, ichida nam qolmagan bo‘lsa, tayyor hisoblanadi.
Shaftoli qoqining qanddorligi 50-65%, kislotaliligi 3,0-5,0%, quruq mahsulot chiqishi 15-22% atrofida bo‘lishi mumkin.
Mevalarning eti tig‘iz bo‘lishi lozim. Pishib quritishga yaraydi. Ammo bunday mevalar xom ashyo saqlanadigan maydonchada turgan paytda pishib yetilishi lozim. Bunday shaftolidan yaxshi qoqi olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |