Qurilishni boshqarishdagi asosiy boʼgʼinlar Hozirgi sharoitda qurilishni boshqarish taxminan quyidagi sxema boʼyicha boradi: qurilish boshqarmasi - qurilish tresti - qurilish birlashmasi yoki vazirlik. Hozirda qurilish vazirliklari va idoralari boshqarish sahnasidan chiqib kechayotgan bir davrda, qurilish sanoatining asosiy boʼgʼinlari boʼlib, Oʼzbekiston Respublikasining «Korxonalar toʼgʼrisida»gi qonuniga muvofiq faoliyat yurituvchi qurilish trestlari va firmalari boʼlib bormoqda. Umumiy pudratchilar hisoblanuvchi trestlar yoki firmalarga qurilishning barcha ishtirokchilari faoliyatini, shuningdek mijozlar va davlat bilan majburiy toʼlovlar yoki boshqa, iqtisodiy va tashkiliy masalalar boʼyicha munosabatlarni koordinatsiyalash kabi majburiyat yuklatiladi. Hozirgi paytda faoliyati Oʼzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʼmitasi tomonidan 2 dekabr 1998 yilda tasdiqlangan «Xususiy qurilish firmalari haqidagi qaror» boʼyicha tartibga solinishi kerak boʼlgan xususiy qurilish firmalarini tashkil etish haqidagi masala dolzarb boʼlib turibdi. Yuqorida aytilgan qaror boʼyicha qurilish firmasi yuridik shaxs maqomidagi mustaqil faoliyat olib borishga va Oʼzbekiston Respublikasi va uning tashqarisida ishchilar sonidan qatʼiy nazar oʼz tashkilotchilarini (shoʼʼba tashkilotlarini) yaratish va qurilish kompleksining barcha turdagi ishlarini bajarish huquqiga ega subʼekt hisoblanadi. Firma, tabiiyki, tijorat tashkiloti hisoblanadi va xoʼjalik sherikchiligi yoki jamiyati, ishlab chiqarish kooperativi yoki Oʼzbekiston Respublikasining qonunchiligida koʼrsatilgan boshqa shaklda tuzilishi mumkin. U oʼz nomidan kontrakt tuzishi, mulkiy va nomulkiy huquqlarga ega boʼlishi, majburiyatlar olishi, sudlarda daʼvogar yoki javobgar boʼlishi mumkin. Firma oʼz balansiga ega boʼladi, moliyaviy va valyuta tomondan oʼzini toʼliq qoplash asosida faoliyat koʼrsatadi. Qurilish firmasining asosiy masalalari quyidagilardir: - qurilish xizmatlari bozori marketingni tashkil etish; - biznes-rejani tayyorlash va qurilish talablarini qondirish uchun resurs yetkaib beruvchilar bilan kelishuvlar tuzish; - reja va hisob-kitob xujjatlarini olib borish va ishchilar mehnatini ragʼbatlantirish; - butun qurilish mahsuloti boʼyicha va qilinadigan ishlarda yuqori sifat va raqobatbardoshlikni taʼminlash; - foyda olish va ishlab chiqarish rentabelligini taʼminlash. Firma oʼz faoliyatini mustaqil ravishda rejalashtiradi va rivojlanish istiqbollarini belgilaydi, zaruriy fondlar – mehnat, rivojlanish, sugʼurta va boshqalarni oʼz hohishiga binoan tashkil qiladi. Qurilish firmasi mulki shakllanishining manbalari quyidagilar hisoblanadi: - asoschilarning pul va material qoʼshilmalari; - mahsulot, ish va xizmatlar, shuningdek Ustavda koʼrsatilgan boshqa ish turlarini sotishdan olingan daromadlar; - banklar kreditlari va boshqa zayom mablagʼlari; - amaldagi qonunchilik tomonidan taʼqiqlanmagan boshqa manbalar. Firma moliyaviy resurslari shakllanishi manbasi boʼlib foyda, amortizatsion chegirmalar, qimmatli qogʼozlarni sotishdan keladigan foyda va asoschilarning taʼqiqlanmagan boshqa tushumlar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |